RA’NOKABILAR SINFCHASI (ROSIDAE) RA’NODOSHLAR OILASI (ROSASEAE) Ra’noguldoshlar oilasi 100 turkumni o’z ichiga olib 3000-3350ga yaqin turga ega bo’lib, O’zbyokistonda 11 turkum, 96 turi uchraydi. Ko’pgina turlari mevali ekinlar sifatida madaniy holda o’stirilib kelinadi. Oila vakillari daraxt, buta va o’t o’simliklari bo’lib, xilma-xil ekologik sharoitlarda uchraydi.
Barglari navbat bilan ba’zan qarama-qarshi joylashgan, oddiy yoki murakkab, yon bargchalarga ega. Ko’p sondagi apokarp ginetseylarga ega bo’lgan vakillari, ularni magnoliyadoshlar oilasi vakillariga yaqinlashtiradi (ba’zi vakillarida gul qismlarining ko’p bo’lishi, tugunchaning ostki bo’lishi va boshqalar).
Umuman olganda, ayiqtovondoshlardan farqi gul tuzilishidagi meva va urug‘larning tarqalishga moslanaborishidir.
Oilaning uziga xos belgilari - ginetseyning va gul o’rinlarining tuzilishidir. Gul o’rni, gultojibarg, gulkosabarglarning asosi va changchi iplari qo’shilib gipantiyni hosil qiladi.
Atirguldoshlar oilasi - gul va mevalarnniyag tuzilishiga asosan 4 ta oilachaga bo’linadi.
1. Tubo’lg‘adoshlar oilachasi – (Spiraeoideae) vakillari buta o’simliklari bo’lib, barglari oddiy. Guli mayda, shingil yoki qalqonsimon to’pgulga to’plangan. Gul o’rni yassi yoki qisman botiq. Mevsi murakkab bargak va ko’sakcha. Gul formulasi Sa(5)So5A~G5 - Bu oilachaniig keng tarqalgan turlari - tukli tubo’lg‘a, baljuan tubo’lg‘a va boshqalar.
2. Na’matakdoshlar oilachasi - Rosoideae. Buta va o’t o’simliklar bo’lib, barglari asosan murakkab, yonbargchalarga ega. Gul tuzilishi turli turkumlarida turlicha. Ba’zi vakillari ostki kosachaga ham ega (g‘ozpanja, qulupnoy). Ginetseyi ko’p sonda bo’lib, apokarp. Gul formulasi Sa(5+5)So5AG. Na’matak turkumi vakillari ning gul formulasi Sa5So5A G.
3. Olmadoshlar oilachasi - Pomoideae. Bu oilacha vakillari daraxt va butalar bo’lib, barglari asosan oddiy, ba’zan murakkab. Guli besh bo’lakchali, gultojibarglari odatda beshta. Ginetsey sinkarp. Gul o’rnining qadah shaklida bo’lishi va tugunchaning ostki bo’lishi bu oilachaning o’ziga xos belgisi hisoblanadi. Gul formulasi - Sa(5) S5 AS(5). Mevasi olmasimon meva deb ataladi. Bu oilachaga - olma, nok, behi, do’lana, chetan kabi turkum vakillari misol bo’ladi.
4. Olxo’ridoshlar oilachasi (Prunoideae) Bu oilacha vakillari daraxt va buta o’simliklari bo’lib, barglari oddiy, gul o’rni biroz botiq mevabarglari bitga. Gul formulasi Sa(5)So5A G1. Mevasi-danak (quruq yoki ho’l) (......rasm). Bu oilachaning gilos (Serasus), o’rik (Armeniaca), shoftoli (Rersica), bodom (Amygdalus) kabi turkum vakillari keng tarqalgan bo’lib, bog‘dorchilikda katta ahamiyatga ega.