43. Bolalarni faoliyatga undovchi metodlar va ularning turlarini ayting?
44. Aqliy tarbiya mohiyati nimalardan iborat? Aqliy tarbiya – ta'lim oluvchilarni fan asoslariga oid bilimlar tizimi bilan qurollantiradi. Aqliy tarbiya - barkamol inson tarbiyalashning yetakchi tarkibiy qismi bo‘lib, o‘quvchilarni tabiat va jamiyat, kishi tafakkuri haqidagi bilimlarni o‘zlashtirib olishlari, ularda ilmiy dunyoqarash, yuqori onglilik xislatlarini tarbiyalash, fan asoslaridan xabardor qilish, tafakkur va nutq qobliyatlarini o‘stirishni maqsad qilib qo‘yadi. Aqliy tarbiya barkamol inson tarbiyalashning yetakchi tarkibiy qismi bo‘lib, o‘quvchilarni tabiat va jamiyat, kishi tafakkuri haqidagi bilimlarni o‘zlashtirib olishlari, ularda ilmiy dunyoqarash, yuqori onglilik xislatlarini tarbiyalash, fan asoslaridan xabardor qilish, tafakkur va nutq qobliyatlarini o‘stirishni maqsad qilib qo‘yadi.
Bilimlar tizimini ongli ravishda o‘zlashtirish mantiqiy fikrlash, xotira, diqqat, idrok etish, aqliy qobiliyat, mayillik va iqtidorni rivojlantirishga ko‘maklashadi.
Aqliy tarbiyaning vazifalari quyidagilar sanaladi:
- ilmiy bilimlarning muayyan hajmini o‘zlashtirish;
- ilmiy dunyoqarashni shakllantirish;
- aqliy kuch, qobiliyat va iqtidorni rivojlantirish;
- bilishga bo‘lgan qiziqishlarni rivojlantirish;
- bilishga bo‘lgan faollikni kuchaytirish;
- o‘z bilimlarni muntazam ravishda to‘ldirib borish, umumiy o‘rta ta'lim va maxsus kasbiy tayyorgarlik darajasini oshirishga bo‘lgan ehtiyojni rivojlantirish.
45. “Pedagogika tarixi” fanining predmeti, maqsadi va vazifasi nimalardan iborat. “Pedagogika tarixi” faning maqsadi – eng qadimgi zamonlardan to hozirgi kungacha turli tarixiy davrlarda tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar taraqqiyotini tizimli yondashuv asosida o’rganishdan iborat. Maktab va pedagogika ko’p asrlik tarixiy yo’lni bosib o’tgan. Mazkur davrda pedagogika fani ko’plab g’oyalar va kontseptsiyalar bilan boyib bordi. “Pedagogika tarixi” faning predmeti - eng qadimgi zamonlardan to hozirgi kungacha tarbiya, maktab va pedagogik fikrlarning rivojlanish jarayoni.
“Pedagogika tarixi” fanining vazifalari: milliy o’z-o’zini anglash, kasbiy rivojlanish bilan bog’liqlikda umumiy va pedagogik madaniyatnishakllantirish;
pedagogik fikrlar rivojini tahlil etish va tizimlashtirish;
pedagogik g’oyalarni tahlil etish asosida ularni o’quv-tarbiya jarayoniga tatbiq etish.