4-semestr O‘quv-uslubiy majmua toshkent – 2014


Esse Esse-taklif etilgan mavzuga 1000dan 3000gacha so’z xajmidagi insho



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə58/63
tarix07.01.2024
ölçüsü0,89 Mb.
#208788
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63
23477 4.1. Маъруза 4-семестр Word

Esse
Esse-taklif etilgan mavzuga 1000dan 3000gacha so’z xajmidagi insho.

1-ilova
Blis-so’rov savollari.
1. O’simliklar jamoasi atrof muxit bilan bo’lgan munosabati qanday?
2.O’simlilkar jamoasi qanday ifodalanadi?
3. Jamoadagi dominant, subdominant va yuldosh o’simliklar nima?
4.Assosiatsiya, farmatsiya va o’simliklar tipi?

2-ilova

MAVZU:
Palmakabilar ajdodchasi (Arecidae)
Bulduruqo’tkabi-lar ajdodchasi (Alismatiidae)



3-ilova
Bulduruqo'tkabilar kichik ajdodi (sinfi) — Alismatidae


Mazkur ajdod 11 qabila, 18 ta oila va 56 turkumga mansub 500 ta turni birlashtiradi.
Bulduruqo'namolar qabilasi — Alismatales
Bu qabilaga 2 ta oila kiradi.


SUVPIYOZDOSHLAR OILASI — BUTOMACEAE
Bu oila turkum (Butomus) va bitta tur — Soyabonli suvpiyoz (Butomus umbellatus) dan iborat.
Bu ko'p yillik o't o'simlik. Barglari qalami, deyarli uch qirrali, ildiz bo'g'zida joylashgan. Poyasi bargsiz, uchi soyabonsimon to'pgul bilan tugaydi. Gullari ikki jinsli, to'g'ri, pushti rangli. Gulqo'rg'on bargchalari ikki doirada joylashgan. Gulkosachasi va gultojibarglari 3 tadan. Changchisi 9 ta, urug'chisi 6 ta, ikkita doirada o'rnashgan. Gul formulasi: P3+3 A6+3 G3+3 . Urug'i ko'p. Soyabonli suvpiyoz O'zbekistonda koilarda, sekin oqadigan suvlarda, sholipoyalarda va ariq bo'ylarida o'sadi.
BULDURUQO'TDOSHLAR OILASI — ALISMATACEAE

Bu oila vakillari ko'p yillik va ba'zan bir yillik o't o'simliklardan tashkil topgan. Poyasi bargsiz. Barglari ildiz bo'g'zida to'p bo'lib o'rnashgan, ba'zan to'rsimon tomirlangan, yaprog'ining shakli muhitga qarab har xil bo'ladi. Gullari murakkab soyabon yoki qalqonsimon to'pgulda o'rnashgan, ikki jinsli yoki bir jinsli, aktinomorf, gulkosachasi va gultoji 3 a'zoli. Changchisi va urug'chisi 6 tadan yoki ko'p bo'ladi.


Mevasi ko'pincha pistacha yoki yong'oqcha. Bu oilaga 13 turkum, 100 tachaga yaqin tur kiradi. O'rta Osiyoda 3 turkum, 9 turi, O'zbekistonda 2 turkum, 4 turi tarqalgan.
Nayzabarg (Sagittaria) turkumi. Bu turkumga ildizpoyali o'simliklar kiradi. Barglari nayzasimon. Gullari bir jinsli (urug'chisi va changchilari boshqa-boshqa gullarda joylashgan). O'zbekistonda turkumning bitta turi Uch yaproqli nayza­barg — Sagittaria trifolia o'sadi. U ko'pyillik o't o'simlik. Gulkosa va gultojibarglari 3 tadan. Gulkosabarglari yashil, gultojibarglari oq. Cho'l va adirlarda, ariq, ko'l va daryo bo'ylarida hamda sholipoyalarda o'sadi (3.41-rasm).
Bulduruqo't (Alisma) turkumi. Turkum ildizpoyali o'simliklardan iborat. Barglari nashtar yoki yuraksimon. Gullari ikki jinsli.
O'zbekistonda bu turkumdan 3 ta tur: G'allabarg bulduruqo't — Alisma gramineum, Bargizubsimon bulduruqo't — Alisma plantago-aquatica va Nashtarsimon bulduruqo't — Alisma lanceolatum o'sadi.
Bargizubsimon bulduruqo'tning poyasi yotibroq o'sadi, bo'yi 10—60 sm. Tojibarglari pushti. Quruqlikda o'suvchi formalari barglarining uzunligi 3—5 sm, eni 7—8 mm, suvda o'suvchi formalariniki 1 m uzunlikda, qalami.
Cho'l va adirlarda, sernam va botqoqlashgan joylarda, ariq, hovuz va ko'llar chetida o'sadi.

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin