227
2016-2019 yillarda qishloq xoʻjaligida foydalanish uchun robotlar
savdosi hajmi 34 ming birlikdan ziyodroqni tashkil etdi.
Tibbiyotda robototexnika tayanch-harakat tizimi buzilgan odamlarga
yordam beradigan turli xil ekzoskeletlar shaklida qoʻllaniladi. Miniatyurali
robotlar tibbiy maqsadlarda inson tanasiga implantatsiya qilish uchun
ishlab chiqarilmoqda: yurak stimulyatori, axborot sensori va boshqalar.
Robotli manipulyatorlardan kosmik kemalarda foydalaniladi.
Masalan, Orlets kuzatish kosmik kemasida kichkina oʻlchamdagi
kapsulalarni lentali plyonka bilan yuklaydigan kapsula avtomati
oʻrnatilgan. Oyda va sayyoralarda yuruvchi robotlarni mobil robotlarning
qiziqarli misollari sifatida koʻrish mumkin.
Mars sayyorasini tadqiq etish maqsadida Pathfinder Sojournerni
Mars yuzasiga etkazish uchun noyob texnologiya ishlab chiqilgan.
Sojourner Mars sayyorasiga yuborilgan birinchi robot qurilma edi.
Sojourner yer sathida 11 kg (24,3 funt) ogʻirlikka va Mars yuzasida esa
taxminan 9 funtga teng. Uning oʻlchami chaqaloq aravachasiga oʻxshaydi.
Ushbu robot oltita gʻildirakka ega va daqiqasiga 0,6 metr (1,9 fut) tezlikda
yura oladi.
Dostları ilə paylaş: