SURXONDARYO VILOYATI SHO`RCHI TUMANI XALQ TA`LIMI BO`LIMIGA QARASHLI 49-UMUMIY O`RTA TA`LIM MAKTABI BOSHLANG`ICH SINF O`QITUVCHISI ZIYOTOVA YULDUZNING 1-SINFLAR UCHUN
CHIROYLI YOZUV
TO`GARAK REJA VA ISHLANMASI
Mavzu: Qiya to’g’ri chiziq chizish. Sana ___________________ Maqsad: O’quvchilarga O’zbekiston Respublikasining 23-yiligi haqida
tushuncha berish. DTS talablari asosida Mashg`ulot o’tish.
Ta’limiy: O’quvchilarni yozuv daftari bilan tanishtirish. Yozuv ko’nikmalarini shakllantirish, Yozuv Mashg`uloti uchun kerakli o’quv qurollari bilan tanishtirish. Qiya va to’g’ri chiziq chizish ko’nikmalarini shakllantirish. To’g’ri o’tirish, tog’ri yozish ko’nikmalarini o’rgatish.
Tarbiyaviy:O’quvchilarni Vatanimizni sevishga uni asrab avaylashga o’rgatish. .
Rivojlantiruvchi: O’quvchilarni yozma nutqini, qo’l harakatlarini rivojlantirish..
Mashg`ulot turi: Yangi tushuncha berish.
Metodi: Savol- javob, jamoa bilan ishlash,tushuntirish.
Jihozi: mavzuga oid rasmlar.
Mashg`ulotning borishi:
I. Tashkiliy qism:a) salomlashish
b) davomotni aniqlash
c) ma’naviyat daqiqasi
“Mening Vatanim” mavzusida suhbat o’tkazish.
II. O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash. Mustaqillik va tinchlik haqidagi o’quvchilar bilimlarini takrorlash. Vatan haqidagi she’rlar o’qish.O’quvchilar bilimlarini mustahkamlash.
III. Yangi mavzu bayoni Yozuv daftaridan foydalanish uchun metodik tavsiyalar. Kichik yoshdagi o’quvchilarni chiroyli yozuvga o’rgatish uchun ularni maktabga kelgan kunlaridan boshlab, quyidagi vazifalarga o’rgatish lozim;
- Yozuv vaqtida partada to’g’ri o’tirish.
- Yozuv qurollaridan to’g’ri foydalanish.
- Daftardan to’g’ri foydalanish.
- Harflarning unsurlari bilan tanishtirish.
Husnixat malakalarini shakllantirish
uchun birinchi navbatda harflarning
shaklini to’g’ri tasavvur qilishga,
bir xil qiyalik (75) da yozishga o’rgatish.
Partada qanday o’tirish va qanday
Yozish, ruchkani to’g’ri ushlash
kerakligini ko’rgazmalar yordamida o’rgatish.
O’quvchilarning ish joylarini belgilash.
Yozuv quroli daftar, ruchka bilan tanishtirish.
Yozuv daftaridan foydalanishning gigenik talablari o’rgatilib dastlabki shakllarni yozishni o’tgatish.
IV. Mustahkamlash Dastlab o’rganilgan shakllarni o’quvchilar o’qituvchi bilan birgalikda yozib boradilar O’quvchilar ishlarini kuzatish.
nuqtalarni daftarga to’g’ri joylashtirish yozuv taxtasida ko’rsatib beriladi.
to’g’ri chiziqlar chizish.
kichik va katta chiziq haqida ko’nikma hosil qilish.
Chiziqlarni sanash orqali farqini belgilash.
to’g’ri chiziqdan ilmoq hosil qilish
O’quvchilar ishini nazorat qilish, qiynalgan o’quvchilarga yordam berish. To’g’ri o’tirishlarini, ruchkani to’g’ri ushlashlarini nazorat qilish.
Berilgan shakldan nur sochayotgan quyosh tasvirini hosil qilish orqali o’quvchilarga ranglar haqida bilim berish.
V. Mashg`ulot jarayonida faol qatnashgan o’quvchilarni rajbatlantirish. O’quvchilarning Mashg`ulotdagi ishtiroki va ijodkorligi, faolligi, topshiriqlarni bajarish darajasiga ko’ra o’qituvchi tomonidan rajbatlantirilib boriladi.
VI. Uyga vazifa: Mustaqil ish.
MMIBDO`:______________________________