5.9-rasm. "Bosh" firmasi ob- havo datchigining ishlash printsipi
4.3. Avtomobilning passiv xavfsizlik tizimlari
Avtomobil xavfsizlik podushkasi (airbag). Uning elementlari: inertsion datchiklar
mashina modeliga qarab, mashina bamperida, motor to`sig’i oldida, haydovchi tirsak osti joyida
joylashgan bo`lib, avariya paytida boshqarishning elektron blokiga signallarni yuboradi (5.10-
rasm). Zamonaviy AXBT da frontal datchiklar 50 km/soat dan yuqori tezlikdan paydo bo`lgan
zarbada ishlaydi. Yon tomondagilar bundan kichikroq zarbada ishlaydi.
Elektron blokdan signal gazogenerator bilan ulangan asosiy modulga uzatiladi.
Asosiy modul diametri 10 sm va balandligi 1 sm li tabletka shaklida bo`lib, azot
generatsiyalovchi moddadan iborat. Elektr impuls tabletkaning patronini yondiradi va kristallar
portlash tezligida gazga aylanadi. Ana shu jarayon juda tez amalga oshiriladi va podushka 25
ms ichida gazga to`ladi (5.11-rasm). Keyin podushka 200-300 km/soat tezlikda insonning
ko`kragi tomon otilib keladi.
1 - xavfsizlk kamarini
tarang
tortish
qurilmasi;
2
–
yo`lovchi
uchun
xavfsizlik podushkasi;
3 - haydovchi uchun
xavfsizlik podushkasi;
4 - boshqarish bloki va
markaziy datchik; 5 -
ijrochi modul; 6 -
inertsiya datchiklari.
Dostları ilə paylaş: |