4-sinf o`qish darslarida xalq og`zaki ijodiga oid mavzularni o`qitish yo`llari



Yüklə 258,64 Kb.
səhifə11/26
tarix19.06.2023
ölçüsü258,64 Kb.
#132433
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26
4-sinf o`qish darslarida xalq og`zaki ijodiga oid mavzularni o`q

Rivoyatlar. Bu so‘z arab tilidan olingan bo‘lib (ﺮﻭﺍﻴﺖ), hikoya, qissa ma’nolarini ifolaydi. Rivoyatlar afsonalardan hayotga yaqinligi bilan farq qiladi. Agar afsonalarda ro‘y berishi mumkin bo‘lmagan hodisalar hikoya qilinsa, rivoyatlardagi voqealar, ko‘pincha, tarixiy shaxslar, taniqli allomalar, davlat arboblarining hayotlaridagi muayyan lavhalar yuzasidan xabar beradi. Ba’zan bir voqeani eshitganimizda, uning aynan ro‘y berishiga to‘liq ishonamiz, ba’zan
alohida fantastik tasvirdan xoli bo‘lsa ham hikoyaga ishonmasligimiz mumkin. Shuning uchun afsona va rivoyat o‘rtasida keskin farqni belgilash qiyin kechadi. Har holda ko‘p yillik tajribadan kelib chiqib aytish mumkinki, ishonilgan voqeani rivoyat, ishonish mumkin bo‘lmaganini afsona deb qabul qilish maqsadga muvofiqdir. Chunki mazmun, syujet tizimi jihatdan afsona va rivoyatlarning farqi bo‘lmaydi. Faqat rivoyatlar tarixiy dalil, isbot ildiziga ega hisoblanadilar. Chunki rivoyatlardagi voqealar, ko‘pincha, uning ishtirokchisi, guvohi tomonidan yozib qoldiriladi yoki og‘izdan og‘izga o‘tmishda ro‘y bergan hayratomuz lavha sifatida o‘tib yashaydi, ajdoddan avlodga madaniy meros tarzida saqlanadi. Rivoyatlar o‘zida aks ettirgan voqea bayoniga ko‘ra afsonalar kabi epik jinsga mansubdirlar. Ular hajm jihatdan qisqa bo‘ladi. Matn hajmi qisqa, ifodalangan voqea lavhalari son jihatdan chegaralangan. Badiiy tasvirga ortiqcha urg‘u berilmaydi, chunki ularda voqea bayoni ustuvor hisoblanadi.
Yurtimiz tarixida ro‘y bergan eng qadimgi ibratli voqea haqidagi rivoyat eradan avval mustaqillik uchun jon fido qilgan To‘maris va Shiroq nomi bilan bog‘liqdir. Shu o‘rinda aytish joizki, bu ikki go‘zal insonlarning mardligi aks etgan jasorat tarixini bir olimlar afsona, ikkinchilari rivoyat deb ataganlar. Filologiya fanlari doktori, professor Oxunjon Safarov o‘zining “To‘maris ko‘zlarida chaqnagan umid” maqolasida bu ikkilanishga ilmiy asosda chek qo‘ydi. Maqolada voqea bayonining rivoyat janriga mansub ekani isbotlab berildi. G‘ururlansa arziydigan jihati shundaki, qadimgi O‘zbek yurtidagi To‘marisning Eron shohi Kirga, Shiroqning Doroga qarshi qahramonligi qadimgi yunon tarixchisi Herodot (eradan avvalgi 484-431/426 yillar orasida yashagan) ning “Tarix”, yunon tarixchisi Poliyen (eradan avvalgi II asr) ning “Harbiy hiylalar” kitobida saqlanib, bizgacha etib kelgan. Agar bu ikki tarixchi olim asarlari butun dunyoga mashhur ekanligini, eron shohlariga qarshi chiqqan vatanparvar shaxslar bizning ajdodimiz ekanini nazarda tutsak, Markaziy Osiyoda istiqomat qilgan elning dovrug‘i eradan avval ham shuhrat qozongani ma’lum bo‘ladi. To‘maris Kirni 529 (e.a) yilda mag‘lub etadi va o‘ldiradi. Shiroqning yakka o‘zi 513 (e.a) yilda Doro qo‘shini ustidan g‘alaba qozonadi. Agar To‘maris harbiy san’ati bilan yurtini asragan
bo‘lsa, Shiroq burun, quloqlarini kesib, go‘yo Doro tarafida bo‘lgani uchun o‘zini jazolangandek qilib ko‘rsatadi, shoh ishonchini qozonadi va eron qo‘shinlarini sahroda adashtirib maqsadiga etadi: yurtini qonxo‘r va razil dushmandan xalos etadi. Herodot va Polien bergan ma’lumotlar tarixiy asosga ega bo‘lgani uchun bugun ularni rivoyat tarzida qabul qilish maqsadga muvofiqdir. Xalq yodida qolgan va keyinchalik rivoyatlarga aylangan ibratli voqealar, ko‘pincha, buyuk insonlar hayoti bilan bog‘lanadi. Mana ulardan bir misol: “Ibn Sino har kuni betob, xasta odamlarni qabul qilar ekan. Ammo navbat bir yigitga etib kelganida, uni chetlab o‘tar ekan. Kunlardan bir kun yigitning onasi u yotgan to‘shak yoniga bir kosa qatiq qo‘yib, o‘z yumushlari bilan band bo‘libdi. Yigit kosadagi qatiqqa tikilib yotsa, shipdan bir ilon tushib qatiqqa zaharini solibdi. Jonidan to‘ygan yigit alam ustida kosadagi zaharlangan qatiqni jon-jahdi bilan ichib yuboribdi. Ammo bir oz o‘tmay o‘zini tuzuk seza boshlabdi. Soat o‘tgani sayin u sog‘ayibdi. Ertasiga ancha o‘ziga kelib, yana Ibn Sino qabuliga boribdi. Bu safar ham tabib uni chetlab o‘tibdi. Ajablangan yigit unga e’tiroz bildiribdi. Shunda alloma:- Siz kecha va avvallari kelganingizda, dardingizga davo yo‘q edi. Shuning uchun sizni ko‘rmagandim. Chunki men sizga qatiqni to‘shak yoniga qo‘yish, unga ilon zahar solishi, bu qatiqni siz ichishingiz kerakligini ayta olmas edim-da. Ammo taqdir sizga bu imkoniyatni etkazdi. Endi sizga tabibning keragi yo‘q. Siz mutlaqo sog‘siz. Shuning uchun sizni chetlab o‘tdim, - debdi”. Rivoyat dunyoga mashhur alloma Ibn Sinoning o‘z ilmini qanchalar mukammal egallaganini, ayni paytda, unda har bir mijozdagi o‘zgarishlarni ziyraklik bilan kuzatish qobiliyati ham rivojlanganini bizga, keyingi avlodlarga ma’lum qilish maqsadida yaratilgan. Shu yo‘l bilan bizning ongimiz, dunyoqarashimiz, kasbimizga bo‘lgan munosabatni ham shakllantirishga xizmat qilishini inkor etolmaymiz. Tarixiy shaxslar bosh qahramon bo‘lgan rivoyatlarda ularning ilmi, zakiyligi, nozik tabiati, ulug‘vorligi, kechirimliligi, har bir ishni sidqidildan bajariShi, eng muhimi, Shaxsiy manfaatni ko‘zlashdan uzoqligi va tamasizligi kabi fazilatlar ulug‘lanadi. Agar e’tibor qilsak, ularning har biri bizga insonning go‘zal siymosi, namunasi sifatida targ‘ib etiladi. Rivoyatlarning yana bir turi mahalliy hududlardagi o‘rin-joylarning nomiga oidligi
bilan ajralib turadi. Muhimi shundaki, bunday rivoyatlarda asosiy e’tibor tasvirlanayotgan voqeadagi fantastik jihatlarga emas, balki hayotni kuzatish, to‘g‘ri xulosalarga kelish, aqlni ishga solish fazilatlariga qaratiladi. Masalan: “Buxoro va Navoiy oralig‘ida katta Malik cho‘li yastanib yotibdi. Uning bir qismini O‘rta cho‘l, tog‘ yon bag‘rini esa Qarnob cho‘li ham deb yuritadilar. Malikcho‘l elkasidan esa Zarafshon oqadi. Malikning qoq o‘rtasi – avtomobil yo‘li yoqasida Malik darvozasi va yopiq hovuz xarobalari saqlangan. “Malik” rivoyatini bizga Qizil tepaning Kenagas qishlog‘ida yashovchi mashhur Saidmurod Panoh baxshining o‘g‘li sakson yoshli usta Berdi ota aytib bergan edi:- Bir kuni Buxoro amiri faytunda Nurota, Karmana, Ziyodin, Sultonobodni aylanib kelib charchaydi- yu, cho‘lda soyabon o‘rnattirib, dam oladi. Amirning shotirlaridan biri Malik degich yigit ekan. Amir uxlab qoladi. Shu paytda Amirning burnidan bir chivin chiqib, so‘ng suv to‘la kosa ustida turgan pichoq ustidan yurib o‘tib, sichqon iniga kirib ketadi. Bir ozdan so‘ng chivin sichqon inidan chiqib keladi-da, yana o‘sha suv to‘la kosa ustidagi pichoqdan yurib o‘tib, podshoning burniga kirib ketadi. Malik botir bu hangomani ko‘rib hayratda qoladi-yu, nima qilarini bilmaydi. Amir bo‘lsa qattiq uxlagan, boshqa amaldoru xizmatkorlar ham chekkada dam olayotgan ekan. Malik o‘sha chivinni o‘ldiraman desa, amir uyg‘onib qolib unga qo‘l ko‘targanini ko‘rsa, tayinki, boshi ketadi. Nihoyat, amir uyg‘onibdi. Malik uning qo‘liga suv quyibdi, amaldorlar davra quribdilar. Amir g‘aroyib tushini aytibdi: - Tushimda bir uzoq cho‘lga chiqib ketganmishman. Ancha yurib daryoga etibman. Daryo ustida temir ko‘prik bor ekan. Ko‘prikdan narigi sohilga o‘tib, bir g‘orga kirib ketibman. G‘or ichida ikki xum tilla yotganmiSh. G‘ordan chiqib, ko‘prikdan o‘tib, cho‘ldan kechib yana taxtimga kelib o‘tiribman. Tushimning ta’birini aytinglar-chi, ne kori hol bo‘lar ekan? Amirning hamrohlari birisi u, birisi bu deyishibdi. Malik dono yigit ekan, u sirni bilibdi-yu, o‘zini kasalga solib yotib olibdi. “O‘zimga kelib olsam, sizlarga etib olaman”, - debdi. Amir kishilari bilan jo‘nab ketibdi. Malik darrov ketmon olib, o‘sha chivin kirib chiqqan sichqon inini kavlashga tushibdi. Haqiqatan u yerda ikki xum tilla bor ekan. Malik tilladan bir xaltasini olib, ahli nomdor, dongdor ustalarni boshlab kelib, shu erga qishloq
qurdiribdi, hovuzlar bunyod etibdi. Ana o‘shandan buyon cho‘lni “Cho‘li Malik” deb atashibdilar”. Rivoyatlar haqida aytilgan fikrlardan shunday xulosalarga kelish mumkin:

  1. Rivoyatlar afsonalardan farqli ravishda bevosita hayotda bo‘lishi mumkin bo‘lgan voqealarga asoslanadi.

  2. Ular mavzu jihatdan turlarga bo‘lingan holda yo biron tarixiy shaxs ha- yotidagi ibratli voqeani bayon etadi, yo geografik o‘rin-joyning nomini izohlaydi.

  3. Rivoyatlarda badiiy tasvirdan ko‘ra ro‘y bergan voqeani qisqa va ixcham, sodda va ravon tarzda bayon qilishga ko‘proq e’tibor beriladi. Aslini olganda, aynan shu fazilatlar rivoyatlarning badiiyligini belgilaydi.


Yüklə 258,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin