Qisqacha xulosalar
Tabiatni muxofaza qilish va boyliklardan foydalanish ilmiy asosda boshqariladigan
tabiat majmualarida amalga oshirilsa samaradorlikka erishiladi.Ekologik
samaradorlikni ta`minlovchi qator tabiiy omillar mavjud.
U xududning tabiiy
sharoiti va resurslarining xususiyatlari bilan bog`liq.Iqtisodiy samaradorlikni
ko`pincha sarf-xarajat va samara orasidagi o`zaro nisbat aniqlaydi.Tabiatdan
noto`g`ri foydalanishning ekologik oqibati mavjud qulay vaziyatning jiddiy vaziyat
bilan almashishida aniq ifodalanadi. Buning
oqibatidagi iqtisodiy zararni,
odatda,tabiiy resurslarning qashshoqlanishi, muomaladan
chiqib ketishini pul
vositasida belgilash katta axamiyatga molik.Ishlab chiqarish kuchlarini
joylashtirish va rivojlantirish xududning tabiiy-ekologik sharoitiga mos tushishi va
uning xususiyatlaridan kelib chiqishi shart. Aks xolda
turli nomatlub antropogen
xodisa va jarayonlar avj oladi.Endilikda tabiatdan foydalanishning an`anaviy
usulini qayta qurish vaqti yetdi. Shu bois geotizimli tamoyilga o`tish xar
tomonlama kutilgan samara beradi.Ekologik vaziyat jiddiy bo`lgan xolatda
jamiyatda iqtisodiy rivojlanish bo`lishi qiyin masala.
Barqaror rivojlanishga
erishish uchun qator muammolar, jumladan ekologik
muammolarni yechish
darkor.