213
4. Sun'iy intelekt tizimining xususiyatlari
A. Ichki
interpretatsiya, Tarkiybilik, Faollik
B. Tarkiybilik , Faollik, Aniqlilik , Bog'liqlik
C. Ichki interpretatsiya, Tarkiybilik, Bog'liqlik, Faollik
D.Tarkiybilik, Faollik , Aniqlik va bog'liqlik
5. Qaysi kompaniya birinchilardan sun'iy intelekt yaratishga
kirishgan va boshqa sun’iy intellekt
yaratayotgan kompaniyalarni
moliyaviy qoʻllab turadi?
A. Google
B. Facebook
C.Apple
D. IBM
6. 1950-yillarda yaratilgan, nerv toʻqmalarini modellashtiruvchi
chegaraviy qurulma nomi nima?
A. Bionik
B. Neyrokibernetika
C. Deep Blue
D. Perseptron
7. EHM lardan foydalanib, fikrlash faoliyatini oʻzini emas, balki
jarayonning natijasini kuzatuvchi dasturni yaratish bu- ....
A. Pragmatik
B. Neyrokibernetika
C. MYCIN
D.Amazon
8. Telefon va boshqa qurulmalari allaqachon sun’iy intellektga ega
boʻlgan kompaniya qaysi?
A. Apple
B. Samsung
C. Nuance
D. Numenta
214
Robototexnika
Reja:
1.
Robototexnika va uning paydo boʻlishi
2.
Robototexnikaning tasniflanishi
3.
Robototexnikaning
foydalanish sohalari
Robototexnika (inglizcha robotics; robot va texnikadan iborat) – bu
avtomatlashtirilgan texnik tizimlarni ishlab chiqish bilan shugʻullanadigan
va ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun eng muhim texnik asos boʻlgan
amaliy fandir
70
.
Robototexnika elektronika, mexanika,
kibernetika, telemexanika,
mexatronika, informatika, shuningdek radio va elektrotexnika kabi
fanlarga tayanadi.
Qurilish, sanoat, tibbiyot, aviatsiya, maishiy va
ekstremal (harbiy, kosmik, suv osti) robototexnikalar mavjud.
“Robotika” soʻzi (yoki “robototexnika”, “robotics”)
birinchi marta
Ayzek Azimov tomonidan 1941 yilda chop etilgan “Yolgʻonchi” ilmiy –
fantastik hikoyasida ishlatilgan.
“Robototexnika” atamasining negizi boʻlgan “robot” soʻzi 1920
yilda chex yozuvchisi Karel Shapek va uning ukasi Yozef tomonidan Karel
Shapekning “R.U.R” (“Rossum Universal Robotlar”) ilmiy fantastika
pyesasida qoʻllanilgan. Ushbu pyesa birinchi marta 1921 yilda
sahnalashtirilgan va tomoshabinlar tomonidan olqishlangan. Unda zavod
egasi dastlab
dam olmasdan ishlaydigan, lekin keyin esa oʻzlarining
yaratuvchilarini yoʻq qiladigan koʻplab androidlar chiqarilishini yoʻlga
qoʻyadi.
71
Agar soha tarixiga nazar tashlansa, robototexnika uchun asos boʻlgan
ba’zi gʻoyalar yuqoridagi atamalar kiritilishidan ancha oldin qadimgi
davrda paydo boʻlgan. Miloddan avvalgi I asrda yasalgan harakatlanuvchi
haykallarning qoldiqlari topilgan. Gomer “Iliada”sida ta’kidlashicha,
Gefest xudosi oltindan gapiruvchi xizmatkorlar yasab, ularga aql (ya’ni
zamonaviy tilda – sun’iy ong) va kuch bergan. Qadimgi yunon mexanik va
muhandisi Arxit Tarentskom uchishga qodir boʻlgan mexanik kabutarni
70
Politexnicheskiy terminologicheskiy tolkoviy slovar / Sostavlenie: V. Butakov, I. Fagradyants. – М.:
Polyglossum, 2014.
71
Makarov, Topcheev, 2003, с. 101.
215
yaratgan (mil. avv. 400 y.).
Bundan ikki ming yil oldin, Geron
Aleksandriyskiy “Singing Bird” (kuylovchi qush) avtomat mashinasini va
qadimiy ibodatxonalar uchun bir qator harakatlanuvchi figuralar tizimini
yaratgan
72
. 270 yilda qadimgi yunon ixtirochisi Ktesibiy klepsidra (yoki
«oʻgʻirlangan vaqt») deb nomlangan maxsus
suv soatlarini ixtiro qildi, u
oʻzining ajoyib vositasi bilan zamondoshlarda katta qiziqish uygʻotgan.
1500 yilda buyuk Leonardo da Vinchi arslon shaklidagi mexanik apparatni
yaratdi, u qirol shaharga kirganda Frantsiya gerblarini ochishi kerak edi.
18-asrda shveytsariyalik soat ishlab chiqaruvchisi P. Jake-Droz 40 tagacha
harfdan iborat matnli xabarlarni yozish uchun mushtli barabanlar
yordamida dasturlashtirilishi mumkin boʻlgan “Yozgʻich” mexanik
qoʻgʻirchogʻini yaratdi. 1801 yilda frantsuz savdogari Jozef Jakkar oʻsha
paytda rivojlangan toʻqimachilikda matolarga takroriy dekorativ naqshlarni
oʻyish uchun teshiklari boʻlgan maxsus kartalar yordamida “dasturlash”
mumkin boʻlgan ishlanmani taqdim etdi. 19-asr boshlarida ushbu ixtiro
ingliz matematiki Charlz Babbidj tomonidan dastlabki avtomatik hisoblash
mashinalaridan birini yaratish uchun gʻoya sifatida turtki boʻlgan. XX
asrning 30-yillariga kelib, androidlar paydo boʻldi, ular oddiy harakatlarni
bajarib, eng oddiy iboralarni odamning buyrugʻi bilan talaffuz qila oldilar.
Shunday dastlabki ishlanmalardan biri 1927
yilda Nyu-Yorkdagi Jahon
koʻrgazmasi uchun yaratilgan amerikalik muhandis D. Uekslining ixtirosi
edi
73
.