477 O’zbekistonda islohotlarning yangi bosqichi davrida Oliy ta’alim hususida



Yüklə 0,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix21.04.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#101348
  1   2   3   4   5
o-zbekistonda-islohotlarning-yangi-bosqichi-davrida-oliy-ta-alim-hususida



477 
O’zbekistonda islohotlarning yangi bosqichi davrida Oliy ta’alim hususida 
 
 Bozorboyeva Nulifar JDPI 1-bosqich Magistranti 
 
 
ANNOTATSIYA 
 
Ushbu maqolamizda yangilayotgan O’zbekistonda oliy ta’lim tizimiga davlat tamonidan 
etibor qaratilishi, O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizmni 2030-yilgacha rivojlantirish 
konsepsiyasida belgilangan maqsad va vazifalar, 2017-2021-yillarda erishilgan yutuq va 
kamchliklar, 2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot 
strategiyasida oliy ta’lim tizimini rivojlantirishda ko’zlangan maqsadlar yoritilgan. 
 
Kalit so’zlar 
Ilm-fan, ta’lim, inson kapitali, Ta’lim tog’risidagi qonun, oily ta’lim, Harakatlar 
strategiyasi, O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish 
konsepsiyasi, 2022—2026-yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot 
strategiyasi, 
Ma`lumki,har bir millatning rivojlanishi anashu davlatda istiqomat qiluvchiulkan 
salohiyatli, malakali kadrlarga bevosita bog’liq. Bu haqida buyuk jadid mutafakkiri 
M.Behbudiy shunday yozadi: “Dunyoda turmoq uchun dunyoviy fan va ilm lozimdir, 
zamona ilm va fanidan bexabar millat boshqa millatlarga poymol bo’lur”
116

Albatta bu so’zlar zamirida chuqur ma`no bor, chunki bugungi kunda ijtmoiy-
iqtsodiy jihatdan dunyoning eng rivojlangan davlatlari ilm-fan rivojiga jiddiy e’tibor 
qaratishlari tufayli yetakchi o’rinlarni qo’ldan boy bermay kelmoqda. Demak, bundan 
ko’rinadiki, hech bir davlat ilm-fanning rivojisiz taraqqiy etolmaydi. 
116
I.G’ofurov.Mangu latofat. T.: Sharq. 2008, 27-b. 


478 
Mustaqillika erishganimizdan so’ng O’zbekistonnig ijtmoiy-iqtsodiy va ma’naviy 
hayotida tub o’zgarishlar sodir bo’ldi. Ayniqsa ijtmoiy soha-ta’lim tizimida katta 
o’zgarishlar yuz berdi, istiqlolimizning ilk davrlaridayoq respublikada “Ta’lim tog’risida”gi 
Qonunning qabul qilinishi fikrimizning yaqqol dalilidir. 
Bugungi kunda mamlakatimiz ta’lim sohasi rivojlanishining yangi bosqichiga qadam 
qo’ydi. Mustaqil O’zbekistonimizda oliy ta’lim tizimida tub islohotlar amalga 
oshirilmoqda, bu esashak-shubhasiz, hozirdanoq o’z natijasi va samarasini berayotir. 
Ma’lumki, O’zbekiston Respublikasi PrezidentiSh.M.Mirziyoyevning BMT Bosh 
Assambleyasining 72-sessiyasida, uning minbaridan turib so’zlagan nutqida yoshlarning 
ongi va tafakkurini shakllantirish va rivojlantirish ayni paytda respublikada davlat siyosati 
darajasidagi muhim vazifalardan biri ekanligini ta’kidlagan edi. Binobarin, O’zbekiston 
Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasida ilg’or tajribalar 
asosida oily ta’lim muassasalarida kadrlar tayyorlash sifati va samaradorligini oshirishga 
Prezidentimiz tomonidan alohida urg’u berilgan
117

O’tgan 
yaqin 
yillar 
mobaynida 
O’zbekiston 
Respublikasi 
Prezidenti 
Sh.Mirzyoyevning Oliy ta’limni yanada rivojlantirish to’g’risda bir qator muhum qaror va 
farmonlari qabul qilindi.Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 8-
oktabrdagi F-4724-son farmoyishi asosida ishchi guruh tashkil qilindi. Ishchi guruh
tomonidan olib borilgan oliy ta’lim tizimidagi holatni o‘rganish natijalariga 
ko‘ra,respublikamizning bir qator OTMlarida hali ham ilmiy-pedagogik salohiyatning 
pastligi, ta’lim jarayonlarini axborot-uslubiy va o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlash 
zamonaviy talablarga javob bermasligi, ularning moddiy-texnika bazasini tizimli 
yangilashga 
ehtiyoj 
mavjudligi 
aniqlangan. 
Ta’kidlash lozimki, oliy ta’lim tizimida o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha dunyoning yetakchi ilmiy-
ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, o‘quv jarayoniga ilg‘or 
xorijiy tajribalarini joriy etish, ayniqsa, istiqbolli pedagog va ilmiy kadrlarni xorijning 
yetakchi ilmiy-ta’lim muassasalarida stajirovkadan o‘tkazish va malakasini oshirish 
borasidagi ishlar yetarli darajada olib borilmayotagnligi ko’rsatib o’tilgan
118

Oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlantirishning ustuvor vazifalaridan kelib chiqqan holda, kadrlar tayyorlash 
mazmunini tubdan qayta ko‘rish, xalqaro standartlar darajasiga mos oliy ma’lumotli 
mutaxassislar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratilishini ta’minlash maqsadida 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoyevning tashabbusi bilan bir qator 
salmoqli ishlar amalga oshirildi. 
117
“O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7 – fevraldagi PF – 4947 – son Farmoni. // “Xalq so’zi”, 2017 yil 8 fevral// 
118
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 8-oktabrdagi F-4724-son Farmoyishi. LEX.UZ 



Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin