403-guruh talabasi Maxammadiyeva Sitora Savollar


Gapning tuzilish jihatidan turlari



Yüklə 39,62 Kb.
səhifə4/11
tarix20.11.2023
ölçüsü39,62 Kb.
#164964
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Murakkab qo\'shma gap

Gapning tuzilish jihatidan turlari


Har qanday gapning tuzilish jihatidan turlarini uning grammatik asosi belgilab beradi. Gapning grammatik asosini bosh bo'laklar: ega va kesim tashkil etadi. Gap tarkibidagi grammatik asos (ega va kesim) ning ishtirokiga ko'ra gaplar tuzilish jihatidan ikki turga bo'linadi: sodda gaplar va qo'shma gaplar.
Bitta grammatik asosiga ega bo'Iib ma'lum bir fikr va his-hayajonni ifodalovchi gaplar sodda gaplar deyiladi.
Ikki va undan ortiq grammatik asosdan iborat bo'Iib, nisbatan murakkabroq fikrni ifodalovchi gaplar qo'shma gap deyiladi. Masalan:
Chor atrofga yoyganda gilam.
Aslo yo'qdir bundayin ko'klam. (H. O.)
Til bilan dil dushman bo' Imaydi.
O'ldirmaydi qo'shiqni qo'shiq. (R. H.)
Keltirilgan misollarning birinchisi sodda gap bo'Iib, uning grammatik asosi bitta: ega va kesimdan (yo'qdir, ko'klam} ikkinchi gap esa qo'shma gap, uning grammatik asosi ikkita: 1) dushman bo'lmaydi, 2) o'ldirmaydi qo'shiq.
Sodda gaplar grammatik asosning tarkibliga ko'ra ham ikki xil: 1) ikki tarkibli gaplar, 2) bir tarkibli gaplar.
Grammatik asosi ikki bosh bo'lak (ega va kesim) dan iborat bo'lgan gaplar ikki tarkibli gaplar deyiladi. Masalan: Solihlar esga olinganda Allohning rahmati nozil bo'ladi (Tusiy). Bu gapning grammatik asosi ega (solihlar) va kesimi (hosil bo'ladi) dan iborat.
Grammatik asosi bir bo'lakdan iborat bo'lgan gaplar bir tarkibli gap deyiladi. Masalan:
Oyni etak bilan yopib bo'lmas. Bu gapning grammatik asosi faqat kesim (yopib bo'lmas) dan iborat.
Sodda gaplar, ikkinchi darajali bo'laklarning ishtirokiga ko'ra yig'iq va yoyiq gaplarga bo'linadi.
Ega va kesimdan tashkil topgan sodda gaplarning bir ko'rinishi yig'iq gap deyiladi. Masalan: Qor tindi. Hamma yoq oppoq.
Tarkibida bosh bo'laklardan tashqari ikkinchi darajali bo'laklar ham ishtirok etgan gaplar yoyiq gap deyiladi. Masalan: Aziz va ulug' bo'lgan Allohga bir soat astoydil tavajjuh qilish quyosh nuri tushadigan barcha narsadan yaxshiroqdir. (Abduni Zajjoj.) Bu gapda aziz va ulug' bo'lgan (aniqlovchi), Allohga (to'ldimvchi), bir soat (aniqlovchi) astoydil tavajjud qilishning (aniqlovchi), yaxshiroqdir (kesim). Shu boisdan bu gap yoyiq gapdir.
Gapning tuzilishiga ko'ra turlari jadvali



t/r

Predikativ markaz-larning miqdoriga ko'ra

Bosh bo'laklar­ning ishtirokiga ko'ra

Ikkinchi darajali bo'laklaming ishtirokiga ko'ra

Zaruriy bo'laklar ishtirok etmasli-giga ko'ra

Bo'laklarga bo'linish-bo'lin-masligiga ko'ra

1.

Sodda gap

Bir bosh bo'lakli gap

Yig'iq gap

To'liq gap

Bo'laklarga bo'linadigan gaplar

2.

Qo'shma gap

Ikki bosh bo'lakli gap

Yoyiq gap

To'liqsiz gap

Bo'laklarga bo'linmay-digan gaplar (so'z gaplar)

4. Sodda gap — oʻz tarkibida birgina predikativ birlikka ega boʻlgan, maʼlum fikr ifodalay oladigan, grammatik va intonatsion jihatdan shakllangan sintaktik birlik (Sen kosmonavt boʻlmoqchimisan? Togʻ tepasida toʻplanayotgan bulutlar tushga borib quyuqlasha boshlaydi. Men sizga mashq chalib beray). Sodda gap bir predikativ aloqani namoyon qiluvchi sodda birlik sifatida ikki yoki undan ortiq sodda predikativ birliklarning qoʻshilmasidan iborat boʻlgan qoʻshma gapga qaramaqarshi qoʻyiladi.
Sodda gapning asosiy tavsiflari quyidagilardan iborat boʻlishi mumkin: uning muayyan soʻz shakllari (ran predikativ asosining tarkibiy qismlari) orqali shakllanuvchi sintaktik strukturasi va mazkur tarkibiy qismlarning oʻzaro munosabati; uning semantik strukturasi; soʻz tartibi va ohang; ran predikativ asosining tarkibiy qismlari yoki predikativ asosning kengaytiruvchilari hisoblangan gap boʻlaklari.
Sodda gap tuzilish asosining miqdoriga koʻra, 2 turli boʻladi; ikki tarkibli ran, bir tarkibli ran. Ikki tarkibli gapning predikativ asosi ega va kesim boʻlaklaridan iborat boʻladi (Salqin shamollargina qizning sochlari bilan oʻynashadi. Koʻkda tanho oy kezmoqda). Bir tarkibli gapning predikativ asosi ega yoki kesimga ega boʻladi. Oʻzbek tilida bir tarkibli gaplarning quyidagi turlari bor: shaxsi aniq ran (Shu yorugʻ yoʻlda sizga zoʻr baxtlar tilayman); shaxsi nomaʼlum ran (Joʻjani kuzda sanaydilar); shaxsi umumlashgan ran (Dehqon boʻlsang shudgor qil, mulla boʻlsang takror qil); shaxssiz ran (Toʻrtbesh kundan keyin terimga tushiladi); atov ran yoki nomlovchi ran (Ana sovuq, mana qor! Mana Oʻsarjonning bolasi ... Samarqand. Registon maydoni...).
Sodda gap yigʻiq yoki yoyiq boʻlishi mumkin. Yigʻiq sodda gap bosh boʻlaklardangina, yaʼni birgina predikativ sintagmadangina iborat boʻladi (Ish boshlandi. Ular kelishyapti); yoyiq sodda gap bosh va ikkinchi darajali boʻlaklardan tashkil topadi, yaʼni uning tarkibida predikativ sintagma bilan birga boshqa sintagmalar ham boʻladi (Nizomjon opasining gaplarini chin yurakdan eshitib oʻtirardi).
Ikki yoki undan ortiq sodda gapning mazmun, grammatik va ohang jihatidan birikuvidan tuzilgan gap qo‘shma gap deyiladi: Eshik sekin ochildi-yu, Qalandarovning yuzi ko‘rindi.
Sodda gap tarkibida bitta ega va kesim birligi ishtirok etsa, qo‘shma gap tarkibida ikki va undan ortiq ega va kesim birligi qatnashadi. Qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplar o‘zaro bog‘lovchilar, yuklamalar, ko‘makchilar va fe’l shakllari hamda ohang orqali bog‘lanadi.


5. Mazmun munosabati va bog‘lovchi vositalarining qo‘llanishiga ko‘ra qo‘shma gaplar 3 xil bo‘ladi: bog‘langan qo‘shma gaplar, ergash gapli qo‘shma gaplar va bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar.
Ayrim darsliklarda qo‘shma gaplar quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
1) Teng bog‘lovchilar vositasida bog‘langan qo‘shma gaplar.
2) Ergashtiruvchi bog‘lovchilar vositasida bog‘langan qo‘shma gaplar.
3) Bog‘lovchi-yuklamalar vositasida bog‘langan qo‘shma gaplar.
4) Nisbiy so‘zlar vositasida bog‘langan qo‘shma gaplar.
5) Faqat ohang vositasida bog‘langan qo‘shma gaplar.
Birdan ortiq sodda gaplarning mazmun jihatdan tobe-hokim munosabati asosai, ya’ni birining boshqasiga ergashishidan tuzilgan qo‘shma gap ergash gapli qo‘shma gap deyiladi: Ildiz oziq bersa, novda ko‘karar. Ergashgan gapda bosh gap va ergash gap bo‘ladi.
Mazmuni izohlanadigan gap bosh gap hisoblanadi. Bosh gapga ergashib, uning mazmunini izohlab kelgan gap ergash gap deyiladi: Hamma yig‘ilgach, majlis boshlandi. Bu gapda Hamma yig‘ilgachgapi ergash gap bo‘lib, Majlis boshlandi degan gap bosh gap orqali ifodalangan voqea-hodisaning bajarilish paytini izohlab kelgan.
Ergash gap bosh gapni butunicha yoki uning biror bo‘lagini izohlaydi: Rais kirgach, hamma tinchlandi gapida ergash gap bosh gapni butunicha izohlayapti. Siz shuni unutmangki, kurashchilar yolg‘iz emas gapida esa ergash gap bosh gap tarkibidagi olmosh bilan ifodalangan to‘ldiruvchini (shuni) izohlayapti. Ergash gap bosh gapdan oldin, undan keyin yoki uning ichida kela oladi: O‘qituvchi, qo‘ng‘iroq chalingach, sinfga kirdi. Bu gapda ergash gap bosh gap ichida qolgan.
Ergash gaplar bosh gaplarga chunki, shuning uchun, -ki, agar, garchi, mabodo, go‘yo(ki) (ayrim darsliklarda go‘yo bog‘lovchisi bog‘lovchi vazifasidagi so‘z deb atalgan) kabi ergashtiruvchi bog‘lovchilar, fe’lning ravishdosh, sifatdosh, harakat nomi shakllari, shuningdek, yuklama, ko‘makchilar, ko‘makchili qurilmalar (shuning uchun, shu sababli, shu tufayli), turli vazifadagi ko‘rsatish olmoshlari, kim – u, qanday – shunday, qancha – shuncha, qaysi – o‘sha, qayerda – u yerda kabi bir-biriga ishora ma’nosini bildiradigan so‘roq olmoshlari va ko‘rsatish olmoshlaridan iborat nisbiy so‘zlar, sababli, tufayli, deb so‘zlari orqali bog‘lanadi: 1) Biz kitobni sevamiz, chunki u bilim manbaidir. 2) Hosil to‘kin bo‘lsa, to‘ylar to‘xtamas.
Maxsus bog‘lovchi vositalarsiz, asosan ohang yordamida birikkan sodda gaplardan tuzilgan qo‘shma gaplar bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar deyiladi. Bunday qo‘shma gap qismlari ohangdan tashqari ayrim so‘zlarning takrorlanishi, gap qurilishi, umumiy bo‘laklar vositasida birikadi: Kech kirdi, tevarak-atrofga qorong‘ulik tusha boshladi. Bu qo‘shma gapdagi sodda gaplar o‘zaro faqat ohang yordamida bog‘langan, ularning o‘rnini almashtirib bo‘lmaydi.
Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar quyidagi turlarga bo‘linadi:
Bog‘langan qo‘shma gapga sinonim bo‘lgan bog‘lovchisiz qo‘shma gap: Tig’ yarasi tuzaladi, til yarasi tuzalmaydi.
Ergashgan qo‘shma gapga sinonim bo‘lgan bog‘lovchisiz qo‘shma gap: Qor yog‘di – don yog‘di. (O‘xshatish)
Bog‘lovchili qo‘shma gapga sinonim bo‘lmagan bog‘lovchisiz qo‘shma gap: Xushxabar olib keldim: garnizon yanchildi. (Sh.)
Bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar tarkibida tinish belgilari quyidagicha qo‘llanadi:
Agar bog‘lovchisiz qo‘shma gap qismlari bir paytda yoki ketma-ket yuz bergan voqea-hodisalarni ifodalasa, ular orasiga vergul qo‘yiladi: Arava g‘ijirlab borar, aravakash xirgoyisini bir zumga ham to‘xtatmas edi.
Agar bog‘lovchisiz qo‘shma gap qismlari o‘zaro mazmunan bir-biridan ancha uzoq bo‘lsa, ular orasiga nuqtali vergul qo‘yiladi: Yomg‘ir chelakdan quyganday sharillab yog‘ardi; uning hayoli uzoq yoshlik paytlarida kezar edi. Politsmeyster zinada to‘xtadi; uning basharasi yovuz va quturgan edi. (O.)
Bog‘lovchisiz qo‘shma gapning ikkinchi qismi birinchi qismining sababini bildirsa, izohlasa, to‘ldirsa, ular orasiga ikki nuqta qo‘yiladi: Gap shu: Ertaga men bilan yo‘lga chiqasiz.
Agar bog‘lovchisiz qo‘shma gap qismlari o‘zaro zidlik, o‘xshashlik yoki shart munosabatiga kirishgan bo‘lsa, ular orasiga tire qo‘yiladi: Qor yog‘di – don yog‘di. Yoshim yetmish ikkida o‘zim yigitman.
Teng munosabatdagi sodda gaplarning o‘zaro teng bog‘lovchilar yordamida bog‘lanishidan tuzilgan qo‘shma gap bog‘langan qo‘shma gap deyiladi: Kechasi qalin qor yog‘di, lekin havo sovimadi.
Tarkibidagi sodda gaplarning o‘zaro mazmun-munosabatiga ko‘ra bog‘langan qo‘shma gaplar quyidagi turlarga bo‘linadi:
1) Biriktiruv munosabatli bog‘langan qo‘shma gaplar: Bunday bog‘langan qo‘shma gaplar tarkibidagi sodda gaplar o‘zaro va, hamda bog‘lovchilari, ham, -u(-yu), -da yuklamalari yordamida bog‘lanadi va bir paytda yoki ketma-ket ro‘y bergan voqea-hodisalarni ifodalaydi: Mashg‘ulotlar tugadi va hamma o‘z uyiga tarqaldi. Odam qo‘li tegdi-yu, tashlandiq yerlar obod bo‘ldi. Qattiq izg‘irin ko‘tarildi-da, hech kim uydan chiqmay qo‘ydi.
2) Zidlov munosabatli bog‘langan qo‘shma gaplar va ularda tinish belgilarining ishlatilishi.Bunday gaplar tarkibidagi sodda gaplar o‘zaro ammo, lekin, biroq bog‘lovchilari, -u(-yu) yordamida bog‘lanadi: Yurtimizning bu kuni chiroyli, lekin ertasi, indini yanada chiroyliroq, baxtliroq bo‘ladi. Havo ochildi-yu, harorat sezilmadi.
Ba’zan zidlik mazmunini kuchaytirish uchun zidlov bog‘lovchisi va bu vazifada qo‘llangan -u(-yu)yuklamasi birga ishlatiladi: Kechasi qor yog‘di-yu, lekin havo unchalik sovimadi. Yozuvda zidlov bog‘lovchilaridan oldin, yuklamalardan keyin vergul qo‘yiladi.
3) Ayiruv munosabatli bog‘langan qo‘shma gaplar va ularda vergulning ishlatilishi. Bunday ishlardagi sodda gaplar o‘zaro ayiruv bog‘lovchilari – goh…goh, yoki…yoki, ba’zan…ba’zan, dam…dam, yohud…yohud yordamida bog‘lanadi. Ayiruv bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gaplar voqea-hodisalarning galma-gal bo‘lishini yoki ulardan biri bo‘lishini ifodalaydi: Goh osmonni tutib ashula yangrar, goh allaqayerdan garmon tovushi eshitilib qolar edi.
Takrorlanib qo‘llangan ayiruv bog‘lovchilarining ikkinchisidan oldin vergul qo‘yiladi, ayiruv bog‘lovchilar yakka qo‘llansa, tinish belgisi qo‘yilmaydi.
4) Inkor munosabatli bog‘langan qo‘shma gaplar. Bunday gaplar qismlari o‘zaro na inkor yuklamasi orqali bog‘lanadi va orasiga vergul qo‘yiladi: Na suv bor, na biron yemish qolibdi.
5) Bo‘lsa, esa so‘zlari yordamida bog‘langan qo‘shma gaplar. Bunday gaplarda qiyoslash va zidlash munosabatlari mavjud bo‘ladi: Otabek sukutda, O‘zbek oyim bo‘lsa boshi bilan “shundog’” ishorasini berar edi. (A.Qod.)


6. Nutqimizda kamida uchta sodda gapning bog‘lanishidan tuzilgan qo‘shma gaplar ham mavjud. Maktab darsligida ularga quyidagicha ta’rif beriladi: “Uch va undan ortiq sodda gaplarning birikishidan tarkib topgan gaplar murakkab qo‘shma gaplar deyiladi”.
Ergash gapli qo`shmagaplar tarkibida asosan niiiisbiy olmoshlar va ba`zi o`rinlarda ko`rsatish olmoshlari qo`llaniladi. Nisbiy olmoshlar asosan ergash gap tarkibida , ayrim hollarda bosh gap tarkibida qo`llaniladi.

  • Ergash gapli qo`shmagaplar tarkibida asosan niiiisbiy olmoshlar va ba`zi o`rinlarda ko`rsatish olmoshlari qo`llaniladi. Nisbiy olmoshlar asosan ergash gap tarkibida , ayrim hollarda bosh gap tarkibida qo`llaniladi.

  • Ko`rsatish olmoshlari odatda bosh gap tarkibida ( siz shuni unutmangki, ...)yoki bosh va ergash gaplarning tarkibida bo`ladi. ( Bog` shunchalik meva berdiki, bunchalik hosil ko`pdan beri olinmagan edi).


Yüklə 39,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin