437
Javob:
Stol ustida 8 ta qalam bor edi.
Sodda masalalarni turlaridan yana biri sonni nechta birlik ortirish yoki
kamaytirishga doir masalalar.
6-masala.
Ahmadda 6 ta, Salimda esa undan 2 ta ortiq qalam bor. Salimda nechta qalam
bor?
Yechish:
6+2=8 ta (qalam)
Javob:
Salimda 8 ta qalam bor.
7-masala.
Salim 4 ta qizil mashina rasmini Ahmad esa 3 ta yashil mashinaning rasmini
chizdi. Ikkalasi nechta mashina rasmini chizdi?
Yechish:
4+3=7 ta.
Javob:
Ikkalasi 7 ta mashina rasmini chizdi.
Matnli masalalar yechish bolalarda avvalo mukammal matematik tushunchalarni
shakllantirish ularning programmada belgilab berilgan nazariy bilimlarini o‘zlashtirish bilan
birga o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega.
Masalan: Agar biz o‘quvchilarda qo‘shish haqida to‘g’ri tushuncha shakillantirishni istasak,
buning uchun bolalar yig’indisini topishga doir yetarli miqdorda sodda masalalarni deyarli
har gal to‘plamlarni birlashtirish amalini bajarib yechishlari zarur. Masalan: quyidagi
masala berilgan.
Ahmadda 6 ta rangli va 3 ta oddiy qalam bor. Ahmadda hammasi bo‘lib nechta
qalam bor?
Buni yechish uchun oldin 6 ta cho‘p oladilar va buning yoniga yana 3 ta cho‘pni
surib qo‘yadilar va hammasi bo‘lib nechta cho‘p bo‘lganini sanaydilar. So‘ngra masalani
yechish uchun 6 ga 3 ni qo‘shish kerakligi va hosil bo‘lgan 9 son bu ikki sonning yig’indisi
bo‘lishini tushuntiradi. Shunga o‘xshash masalalarni ko‘plab yechib bolalar qo‘shish amali
haqidagi tushunchalarni asta-sekin egallab boradilar va uni umumlashtrish asosida qo‘shish
uchun ularni birga sanash kerakligini tushunadilar. Masalan: amalning noma‘lum
komponentini topishga doir masalani yechayotib o‘quvchilar arifmetik amallarning
komponentlari va natijalar orasidagi bog’lanishni ajratish va uni masalalar yechishda
qo‘llashga harakat qiladilar.
Masalalarda aniq material bo‘lib ular yordamida o‘quvchilarda yangi bilimlar
vujudga keladi hamda uni yechish jarayonida fikrlash amallarini bajarishga o‘rganadilar.
Bunga 1-sinf matematika darsligidagi sodda masalalardan keltiramiz.
Dostları ilə paylaş: