4. Tabiatdan foydalanish konsepsiyani qayta qurish



Yüklə 309,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/8
tarix02.04.2023
ölçüsü309,18 Kb.
#92574
1   2   3   4   5   6   7   8
Tabiatdan notog\'ri foydalanishning ijtimoiy va iqtisodiy oqibatlari

 
 
 


15 
3. Xududiy-ishlab chiqarish majmualari rivojlanishining iqtisodiy-ekologik 
strategiyasi 
Ishlab chiqarish ko`p xollarda xududning tabiiy sharoiti, resurslar turlarining 
boyligi, mexnat resurslari va boshqa omillarga juda xam bog`liq. Atrof - muxit va 
ekologik vaziyat nuqtai nazardan tabiiy ekologik sharoit ishlab chiqarishning 
rivojlanishiga ma`lum (ba`zan kuchli) darajada ta`sir etadi. Chunki yer osti va yer 
usti boyliklarining mavjudligi, resurs turiga qarab unga mos (sanoat) 
korxonalarning vujudga kelishi va tayyor maxsulot ishlab chiqarishni yo`lga 
qo`yishga imkon beradi. Sanoat korxonalarining tarkib topishi axoli sonining ortib 
borishi va pirovardida ishga tushirilgan korxona(lar) negizida axoli yashash punkti 
va ba`zan me`yordagi shaxarlarning vujudga kelishiga turtki bo`ladi (masalan, 
Uchquduq, Muruntov, SHo`rtan va b.). 
Ishlab chiqarishni joylashtirish va rivojlantirish xududning tabiiy - ekologik 
sharoitlariga juda mos tushishi va asosan uning xususiyatlaridan kelib chiqishi 
shart (bu tamoyil quyiroqda taxlil qilib o`tiladi). Ammo 30-50 va xatto 70-80-
yillarda xam bunga jiddiy e`tibor berilmadi va natijada turli miqyosda ekologik va 
ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlar yuzaga keldi. Masalan, Chirchiq va Oxangaron 
vodiylarida ko`plab turli sanoat korxonalarini joylashtirish, Surxondaryo vodiysi 
(qo`shni Tojikiston) da alyuminiy kombinatining ishga tushirilishi va boshq. 
Buning oqibatida atrof - muxit xozirga qadar aziyat chekmoqda, axoli salomatligi, 
chorva mollari, qishloq xo`jaligi jiddiy zarar ko`rmoqda. Boshqacha aytganda, 
sanoat ishlab chiqarishidan ko`plab daromad olinishi bilan birga atrof - muxit, 
axoli va qishloq xo`jaligiga keltirilayotgan zarar va uning iqtisodiy baxosi 
(qiymati), bizningcha, bir-birlariga to`g`ri kelmoqda. Chunonchi, ishlab chiqarish 
juda xam kam samara bilan ishlayotganligi to`g`ri, xolisona taxlil qilinsa, bular 
o`rtasidagi xaqiqiy ayirma obyektiv baxolangan bo`lar edi. 
To`g`ri, odatda, ishlab chiqarish rivojlanishining birinchi bosqichlarida tabiiy 
ekologik sharoit o`zgarishi, axolining joylashuvi va zichlik darajasi o`sishi 
e`tiborga olinmasligi natijasida keyinchalik turli oqibatlar kelib chiqishi mumkin. 


16 
Xech kimning xayoliga xam kelmagan edi-ku, Chirchiq yoki Oxangaron vodiysida 
sanoat ishlab chiqarishining shu darajada o`sishi xavo va suv xavzalarini, tuproqni 
jiddiy tarzda ifloslaydi deb. Bu xodisa sanoat korxonalarining quvvatini xamda 
axoli sonining ortib borishi bilan to`g`ridan - to`g`ri bog`liq. Ishlab chiqarishni 
joylashtirish jarayonida obyektiv bashorat qilinganda vaziyat shunchalik taxlikali 
bo`lmasligi mumkin edi. 
Ishlab chiqarish majmualarini vujudga keltirish mavjud tabiiy ekologik 
sharoitlar to`liq xisobga olinishini taqozo etadi. Birinchi navbatda iqlimiy omillar, 
xususan, shamol rejimini aniq e`tiborga olish katta axamiyatga ega. Chunki 
shamolning xarakati, tezligi va yo`nalishi sanoat chiqindilarini turli tomonga 
yoyadi, bunda bir yoki ikki tomonga yil davomida barqaror esish yo`nalishini 
ko`proq nazarda tutish muximdir. Tojikistondagi alyuminiy korxonasini loyixalash 
va qurish jarayonida tog`-vodiy shamolining qo`shni O`zbekistonga tomon esishi 
to`liq xisobga olinmaganligi tufayli Uzun, Sariosiyo, Denov tumanlari muntazam 
aziyat chekib kelmoqda. Surxondaryoning ushbu tumanlariga yetkazilayotgan 
umumiy ijtimoiy-iqtisodiy zarar miqdori Tojikistondagi alyuminiy korxonasidan 
olinayotgan daromadning ma`lum qismini tashkil qiladi. Buni korxona 
loyixachilari va ekspertlari o`ylab ko`rmaganmikinlar?! Bundan ne foyda?! 
Xuddi shunday xodisa Oxangaron vodiysida xam kuzatilmoqda. Tog`-vodiy 
shamoli Olmaliq, Oxangaron, Angren sanoat korxonalarining chiqindilarini tunda 
tog`dan vodiy bo`ylab, kunduzi esa tog` oldidan vodiy bo`ylab tog` yonbag`rilariga 
`yoyadi. Bunda texnogen chiqindilar Oxangaron vodiysi xududida muntazam bir 
tekisda taqsimlanadi va atrof - muxitga yog`iladi, yer usti va yer osti suvlariga 
aralashib, ularni ifloslaydi. Piskent shaxri axolisi shaxar xududidagi yer osti suvi 
ifloslanganligi uchun tog` etagidan quvurlar orqali keltirilgan yer osti suvidan 
foydalanmoqda. Quvurlar, ularni o`rnatish, suv xaydash va umuman, suv 
tizimining foydalanish xarajatlari xisobga olinsa sanoat korxonalari keltirayotgan 
daromadning 
bir 
qismi 
bu 
soxaga 
sarflanishidan 
korxona 
raxbarlari
xabardormikin? Axoli sog`ligini tiklash uchun sarflanayotgan tibbiy yordam va 


17 
kasallik varaqalari uchun kasaba uyushmalari to`layotgan mablag` qaysi xisobdan 
amalga oshiriladi? 
Yuqorida keltirilgan misollar va aytilgan fikrlarni xisobga olib xududiy-
ishlab chiqarish majmualarini rivojlantirishning uzoqqa mo`ljallangan iqtisodiy-
ekologik strategiyasini ishlab chiqish katta amaliy axamiyat kasb etadi. Iqtisodiy-
ekologik strategiyaning dastlabki tamoyili xududning xalq xo`jaligi tarmoqlarini 
rivojlantirish jarayonida uning tabiiy sharoiti, resurslari va ekologik vaziyatdagi 
o`zgarishlar, yangi tarkib topadigan nomatlub antropogen xodisalar, sabab-oqibat 
zanjirining uzluksiz taraqqiyoti natijalari, ro`y beradigan ekologik va ijtimoiy-
iqtisodiy oqibatlar atroflicha va chuqur asoslanishi, prognostik xulosalar ishlab 
chiqilishi, tarkib topadigan yangi anropogen tizimning boshqaruv yo`llari oldindan 
taxliliy usullar asosida tayyorlanishi maqsadga muvofiq. Aks xolda xududiy 
ishlab-chiqarish majmualarining istiqbolda keltiradigan iqtisodiy samaralari ijobiy 
bo`lmasligi mumkin. Qisqacha qilib aytganda, iqtisodiy majmua rivojlanishi 
xududning ekologik tizimi (yoki geotizim) ga qanchalik ta`sir ko`rsatadi, uning 
miqyosi oldindan bashorat qilinishi va shu asosida korxonalar ishlab chiqarishini 
optimallashtirish tadbirlari amalga oshirilishi zarur. “Korxona(lar) taraqqiyoti-
xudud” tizimi xar qanday iqtisodiy rejalashtirishda doimo uzluksiz bir-birlariga 
bog`liq xolda qaralishi va o`rganilishi lozim.
Xududning iqtisodiy rivojlanishini rejalashtirishda istiqbolda korxonalar 
quvvatini oshirish va yangilarini barpo etishni nazarda tutganda ishlab 
chiqarishning atrof - muxitga ta`sirini e`tiborga olish bilan birga tabiatning xalq 
xo`jaligi obyektlariga aks ta`sirini xam to`g`ri va xaqqoniy xisobga olish maqsadga 
muvofiq. Bu xodisa, odatda, insonning tabiiy muxitga me`yordan ortiq darajada 
ta`sir etishi natijasida yuz beradi. Ekologik muvozanatning buzilishi negizida tabiat 
atrof - muxitga qayta aks ta`sir eta boshlaydi. Bu ta`sirning kuchi, miqyosi va 
umumiy qudrati insonning tabiatga ko`rsatgan ta`siridan kuchliroq va kengroq 
miqyosda bo`lishi mumkin. Bunga Orol dengizi misolida yaxshi tasavvurga ega 
bo`linadi. Shuni to`g`ri xisobga olish zarurki, tabiatning insonga aks ta`siri 


18 
muddati yangi ekologik muvozanat barqaror bo`lguncha (topguncha) davom etadi. 
Bu xodisa bir necha o`n yillargacha davom etishi mumkin. 
Ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish va rivojlantirishning strategiyasini 
asoslaganda ular qanday tabiiy geografik muxitda amalga oshirilayotganini 
xisobga olish o`ta muxim vazifa xisoblanadi. Boshqacha aytganda, ishlab chiqarish 
kuchlarini joylashtirishda geografik o`rin birinchi darajali amaliy axamiyat kasb 
etadi. Tog` daryo vodiylari (Chirchiq, Oxangaron, Qashqadaryo va boshq.), tog` 
vodiylari (tog`larning ichki qismidagi berk vodiylar), tog` oldi tekisliklari sanoat 
korxonalarini joylashtirishda bir necha tabiiy ekologik omillarni to`g`ri xisobga 
olishni talab qiladi. Bunda asosan iqlimiy (meteorologik), gidrologik, 
gidrogeologik, geomorfologik, geologik, tuproq va boshqalar nazarda tutiladi. 
Bunda sanoat chiqindilarining atmosfera xavosida tarqalish jarayonining tezligi va 
yo`nalishi, to`planishi yoki tarqalishi ustivor axamiyatga ega. Atmosferaga 
chiqaraliyotgan chiqindilarning tog` vodiylarida to`planishi xududda og`ir 
metallar, kimyoviy birikmalar akkumulyatsiyasiga sabab bo`ladi (masalan, 
Olmaliq, Oxangaron sanoat tuguni xududida). Tog` oldi prolyuvial tekisliklar 
korxonalardan chiqayotgan iflos grunt suvlari suv xavzalariga qo`shilib, ularni 
ifloslantiradi, ayniqsa, ichimlik suvlarini yaroqsiz axvolga olib keladi (Farg`ona 
neftni qayta ishlash korxonasi). Kimyoviy chiqindilarning korxonalar atrofida 
yog`ilishi («ishqorli yog`inlar») ekinzorlar, yaylov o`simliklari va o`rmonlardagi 
dov-daraxtlarning o`sishiga salbiy ta`sir etadi, ularning tarkibida og`ir metallar 
miqdori me`yordan ortib ketadi (Olmaliq tog`-metallurgiya korxonasi ta`sir 
doirasidagi xudud). Qorovulbozordagi neftni qayta ishlash majmuasi cho`lda,
axoli yashash punktlaridan uzoqda qurilganligi tufayli uning atrof - muxitga ta`siri 
kamroq, buning ustiga texnologiya samaradorligi ancha yuqoriligi sababli 
muxitning ifloslanishi me`yorida. Shuningdek, Muborak va SHo`rtan gazni qayta 
ishlash majmualari xam xamma jixatdan qulay joyda qurilgan va atrof - muxitga 
salbiy ta`siri ancha zaif. Ularda chiqindilarning chiqarlishi xam me`yordan uncha 
katta emas. Xuddi shunday ijobiy tavsifga Talimarjon IES xam ega. Uning atrof - 
muxitga ta`siri kamroq.


19 

Yüklə 309,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin