55
Himoyachi va darvozabonning turish holati bir-biriga
o‘xshash bo‘ladi. Bunda o‘yinchi oyoqlarini kengroq qo‘yib,
tizzalarini biroz bukkan holda turadi, oyoq uchlari bir
chiziqda joylashadi, qo‘llari tirsakdan biroz bukilgan, kaftlar
oldinga qaragan bo‘ladi. Bunday holat o‘yinchining mustah-
kam turishidan, erkin siljishidan, faqat himoyaga emas,
hujumga ham tayyor ekanligidan dalolat beradi (47- rasm).
Hujumchining holati himoyachinikiga biroz o‘xshaydi,
qo‘llar tirsakdan bukilgan, u ko‘krak barobar turadi. Oyoq-
lar biroz bukilgan, bittasi oldinda, yelkalar oldinga chiq-
qan bo‘ladi (48-rasm). Oyoqni ortiqcha (40—50 sm dan)
keng qo‘yib yuborish ham yaramaydi.
O‘yin paytida o‘yinchi turli harakatlarni: siljish, qa-
damlash, yugurish, tez yurish, sakrab yurish va bosh-
qalarni bajaradi. Raqibni aldash, sherik bilan qulay vaziyat
tanlash uchun to‘xtaydi. To‘xtash ikki qadam qo‘yish yoki
sakrash bilan bajariladi. Oyoqlar bukiladi, gavda harakat
yo‘nalishining qarshi tomoniga egiladi.
To‘pni bir joyda va harakatda ikki qo‘llab tutib olish
va uzatish.
O‘yin davomida o‘yinchi to‘pni bir necha bor
ikki yoki bir qo‘llab ushlashiga to‘g‘ri keladi. To‘pni joyda
turib ilib olishda panjalar ochiq bo‘ladi, bosh barmoqlar
birlashadi, boshqa barmoqlar to‘pdan kattaroq bo‘lgan vo-
ronka shaklini hosil qiladi. To‘p qo‘llarni harakatga kel-
tirib, ko‘krak oldidan, kaftlarni siltab uzatiladi (49- rasm).
Harakatda to‘pni ilib olish joyda turib tutib olishga
o‘xshaydi. O‘yinchining qo‘llari ko‘krak oldida turadi. To‘p-
Dostları ilə paylaş: