434 masalalar yechish orqali boshlang’ich sinf



Yüklə 101,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix13.12.2023
ölçüsü101,61 Kb.
#175689
1   2   3   4   5   6   7
TA\'LIM FIDOYILARI-2023-May-1-qism-434-443

1.
 
Ahmad 3ta qo‘g’irchoq va 2ta koptok rasmini chizdi. Ahmad nechta 
o‘yinchoqning rasmini chizdi? 
2.
 
Bahodir jo‘yakdan 6 ta bodring uzdi 2 ta bodringni edi. Nechta bodring qoldi? 
Sodda masalalarning qiyinligi bo‘yicha ikkinchi turi bu sonni bir necha birlik 
orttirish yoki kamaytirishga doir masalalardir, bunday masalalarga namunalar 
keltiramiz. 
1.
 
Zokirda 6 ta Ahmadda esa undan 2 ta ortiq daftar bor. Ahmadda nechta daftar bor? 
Yechish:
6+2=8 ta. 
Javob:
Ahmadda 8 ta daftar bor. 
2.
 
Maysara 7 ta ertak, Go‘zal esa undan 3 ta kam ertak o‘qidi. Go‘zal nechta 
ertak o‘qigan? 
Yechish:
7-3=4 ta 
Javob: 
Go‘zal 4 ta ertak o‘qigan. 


439 
3.
 
Botir 6 sm li kesma chizdi. So‘ngra uni 3 sm uzaytirdi. Kesmaning uzunligi 
qancha bo‘ladi?
Yechish:
6+3=9 sm
Javob:
Kesmaning uzunligi 9 sm bo‘ladi. 
4.
 
Savatda 10 kg olma bor edi. Undan 8 kg olmani sotishdi. Savatda necha kg olma 
qoldi? 
Yechish:
10-8=2 kg
Javob:
Savatda 2 kg olma qoldi. 
Masalalarni tasvirlash usuli.
Masaladagi berilgan sonlarning nechtaligini 
ta‘kidlashga va ular o‘rtasidagi munosabatlarini aniqlay bilish ko‘nikmasini 
rivojlantirishga imkon beruvchi eng muhim matn usuli masalani tasvirlashdir. 
Bolalarning narsalarni chizmada tasvirlash usullari bilan tanishishi ham foydalidir. 
Dastlabki 1-2 ta masalani o‘qituvchining o‘zi tasvirlab chizadi. 
O‘qituvchi doskaning ichiga 5 ta qo‘ziqorin va uning oldiga bitta qo‘ziqorin solingan 
savatchaning rasmini chizdi. Bolalar o‘qituvchi qanday masalani chizganini topganlaridan 
keyin o‘zlari xohlagan narsalar haqida masala tuzadi. Bolalarni masalaning javobi emas
balki masala shartini chizish kerakligi haqida bosh qotirish kerak, o‘qituvchi tez 
chiziladigan narsalarni tanlash haqida maslahat beradi. U bir nechta yaxshi chiqqan va 1-2 
ta yaxshi chiqmagan rasmlarni tanlab oladi. Bolalar kim qanday masala tuzganini topadilar. 
Ular qaysi rasm bo‘yicha masala tuzish mumkin, qaysi rasm bo’yicha masala tuzib 
bo‘lmasligini, nima uchun xatosi nimada ekanligini aniqlaydilar. Rasmda masalada berilgan 
sonlar ko‘rsatilishi kerakli ekanligi haqida ishonch hosil qilinadi, o‘zaro tekshirish olib 
borilsa yaxshi bo‘ladi. Ayirishga oid masala tuzishda ko‘pincha ikkita rasm chizishga to‘g’ri 
keladi, birida kamayuvchi, ikkinchisida qoldiq va ayriluvchi chiziladi. 
Masalan: birinchisida 6 ta archa, ikkinchisida 5 ta archa chiziladi. 

Yüklə 101,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin