4-mavzu. Xalqaro turizmda xizmat ko’rsatish madaniyati. Xalqaro turizmda madaniyatning odob –axloqqa ta’siri. Xalqaro turizmda inson xulqi: uning tabiati va asosiy tariflovchi omillari


Xizmat ko’rsatish madaniyati va madaniyatlar to’qnashuvi



Yüklə 35,82 Kb.
səhifə6/6
tarix13.12.2023
ölçüsü35,82 Kb.
#175970
1   2   3   4   5   6
4 mavzu

Xizmat ko’rsatish madaniyati va madaniyatlar to’qnashuvi
Xizmat ko’rsatish madaniyatini professionallashtirish mahalliy aholining o’zligini himoya qilishi va turmush tarzining psixologik o’zgarishini engillashtirishi mumkin. Bu shuni anglatadiki, mehmonlarga nisbatan ma’naviy masofa saqlanishi lozim: ular faqatgina mijoz bo’lib, ularga professional xizmatlar ko’rsatiladi, xolos. Chet ellik saëhatchilarni ko’plab qabul qiluvchi mamlakatlarning ijtimoiy strukturasi turizm ta’siriga bog’liq bo’ladi. Turizm sohasida ko’rsatiluvchi xizmatlarga boshqa sohalarga nisbatan ko’proq haq to’lanadi va shu sababli bu sohada mehnat qilishni istovchilar soni ko’p. Turizm oila strukturasiga ham ta’sir ko’rsatadi. Avvalo, ota-onalar va bolalar o’rtasidagi munosabatlar, shuningdek, ayolning oiladagi o’rni o’zgaradi.
Masalan: Sakkiz yoshli bolakay turistlarga ziyoratgohga olib boruvchi yo’lni ko’rsatdi va buning uchun otasining maoshidan ko’p miqdorda choychaqaga ega bo’ldi;
Turizm sohasida mehnat qiluvchi ayollar o’z daromadiga ega bo’ladi va yanada mustaqilroq bo’ladi.
Oila strukturasi o’zgarishlarga uchramasligi mumkin emas, chunki birinchi misolda bolalar oilaga daromadning asosiy qismini olib keladi. Ishlayotgan ayollarning moliyaviy jihatdan mustaqilligi ham XX asrning o’ziga xos xususiyatlardan biridir. Menejment muammolarini hal qilishda turizmning alohida turistik mintaqalarning an’anaviy norma va qadriyatlariga ko’rsatuvchi ta’sirini ham inobatga olish lozim, chunki qanday kiyinish va o’zini qanday tutish to’g’risidagi tasavvurlar turli mamlakatlarda turli xilda bo’ladi. Katolik cherkov ta’siri yuqori bo’lgan mamlakatlarda hozirgi paytda ham ayollarning plyajda cho’milish kiyimining yuqori qismisiz yurish qoralanadi. Uzoq mamlakatlarga sayohat qiluvchilarning ko’pchiligi mahalliy aholini ma’naviy jihatdan kamsitadilar. Kiyinishdagi erkinliklar mahalliy aholi tomonidan qaysidir ma’noda qabul qilinadigan bo’lsa-da, turizmning ta’siri ortiqcha tashvishlarni keltirib chiqarishi ham mumkin. Masalan, Yevropa seks-turizmi Janubi-sharqiy Osiyoda bolalar fohishaligining paydo bo’lishiga olib keldi. Shu tariqa mamlakatdagi ijtimoiy soha va turizm tizimi o’rtasida chambarchas bog’liqlik mavjud. Bir tomondan mamlakatda turizmning rivojlanishi uchun undagi ijtimoiy va iqtisodiy tartib katta ahamiyatga ega bo’lsa, ikkinchi tomondan turizm mamlakatdagi ijtimoiy munosabatlarning o’zgarishiga sabab bo’ladi. O’zaro farqlanuvchi ikki madaniyatning o’zaro munosabatlari okulturizastiya deb ataladi.
Ushbu vaziyatlarni e’tiborga olgan holda, shunday xulosa chiqadiki, bu mamlakatlarda ish yuritish qoidalarini buzuvchi shaxslarning ish natijasi mahsuldor bo’lmaydi. Madaniyatning yana bir qirrasi bo’lmish til chet elda faoliyat ko’rsatuvchi tashkilotlar uchun doimo qiyinchiliklar tug’diradi. O’xshash so’zlarga turlicha ma’no berilishi tufayli axborot almashish jarayonida to’siqlar paydo bo’lishi mumkin. Axborotning o’tmasligiga o’zaro aloqa qilayotgan madaniyatlarda harakatlar tilining bir-biriga mos emasligi ham o’z hissasini qo’shadi. Shuningdek, madaniyatlar o’rtasidagi farq hokimiyat, ishning ahamiyati, ham jamiyatda ayollarning o’rni, tavakkalchilik va hatto ranglar afzalliklari to’g’rsidagi fikrlar va tushunchalarning turli ekanligida ham namoyon bo’ladi. Tadqiqotchilar shuni aniqladilarki, aynan odamning o’zga madaniyatda ishlashi bilan bog’liq muammolari omadsizliklarning sababi bo’ladi. Shuning uchun muvaffaqiyatli natijalarga erishish uchun tashkilotlar va rahbarlar madaniy tafovutlarni aniqlashlari va tegishli ravishda muloqotlarda fe’l – atvorni va, eng muhimi, ish yuritish va rahbarlik uslublari va usullarini o’zgartirishlari zarur. Professorlar Paskal va Entoni Atos ta’kidlaganlaridek: «Boshqaruv amallarining hayotiyligi absolyut emas – u ijtimoiy va madaniy sharoitlardan kelib chiqadi. Har qanday madaniyat va jamiyatda odamlar umumiy muammolarni echishga qaratilgan ma’lum bir jamoat amallarini bajarish uchun jipslashadilar, bu esa ularni yo’nalish tanlash, hamkorlikdagi faoliyatni tartibga solish va rag’batlantirishga majbur etadi. Bunday muammolar qanday qabul qilinishi va qay tarzda echilishi har bir madaniyatga bog’liq. Ijtimoiylashuv qabul qilish chegaralarini ham belgilaydi».
Korxona madaniyatida qarama-qarshiliklarning bo’lmasligi maqsadga muvofiqdir. Har qanday yangilik personal tomonidan qarshilikka yoki neytral munosabatga duch keladi. Bu yangiliklarni qabul qilishidarajasi ularning tashkiliy madaniyat bilan mosligiga to’g’ri proporstional.
Yüklə 35,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin