4-mavzu. Xalqaro turizmda xizmat ko’rsatish madaniyati. Xalqaro turizmda madaniyatning odob –axloqqa ta’siri. Xalqaro turizmda inson xulqi: uning tabiati va asosiy tariflovchi omillari
4-MAVZU. XALQARO TURIZMDA XIZMAT KO’RSATISH MADANIYATI. XALQARO TURIZMDA MADANIYATNING ODOB –AXLOQQA TA’SIRI. XALQARO TURIZMDA INSON XULQI: UNING TABIATI VA ASOSIY TARIFLOVCHI OMILLARI Xizmat ko’rsatish madaniyatini yaxshilash omillari
Xizmat ko’rsatish madaniyati va madaniyatlar to’qnashuvi
Turizmda axloq kodeksi
AQSH madaniyati va turizm odob-axloqining xususiyatlari
Yaponiya madaniyati va odob-axloqning xususiyatlari
Xizmat ko’rsatish madaniyatini yaxshilash omillari
Yuzaki qaralganda, kundalik hayotda “madaniyat” so’zidan insonning faoliyat tarzini va jamiyatning qay darajada rivojlanganligini aniqlovchi ko’rsatkich sifatida foydalanilgandek tuyuladi. Lekin madaniyat so’zining mazmun-mohiyatiga chuqurroq e’tibor beradigan bo’lsak, bu atama tabiat, jamiyat va insonlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni belgilab beruvchi ko’plab qarashlar, nazariyalar va g’oyalarga, tushuncha va tasavvurlarga nisbatan qo’llanishini anglab yetamiz.
XX asrning 50-yillari boshida amerikalik madaniyatshunos olimlar Alfred Kreber va Klayd Klavixonlar o’zlarining “Madaniyat: tushuncha va ta’riflar” nomli asarida madaniyatning 164 ta ta’rifi mavjud ekanligini ko’rsatib o’tadilar. Hozirgi paytda “madaniyat” atamasining 400 da ortiqroq ta’rifi mavjud Agar ularga e’tibor bersak, madaniyat tushunchasi keng qamrovli hayotning deyarli barcha va hatto bir-biriga zid bo’lgan sohalarini ham qamrab oluvchi tushuncha ekanligini ko‘ramiz. Shu boisdan ham madaniyat tushunchasiga insonning aqliy faoliyati va jamiyat hayotining barcha sohalarini qamrab oluvchi tushuncha sifatida ta’rif berish juda mushkul.
Madaniyatshunoslikka oid adabiyotlarga nazar tashlasak, madaniyatning turlicha ta’rifu talqinlari mayjudligini ko‘ramiz, chunonchi: «inson tomonidan yaratilgan moddiy va ma’naviy boyliklar yig‘indisi»; «moddiy va ma’naviy qadriyatlar»; «inson tomonidan yaratilgan ikkinchi tabiat»; «insoniy faoliyat mahsuli»; «ijodiy faoliyat»; «ijodiy faoliyat mahsuli»; «jamiyatning ma’naviy hayoti»; «insonning ma’naviy dunyosi»; «insonning axloqiy fazilatlari»: «insonning ichki va tashqi olami»; «axloqiy sifatlar yig’indisi»; «jamiyat faoliyati»; «shartli belgilar tizirni yig’indisi»; «shartli tasvirlar»; «ramziy ishora va belgilar»; «me’yorva andazalar» va shu kabilar.
«Kultura» atamasi lotin tilidan olingan bo‘lib, uni birinchi marta fanga 1871-yili tarixchi va etnografolim E.Taylor kiritgan. Uning ko‘rsatishicha, o‘sha paytda bu tushunchaning bor-yo‘g‘i 7 tagina ta’rifi bo’lgan. Aslida madaniyat keng qamrovli va murakkab tushuncha. Shu boisdan ham yuqorida ta’kidlab o’tganimizdek, uning 400 dan ortiq ta’rifi mavjuddir.
E.Taylor o’zining «Ibtidoiy madaniyat» nomli asarida «kultura» («madaniyat») tushunchasiga quyidagicha ta’rif beradi: «kultura yoki sivilizatsiya keng ko‘lamli etnografik tushuncha shaklida insonning jamiyat a’zosi sifatida egallab olgan bilimlari, diniy e’tiqodiari, san’ati, axloqi, huquqi, marosimlari va boshqa odatga aylangan qobiliyatlari yig’indisidir». Albatta, hu ta’rifda E.Taylorning «kultura» («madaniyat») tushunchasiga etnograf sifatida yondashuvi ko‘zga tashlanadi.
Arxeologlar, faylasuf va madaniyatshunoslar «kultura» («madaniyat») tushunchasiga ta’rif berishganida, E.Taylor singari madaniyatni ma’naviy hodisa sifatida olib qarash biian birgalikda moddiy predmetlar, narsalar va boyliklar, shuningdek, inson tomonidan amalga oshiriladigan ishlab chiqarish jarayonlarini ham nazarda tutadilar.
Madaniyat haqidagi fikrlar insonning paydo bo‘lishi bilan bir vaqtda, ya’ni oddiy tosh qurollardan foydalanib ov qilish, o‘lja va mevalarni terib iste’mol qilish, ilk dehqonchilik bilan shug‘uilangan va ilk shahar madaniyatini vujudga keltirgan davrlardayoq paydo bo’lmagan. Madaniyat tushunchasi dastlab atama sifatida vujudga kelgani bilan hali jamiyatning moddiy va ijtimoiy hayotini, odamning ongli mayjudot sifatidagi insoniylik qiyofasini anglatmas edi. Inson bunyodkoiiik faoliyatining jamiyat taraqqiyotidagi o‘rnini anglab yetish, inson qiyofasini shakllantirish, ya’ni uning ongi va tafakkuriga ta’sir etish orqali jamiyat manfaatlariga mos keladigan insonni shakllantirish zaruriyati paydo bo’lgan davrlarga kelib «madaniyat» va «kultura» atamalarining mazmun-mohiyati o‘zgaradi.
Agar «madaniyat» va «kultura» atamalarining qo‘llanish tarixiga e’tibor bersak, «madaniyat» arabcha «madina» so‘zidan olinganligi va «shahar» degan ma’noni anglatishini ko‘ramiz. «Kultura» so‘zi esa yuqorida yozganimizdek, lotinchadan olingan bo’lib, «ishlov berish, parvarishlash» ya’ni tuproqqa va yerga ishlov berish kabi ma’nolarni anglatgan. Keyinchalik mazkur atamalarning mazmun-mohiyati o‘zgarib borgan.
Kishilik jamiyatidagi beqiyos o‘zgarishlar, davlatlar va mintaqalar o’rtasidagi iqtisodiy-siyosiy va ijtimoiy-madaniy aloqalarning murakkablasha borishi, jamiyatning iqtisodiy va ma’naviy hayotidagi tub o‘zgarishlar, inson imkoniyatlarining yuzaga chiqa borishi, tabiat va jamiyatning o‘zaro aloqasida inson o‘rnining orta borishi, tabiat, jamiyat, inson tafakkuri, taraqqiyoti, kishilarning turmushi, o‘zaro munosabatlarga oid umumlashtiruvchi tushunchalarga bo‘lgan ehtiyoj madaniyat tushunchasi mohiyatining o’zgarishiga olib keldi.
«Madaniyat» so‘zining etimologiyasiga e’tibor bersak, so‘zning kelib chiqishida arablar turmush tarzi muhim rol o‘ynaganligini ko‘ramiz. Chunki qadimda Arabiston yarim orolida yashovchi qabilalar ikki xil turmush tarziga ega bo‘lganlar. Cho‘l hududlarida chorvachilik bilan shug‘ullanuvchi qabilalar «badaviy»lar deb nomlangan bo‘lsa, o‘troq hayot, ya’ni shaharlarda muqim yashovchi aholi «madaniy»lar («shaharliklar») deb yuritilgan. Bundan ko’rinadiki, «madaniyat» so‘zining kelib chiqishida faqatgina shaharlarda yashovchi aholi, ulaming hunarm andchilik va savdo-sotiq bilan kun kechirishi, karvon yo’llari xavfsizligini ta’minlovchi qabila va xonadonlarning turmush tarzi muhim rol o‘ynagan. Chunki «madaniy»lar, birinchjdan, o‘troq turmush tarzi, hayot shart-sharoitlari; ikkinchidan, ong va tafakkur taraqqiyoti; uchinchidan, muayyan kasb-hunar bilan shug‘ullanishi, ma’rifat, bilimga intilishi; to ‘rtinchidan, davlat boshqanividagi faolligi, uyushqoqligi va boshqa tomonlari; beshinchidan, o’zga xalqlar, ularning ishlab chiqarish va turmush sharoitlari va boshqa dinlar bilan tanishligi jihatidan «badaviy»iarga nisbatan ancha oldinda bo’lganlar. Shu boisdan chorvachilik bilan shug‘ullanuvchi ko’chmanchilar shaharliklami «madaniylar» deb ataganlar.
«Kultura» so‘zi ma’nosining rivojlanish bosqichlariga to’xtaladigan bo’lsak. dastlab u lotincha «cultura» so‘zidan olingan bo‘lib, yerga, tuproqqa ishlov berish ma’nolarini anglatgan. Rimning mashhur huquqshunosi, notig‘i va publitsisti Mark Tulliy Sitseron (eramizdan avvalgi 106-43- yillar) o’zining «Tuskulan suhbatlari» nomli asarida, mashhur shoir Kvint Goratsiy Flakk (eramizdan avvalgi 65-8-yillar) o‘zining «Satiralar» nomli asarida birinchi marta «kultura» so’zini «cultura anima» — «Ruh (jon)ni takomillashtirish» tarzida qo’llaydilar. Shuni unutm aslik kerakki, «kultura» so‘zi dastlab moddiy ishlab chiqarishga nisbatan ishlatilgan bo‘lsa, birmuncha keyinroq ruhiyatga tegishli atama sifatida qo’llanila boshlangan.
Darhaqiqat, madaniyatshunoslik fani madaniyat tushunchasini ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil etuvchi falsafiy ta’limotdir. Shuning uchun ham bu fan madaniyatning paydo bo’lishi va ijtimoiy-tarixiy jarayonda rivojlana borishining o ‘ziga xos qonunlarini o ‘rgana borib, uning ijtimoiy hodisa sifatidagi mazmuni va mohiyatini hamda xususiyatini ochib berishga kirishadi.
Muayyan xalqning madaniyati dastavval ushbu xalqning har bir ijtimoiy tarixiy davrda yaratilgan moddiy va ma’naviy faoliyatining o’ziga xos tomonlari, xususiyatlari, o ‘zaro aloqadorligi bilan belgilanadi.
Insoniyat tomonidan barcha moddiy va ma’naviy boyliklarini yaratish jarayoni quyidan yuqoriga, oddiydan murakkablikka, alohidalikdan umumiylikka ega bo‘luvchi o‘ziga xos uzluksiz jarayon hisoblanib, uning o‘tmishi va hozirgi ko‘rinishi o ‘rtasida dialektik birlik mavjuddir. Madaniy boyliklarning yaratilishi jarayonidagi barcha bosqichlar doimo bir-birini to‘ldirib borgan. Ibtidoiy davrda insoniyat tom onidan yaratilgan eng oddiy tosh qurollar bilan hozirgi zamonaviy mehnat qurollari o‘rtasida ham o’ziga xos bog‘liqlik mavjuddir. Chunki, birinchidan, agar ibtidoiy tosh qurollari mavjud bo‘lmaganida edi, hozirgi zamon qurollari ham vujudga kelmagan bo’lardi, ikkinchidan, ibtidoiy qurollrning ham, zamonaviy qurollarning ham bajaradigan vazifasi bir xil