4. Tabiatdan foydalanish konsepsiyani qayta qurish



Yüklə 309,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/8
tarix02.04.2023
ölçüsü309,18 Kb.
#92574
1   2   3   4   5   6   7   8
Tabiatdan notog\'ri foydalanishning ijtimoiy va iqtisodiy oqibatlari

 
 
 
 
 
 



Tabiatdan noto`g`ri fodalanishning ijtimoiy-iqtisodiy
oqibatlarini baxolash 
Tabiat o`ta murakkab tuzilmaga ega, ayni zamonda u juda nozik xisoblanadi. 
Tabiat geografik qobiq miqyosida geosferalarning o`zaro bog`liqligi va ta`sirida 
bo`lish bilan birga uning xoxlagan geotizimida tabiiy komponentlari xam o`zaro 
bog`liqligi va ta`siri nixoyatda kuchliligi bilan ifodalanadi. Binobarin, yer 
kurrasida va uning sfera doiralari va komponentlari xamda majmualari yaxlit 
dinamik geotizim tashkil qilganki, agarda bu tabiiy xolatga me`yordan ortiqcha 
ta`sir etilsa, ma`lum xududda turli o`zgarishlar sodir bo`ladi. O`zgarishning 
miqyosi tashqi (yoki ichki) ta`sir kuchi va uning muntazamligiga bog`liq. Shu 
jixatdan qaraganda inson xo`jalik faoliyatining tabiatga ta`siri natijasida uch 
turdagi oqibatlar kelib chiqadi: ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy. 
Tabiatdan noto`g`ri foydalanishning ekologik oqibati mavjud qulay 
vaziyatning jiddiy vaziyat bilan almashishida aniq ifodalanadi. Vaziyatning 
o`zgarishi, odatda, atmosfera xavosi, suv, tuproq, o`simlik va boshqa 
komponentlarning ifloslanishi, shuningdek, axoli sog`lig`ining jiddiylashuvi 
natijasida sodir bo`ladi. Bu o`zgarishlarning katta xududlar misolida iqtisodiy 
jixatdan baxolash aslida mumkin emas, juda murakkab masala xisoblanadi. Tabiat 
resurslarining degradatsiyasi, qashshoqlanish va muomaladan chiqib qolishi xam 
katta iqtisodiy zararga olib keladi. O`tgan asrning 70-yillarida Markaziy Osiyo va 
Janubiy Qozog`istonda paxta yetishtiriladigan mintaqada tuproq sho`rlanishi 
xisobiga yiliga 2 mln t. (shundan O`zbekistonda 600-700 ming t.) kam paxta xosili 
olingan, xozirda xam tuproq sho`rlanishi katta maydonlarda rivojlangan, demak, 
yiliga kamida 1,5-2 mln t. kam xosil yig`ishtirib olinmoqda. Bu raqamni tegishli 
xisob-kitob qilish yo`li bilan qancha iqtisodiy zarar ko`rilayotganini bilish qiyin 
emas. 
Tabiatdan noto`g`ri foydalanishning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini baxolash 
amaliy jixatdan axamiyatga ega. Iqtisodiy zararni, odatda, tabiiy resurslarning 
degradatsiyaga berilishi, qashshoqlanishi, muomaladan chiqib ketishini pul 
vositasida baxolash tushuniladi. Ekologik zararni itqtisodiy baxolash xar bir 


10 
komponent yoki resurs tabiiy xolda (yoki inson tomonidan o`zgartirilgan-
madaniylashgan vaziyat) miqdoriy aniqlanadi, so`ngra, u iqtisodiy jixatdan 
baxolanadi. Aytaylik, ma`lum sug`orma yer irrigatsiya eroziyasi natijasida kuchli 
darajada yuvilib ketdi. Bu vaziyatda tuprog`i yuvilib ketgan maydon aniqlanadi, 
uning xosildorlik darajasi, mexanik tarkibi, sifat belgilari baxolanadi, avval paxta 
yoki boshqa (g`alla, poliz va b.) ekinlardan olingan o`rtacha (xar ga maydonga s. 
xisobida) maxsuldorligi belgilanadi. Shundan so`ng yuvilgan yerning iqtisodiy 
baxosi aniqlanadi. Baxolashda yetkazilgan zarar faqat bir yil (o`sha yilning pul 
qadriga nisbatan) uchun xisob-kitob qilinadi. 
Ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarni baxolash ikki yo`nalishda amalga oshiriladi. 
Birinchi yo`nalishda oqibatlarni xisob-kitob qilish mavjud bozor narxlariga 
asoslanadi. 
Bu 
yo`nalishda 
resurslarning 
unumdorligini 
o`zgarishi, 
maxsulotlarning xosildorligi kamayishi, (tuproqlarning sho`rlanishi tufayli 
maxsuldorligining keskin o`zgarishi, qishloq xo`jalik ekinlarining xosildorligi 
kamayishi, baliqchilikda baliq ovlash xajmining qisqarishi, yaylovlarda biomassa 
o`sishining keskin tushib ketishi, o`rmonlar degradatsiyasi va b.), axoli turmush 
sharoitining jiddiylashuvi (yoki daromadning yo`qolish uslubi turli kasalliklarning 
ko`payishi, o`lim, o`rtacha umr ko`rishning qisqarishi, rekreatsiya resurslarining 
qashshoqlanishi va boshq), mol mulkning xizmat muddatlarini qisqarishi (binolar, 
jixozlar, ishlab chiqarish qurollari va boshq.) tegishli xisob-kitob qilish yo`li bilan 
iqtisodiy zararlar baxolanadi.
Ikkinchi yo`nalish baxolash bevosita sarf-xarajat bilan bog`liq. Bu 
yo`nalishdagi baxolash uslublari oldingi bo`limlarda (2.2.) taxlil qilindi. Bunda 
tabiiy boyliklarni sarf-xarajat yo`li bilan baxolash, sarf-xarajat taxlili kabi 
uslublarda mazkur yo`nalish bayon etilgan.
Ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarni baxolash, yuqorida aytib o`tilgandek, oson 
emas. Bunda mavjud bozor narxlariga asoslangan xolda xar bir zarar turini aniq 
xisoblab chiqish taqozo etiladi. Quyida Orol dengizi va Orolbo`yi misolida 
mutaxassislar ishlab chiqqan ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarni baxolash tamoyillari va 
uslubiyoti bilan tanishasiz. 


11 
Orol dengizi satxining tushib ketishi va Orolbo`yi suv rejimining tartibga 
keltirilishi natijasida vujudga kelgan salbiy ijtimoiy-iqtisodiy zarari mutaxassislar 
tomonidan 70- yillarda yiliga 30-60 mln. rubl deb baxolangan. Buni xisobga olgan 
ba`zi iqtisodchilar va suv xo`jaligi mutaxassislari daryolar suvini Orolga 
yubormay, sug`orma dexqonchilikni rivojlantirib, yiliga bir necha milliard rublga 
teng bo`lgan maxsulotlar yetishtirilishi maqsadga muvofiq, deb xisoblab, dengiz 
satxining tushib borishiga jiddiy munosabatda bo`lmadilar. Ular ijtimoiy-iqtisodiy 
oqibatning boshqa jixatlarini, xususan ijtimoiy oqibatini chuqurroq o`ylab 
ko`rmadilar. M.X. Baydal va A.K. Kiyatkinlar (1972) Orol dengizi taqdirini 
iqtisodiy jixatdan xisoblash bilan xal qilib bo`lmaydi, deb juda to`g`ri fikrda 
bo`lishgan. 
70- yillar oxiri va 80-yillar boshlarida iqtisodchilar va suv xo`jaligi 
mutaxassislari Orol dengizi qurib borishining iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlarini 
barcha jixatlari bo`yicha qat`iy xisobga olib, yetkazilayotgan va kelajakda sodir 
bo`ladigan barcha xalq xo`jaligi zararlarini sarxisob qila boshladilar.
Dengiz akvatoriyasida bevosta iqtisodiy zarar Orolning kemachilikdagi 
mavqei yo`qolishi bilan bog`liq. 60-yillargacha dengizda Mo`ynoq-Aralsk, 
Uchsoy-Qozoqdaryo kabi portlar oralig`ida kemalar qatnovi muntazam yo`lga 
qo`yilgan bo`lib, ko`plab yo`lovchilar va xalq xo`jalik yuklari tashilar edi. Dengiz 
sayozlanishining kuchayishi natijasida barcha portlar quruqlikka aylandi va 
kemalar qatnovi 1979 yilga kelib to`xtadi. O`sha vaqlardagi xisob-kitoblarga ko`ra 
(S.N Kritskiy; 1973), kemachilikka yetkazilgan umumiy zarar xajmi 3 mln rublni 
tashkil qilgan. Orolda kemachilik to`xtatilishining jami zarari, bizingngcha, bu 
miqdordan xam ko`p bo`lgan bo`lishi mumkin, chunki avvalo barcha port 
xo`jaliklari to`liq ishdan chiqdi, kemalar, barjalar quruqlikda qolib ketdi, ular bilan 
band bo`lgan dengizchilar ishsiz qolishdi, yo`lovchilar va yuklar arzon suv yo`li 
bilan tashilmay qo`ydi va boshqalar.
70-yillarga qadar Mo`ynoq yarim orolining shimoli-sharqiy qirg`og`i ajoyib 
dengiz kurort zonasi xisoblangan, bu go`shada xar yili minglab kishilar va bolalar 
xordiq chiqarishgan. 1978 yilda kurort va bolalar oromgoxlari butunlay yopildi, 


12 
kurort zonasi xuvullab qoldi, dengiz qirg`og`idan ancha (2-5 km) uzoqlashib 
qolgan va unda cho`milishning iloji qolmagan edi. Bu xam xalq xo`jaligi uchun 
jiddiy zarar keltirdi.
Orol dengizi chuchuk suvda xayot kechiruvchi qimmatbaxo baliq zotlariga 
boy noyob xavza xisoblangan, unda yiliga o`rtacha 500 ming s baliq ovlanar edi, 
shundan 20 ming s juda qimmatli orol usachi (so`zan-baliq) iga to`g`ri kelgan. 
Shuningdek, zog`ora baliq, osyotr, leshch, sudak va boshqalar ovlanar edi. 
Dengizning sayozlanishi, suvning minerallashuv darajasini ortib borishi, 
Amudaryo deltasida ularning ikra qo`yishi murakkablashuvi tufayli baliq zotlari 
kamayib bordi. 1979 yilda jami 20 ming s, 198 yilda ,2 ming s baliq ovlangan. 198 
yildan dengizda baliq ovlash amalda to`xtatildi. S.N. Kritskiy (1973) 
ma`lumotlariga ko`ra, 70-yillarning boshlarida baliqchilikka yetkazilgan umumiy 
zarar miqdori yiliga 6 mln rubl, deb baxolandi.
Mo`ynoq shaxri yirik port, unda baliqni qayta ishlovchi kombinat bo`lgan, u 
yiliga 20 mln donadan ortiq baliq konservasi tayyorlab chiqarardi. Xozirda 
kombinat 20-25% quvvatda faoliyat ko`rsatmoqda. Baliq maxalliy kichik 
ko`llardan, suv xavzalaridan tutilib, kombinatga yetkazib beriladi. Urga, Uchsoy, 
Qozoqdaryo va boshqa joylardagi baliq sexlari 70-yillarda yopilgan. K.I 
Lapkinning xisob-kitobicha, Amudaryo deltasida baliq xo`jaligiga yetkazilgan jami 
zarar 1980 yil narxlari bo`yicha yiliga 18,9 mln rublga teng bo`lgan.
Amudaryo va Sirdaryo deltalaridagi qamishzorlarning degradatsiyaga 
uchrashi va ko`l-botqoqliklarning qurishi natijasida qimmatbaxo mo`yna beruvchi 
ondatrachilikka katta zarar yetkazildi. Xar yili deltalarda 3 mln. dan ortiq ondatra 
terisi tayyorlanar edi. Xisob-kitoblarning natijasiga ko`ra, faqat Amudaryo deltasi 
byo`icha yiliga ,7 mln rubl zarar yetkazilgan.
Orolbo`yida maxsuldor yaylovlar va pichanzorlar katta maydonlarni 
egallagan edi. Lekin cho`llashish jarayonining kuchayishi tufayli ularning 
maxsuldorligi keskin kamayib bordi, chunki qamish va turli o`tlar o`rniga sho`rga 
chidamli galofitlar va kserofitlar tarqala boshladi. Amaliy jixatdan qaraganda 
galofitlar va kserofitlarning yaylov chorvachiligida unchalik axamiyati yo`q. I.P. 


13 
Gerasimov va boshqalarning (1980) xisob-kitobiga ko`ra, o`sha vaqtlarda 
Qozog`istonning Qizil O`rda viloyati xo`jaliklarida sigirlarning o`rtacha sut berishi 
yiliga 72-998 litrga qadar kamaygan. 1963-1978 yillar mobaynida qo`ylar 300 
ming boshga, 10 ming qorako`l va qoramollar 5,5 ming boshga kamaygani qayd 
etilgan. Bularning jami iqtisodiy zarari 20 mln. rublni tashkil qilgan. K.I. 
Lapkinning xisob-kitobicha, 1980 yildagi narx bo`yicha Amudaryo deltasida 
yaylov va go`sht-sut chorvachiligidan kelgan zarar xajmi 9,0 mln. rublga teng 
bo`lgan. 
Axolining mexnat qilish va yashash sharoitlari yomonlashuvi natijasida 
Orolbo`yida 
avval 
baliqchi, 
ovchi, 
kema 
xaydovchi 
va 
kemalarni 
ta`mirlovchilarning, keyinchalik Mo`ynoq baliq kombinatining turli shaxarlardagi 
sexlari yoppasiga yopilishi 70-80-yillarda katta qiyinchiliklar tug`dirdi. Axoli 
yangi ish joylarini topguncha ancha qiynaldi. Bu soxada Qoraqolpog`istondagi 
umumiy iqtisodiy zarar 1980 yilgi pul qiymati bo`yicha yiliga 6,0 mln rubl ni 
tashkil qilgan. 
O`zFA Ishlab chiqarish kuchlarini o`rganish kengashining bir gurux 
iqtisodchilari Qoraqolpog`istonda Orol dengizi satxining pasayishi va Amudaryo 
deltasida cho`llashish jarayonining kuchayishi natijasida xalq xo`jaligiga 
yetkazilgan jami iqtisodiy zararni 1980 va 1985 yillar bo`yicha aloxida xisoblab 
chiqdilar. Ushbu xisob-kitob natijasiga ko`ra, xudud 1980 yilda 92,6 mln. rubl va 
1985 yilda 128,9 mln rubl iqtisodiy zarar ko`rgan. Bu ko`rsatkichlar yuqorida qayd 
etganimizdek faqat ma`lum yillargagina tegishli ekanligini e`tiborda tutsak, barcha 
yillar davomida ko`rilgan zarar salmog`i nixoyatda kattaligi ayonlashadi.
Orol dengizining baliqchilik, yaylov chorvachiligi, ovchilik, kemachilikka 
bevosita ta`siridan tashqari bilvosita ta`siri xam mavjud bo`lib, u ko`proq sug`orma 
dexqonchilik, sanoat va transport, qurilishga zarar keltirdi. E.D. Raximov (1990) 
ning xisob-kitoblariga qaraganda, Janubiy Orolbo`yida qishloq xo`jaligi ishlab 
chiqarishining tabiiy potensiali kamayishi evaziga kelajakda taxminan agrosanoat 
majmuasining jami maxsuloti va daromadi 1-15% ga kamayishi bashorat qilinadi. 
Orol dengizi satxining tushib borishi va shu munosabat bilan baliqchilik va qishloq 


14 
xo`jaligi, sanoat soxalarida jami zarar o`lkaning istiqbolda rivolanishini e`tiborga 
olgan xolda kelajakda taxminan yiliga 600 mln rublni tashkil qilishi aniqlangan. 
Orol dengizi ijtimoiy - iqtisodiy oqibatlarining talofatlari shular bilangina 
chegaralanmaydi, ular ishlab chiqarish xajmining kamayishi, axolining ish bilan 
ta`minlanishiga, farovonlik darajasi, ishlab chiqarishning xajmi va sur`ati, noishlab 
chiqarish soxalariga xam salbiy ta`sir etadi.
Iqtisodchi mutaxassislar (Raximov, 1990) ning bashoratli iqtisodiy xisob-
kitoblariga ko`ra, Amudaryo deltasida 500-600 ming ga yer o`zlashtirish 
imkoniyatlari mavjud bo`lib, yangi sug`orma yerlarda bo`rdoqichilik, beda va poliz 
ekinlari urug`chiligini rivojlantirish evaziga 600 mln. rubllik maxsulot tayyorlash 
imkoniyatlari, shu jumladan, taxminan 0 mln rubllik sof maxsulot yetishtirish 
mumkin. Yerlarni o`zlashtirish va xo`jaliklarni tashkil qilish uchun sarflanadigan 
kapital mablag`lar muayyan muddatlarda qoplanadi. Tayyor maxsulotlarni 
baxolashdan yer resurslarini baxolashga o`tish uchun sof maxsulotning qiymatiy 
me`yordagi samaradorlik koeffitsiyenti (0,07, u «Ekonomicheskaya gazeta» ning 
1981 yil, 2-sonida e`lon qilingan «Metodika opredeleniya ekonomicheskoy 
effektivnosti kapitalnix vlojeniy» nomli maqolada bayon etilgan) bo`yicha uni 1 
martaga ko`paytirdik. Bunda deltaning yangi o`zlashtirilishi mumkin bo`lgan 
qismi binobarin, 6,3 mlrd rublni tashkil qiladi. Bu tabiiy potensial Orol 
dengizining qurishi va Amudaryo deltasining degradatsiyasi tufayli butunlay 
yo`qotilishi mumkin. 
Demak, tabiatdan noto`g`ri foydalanishning ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy 
oqibatlari inson uchun katta zarar keltiradi, eng muximi, tabiiy saloxiyat ishdan 
chiqadi, 
resurslarning 
qashshoqlanishi 
xalq 
xo`jaligining 
rivojlantirish
imkoniyatlarini yo`qqa chiqaradi, axolining salomatligiga putur yetkazadi.

Yüklə 309,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin