4-variant Ishlab chiqarish jarayoni, uning mazmuni va natijalari



Yüklə 1,16 Mb.
səhifə4/6
tarix19.06.2023
ölçüsü1,16 Mb.
#132824
1   2   3   4   5   6
4.Pul taklifi va talabi nazariyasi.Tayanch iboralar: pul taklifi, pul qiymati, Pulning real qiymati, pul multiplikatori, Fisher tenglamasi
Pul maxsus xususiyatlarga ega boʻlgan tovar hisoblanib, barcha turdagi tovar va xizmatlarni ayirboshlash vositasi hisoblanar ekan. Pul tovarlar ayirboshlashda umumiy teng qiymatlilik (ekvivalent) rolini bajaradi. Pullar maxsus xususiyatga likvidlik (ya’ni, tez almashtirish) xususiyatiga ega boʻlganligi uchun ham ideal vosita hisoblanadi. Har qanday buyumning likvidliligi uni sezilarsiz sarf xarajatlar bilan boshqa buyumga ayirboshlanish qobiliyatini bildiradi. Ayirboshlash kengayishi bilan kredit pullar deb ataluvchi veksellar, banknotlar, cheklar, sertifikatlar, kredit kartochkalari va boshqa shunga oʻxshash qiymatliklarga ega boʻlgan pullar paydo boʻladi.
Pul oʻz tabiatiga koʻra uch xil xususiyatga ega, ya’ni, hamma narsaga ayirboshlanadigan muhim xarid vositasi, boylik timsoli, mehnatning qiymat shaklidagi oʻlchov vositasi.
Umuman pulning beshta vazifasi mavjud: 1. Qiymat oʻlchovi. 2. Ayirboshlash vositasi. 3. Xazina toʻplash va jamgʻarish vositasi. 4. Toʻlov vositasi. 5. Jahon puli.
Pul oʻz xizmati mazmuni va miqyosiga qarab turli toifalarga boʻlinadi.
1. Xazina biletlari - bu pul oddiy muomilada ishlatiladi.
2. Banknot - kredit pullari - bunday pullar qarz olish va berish jarayonida ishlatiladi.
Pul tovar sifatida qiymatga ega. Hozirgi kunda pulning qiymatidan foydalanib uning turli koʻrinishlaridan foydalanilmoqda. Ya’ni, qogʻoz pullarga tovar va pulli xizmatlar ekvivalent almashinadi. Bundan tashqari bank cheklaridan ham keng foydalanilmoqda. Shuningdek, kredit kartochkalaridan ham foydalanilmoqda
Jami pulning taklifi deb ma’lum vaqt birligi ichida iqtisodiyotga xizmat qilayotgan pullarga aytiladi. Pul egasi pulni qanday shaklda saqlash samarali boʻlsa xuddi shu koʻrinishdan foydalanadi. Eng muhimi pul taklifi davlat tomonidan tartibga solinadi..
Ya’ni, birinchidan pul taklifining asosiy qismi boʻlib qogʻoz pullar va chek qoʻyilmalari hisoblanadi.
Qogʻoz pullar - respublika markaziy bankining muomilaga qoʻyilgan qarz majburiyatlaridir.
Chek qoʻyilmalari esa tijorit yoki xalq banklarning qarz majburiyatlaridan iborat.
Pulning real qiymati yoki toʻlov qobiliyati - pul birligiga sotib olish mumkin boʻlgan tovar va xizmatlar miqdori orqali aniqlanadi. Tovar va xizmatlarni sotib oladigan pulning qiymati baho darajasi bilan teskari aloqaga ega. Narxlar qancha yuqori boʻlsa pulning toʻlov qobiliyati shunchalik kam boʻladi va aksincha. Umumiy pul taklifi nafaqat joriy hisoblardagi mablagʻlardan (D) balki aholi qoʻlidagi naqd pullardan (S) ham tashkil topadi. Shuning uchun pul taklifining umumiy modeli pullarni bank depozitlaridan naqd pulga mumkin boʻlgan oqib oʻtishini hisobga olib tuziladi. Naqd pullar miqdorini omonatlar hajmi bilan bogʻliqligini deponentlash koeffitsiyentini SCh ifodalaydi. Bu koeffitsiyentni va bank multiplikatorini qoʻllab pulning umumiy taklifini aniqlash mumkin. M=(Sq + 1)* x V / ( Sq + qq )
Bunda: M - pulning umumiy taklifi. Sq-S/D teng boʻlgan deponetlash koeffitsiyenti. U pul mablagʻlarining naqd pulga (S) va omonatlarga (D) taqsimlanishini aholi tomonidan maqbulligini bildiradi. qq-Q/D boʻlgan bank rezervlari normasi (rezervlarni omonatlarga nisbatan).
V- S+Q ga teng boʻlgan pul bazasi yoki quvvati kuchaytirilgan pullar., ya’ni naqd pullar plyus bank rezervlari.
Yuqoridagi Sq+1/Sqq+qq ifodani pul multiplikatori deb ataladi va odatda м bilan belgilanadi. Bu holatda pulning umumiy taklifi quyidagicha aniqlanadi: M=м x V Pulga boʻlgan umumiy talab bitimlar uchun pulga talabdan va moliyaviy aktivlar uchun pulga talabdan iborat.
Bitimlar uchun pulga boʻlgan talab bu aholiga va korxonalarga tovar va xizmatlarni xarid qilish uchun zarur boʻlgan pul miqdoridir. U nominal YAMMni oʻsishi bilan ortib boradi.
Isteʼmol joyida pul miqdori koʻp boʻlishi mahsulotning nominal qiymatini oshirib yuboradi.
Bu nazariyani ilk bora Amerikalik olim Irving Fisher matematik usulda tavsiflagan. Uning formulasi quyidagicha koʻrinishga ega:
MV=PT 
Bunda P (Price) – bozordagi narx darajasi, T (Transactions) – bozorda maʼlum muddat davomida amalga oshirilgan barcha oldi-sotdi harakatlari miqdorini anglatadi. Ularning koʻpaytmasi maʼlum muddat davomida bozorda jami necha soʻmlik savdo amalga oshirilganini koʻrsatadi. Tenglikning ikkinchi tomonida M (Money) – bozordagi umumiy pul miqdori va V (Velocity) – pulning aylanish tezligi (bozorda pul maʼlum muddat davomida qayta-qayta ishlatilishi mumkin – agar bir soʻm markaziy bankdan chiqib, bozorni aylanib, yana markaziy bankka qaytishi jarayoni yiliga ikki marta boʻlsa V=2 boʻladi).

Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin