4. Sun'iy intelekt tizimining xususiyatlari A. Ichki interpretatsiya, Tarkiybilik, Faollik



Yüklə 121,3 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/10
tarix21.12.2023
ölçüsü121,3 Kb.
#188774
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
12-Robototexnologiyalar

 
Boshqarish tizimlari 
Robot boshqaruvi deganda robotni oʻzi hal qiladigan vazifalar 
doirasiga moslashishi, harakatlarni dasturlash, boshqarish tizimi va uning 
dasturiy ta’minoti sintezi bilan bogʻliq vazifalar toʻplamining yechimi 
tushuniladi. 
Robototexnikani boshqarish tizimlari uch turga boʻlinadi.
 
1.
Biotexnik: 


224
buyruqli (tugmali va alohida robot qismlarini boshqarish 
tugmachasi); 
nusxalovchi (odamning harakatini takrorlash, qayta aloqani amalga 
oshirish talab qilingan kuchni oʻtkazish, ekzoskeletlar); 
yarim avtomatik (bitta buyruqli organ bilan boshqarish, masalan, 
robotning butun kinematik sxemasini qoʻli orqali boshqarish); 
2.
Avtomatik: 
dasturiy ta’minotli (asosan atrof-muhit oʻzgarmas sharoitlarida 
monoton muammolarni hal qilish uchun moʻljallangan oldindan 
belgilangan dastur asosida ishlaydi); 
moslashuvchan (an’anaviy vazifalarni hal qiladi, ammo ishlash 
sharoitlariga moslashadi); 
aqlli (eng zamonaviy avtomatik tizimlar); 
3.
Interfaol: 
avtomatlashtirilgan (avtomatik va biotexnik rejimlarni almashtirish 
imkoniyatiga ega); 
nazorat-kuzatuv (inson faqat maqsadni belgilash funktsiyasini 
bajaradigan avtomatik tizimlar); 
muloqot (robot xatti-harakatlar strategiyasini tanlash uchun odam 
bilan muloqotda qatnashadi, odatda, robot manipulyatsiya natijalarini 
oldindan aytib berishga va maqsadni tanlash boʻyicha maslahat berishga 
qodir boʻlgan ekspert tizimiga ega). 
Robotlarni boshqarishning asosiy vazifalari qatoriga quyidagilar 
kiradi:
vaziyatni rejalashtirish; 
harakatlarni rejalashtirish; 
kuch va vaqtni rejalashtirish; 
dinamik aniqlik tahlili; 
robotning kinematik va dinamik xususiyatlarini aniqlash. 
Texnik kibernetika va avtomatik boshqarish nazariyasi yutuqlari 
robotni boshqarish usullarini ishlab chiqishda katta ahamiyatga ega. 
2017 yilda dunyoda robotlarning oʻrtacha soni har 10000 ishchiga 69 
tani tashkil etdi. Robotlarning eng koʻp soni Janubiy Koreyada - har 


225
10000 ishchiga 531, Singapurda - 398, Yaponiyada - 305, Germaniyada - 
301
76

Robototexnika majmualari avtomatlashgan boshqaruv nazariyasi va 
mexatronika sohasida zamonaviy yuqori texnologiyali tadqiqot vositasi 
sifatida ta’lim sohasida mashhurdir. Ularning turli xil oʻrta maxsus kasb-
hunar va oliy ta’lim muassasalarida qoʻllanilishi ILERT singari AQSh va 
Evropa Ittifoqi oʻrtasidagi yirik qoʻshma ta’lim dasturining asosi boʻlgan 
«loyihalarda oʻrganish» konsepsiyasini amalga oshirishga imkon beradi. 
Muhandislik ta’limida robototexnika majmualarining imkoniyatlaridan 
foydalanish bir vaqtning oʻzida qator oʻzaro aloqador fanlar: mexanika, 
boshqaruv nazariyasi, sxemotexnika, dasturlash, axborot nazariyasi 
boʻyicha kasbiy mahoratni qayta ishlash imkonini beradi. Murakkab 
bilimlarga boʻlgan talab tadqiqot guruhlari oʻrtasidagi aloqalarni 
rivojlantirishga yordam beradi. Bundan tashqari, ixtisoslashtirilgan oʻqitish 
jarayonida talabalar real amaliy muammolarni hal qilish zaruratiga duch 
kelishadi. 
Oʻquv laboratoriyalari uchun mashhur robototexnika majmualari 
sirasiga Mechatronics Control Kit, Festo Didactic, LEGO Mindstorms, 
fischertechnik kabilarni kiritish mumkin. Moskvadagi Pedagogik mahorat 
markazi eng mashhur platformalar va robot konstruktorlarini taqqosladi
77

Mobil robototexnik kasbi Rossiya Federatsiyasi Mehnat vazirligi 
ma’lumotlariga koʻra eng koʻp talab qilinadigan kasblarning TOP-50 
roʻyxatiga kiritilgan
78

Ishlab chiqarishda robotlar bir necha oʻn yillar davomida 
muvaffaqiyatli ishlatilib kelinmoqda. Ogʻir, koʻp energiya sarflaydigan, 
xavfli 
operatsiyalarni 
bajarishda 
robotlar 
odamlarning 
oʻrnini 
muvaffaqiyatli egallamoqdalar. Robotlar charchamaydi, ularga dam olish, 
76
Цифры и факты (рус.) // Наука и жизнь. — 2017. — № 11. — С. 59. 
77
. Lego, Fischertechnik, ТРИК или Амперка: сравнение и обзор 
робототехнических конструкторов (рус.), 
78
 Топ-список 50 наиболее перспективных и востребованных профессий среднего образования в РФ по 
версии МинТруда 


226
suv va ovqatlanish uchun tanaffus kerak emas. Robotlar yuqori ish haqini 
talab qilmaydi va kasaba uyushmalarining a’zosi hisoblanmaydi. 

Yüklə 121,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin