5 — 6- sinf o‘quvchilari uchun



Yüklə 9,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/86
tarix07.07.2023
ölçüsü9,49 Mb.
#136103
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   86
jismoniy tarbiya 5 6 uzb

49- rasm.
48- rasm.
47- rasm.


56
ni qadamlab yoki sakrab tutib oladi. Tez uchib kelayot-
gan to‘pning tezligini pasaytirish uchun qo‘llar oldinga
cho‘ziladi. Yuqoridan uchib kelayotgan to‘pni tutish uchun
oldinga-yuqoriga sakraladi, pastdan kelayotgan to‘pni tutish
uchun qo‘llar tushiriladi va kaftlar keng ochiladi. Duma-
layotgan to‘pni tutib olish uchun o‘yinchi uning qarshisiga
chiqadi, egiladi va to‘pga yaqin qo‘li bilan uni tutib oladi.
To‘pni olib yurish.
Basketbol o‘yinidan kirib kelgan bu
usul yordamchi usul hisoblanadi. To‘pni qarshisida raqib
bo‘lmaganda yerga urib olib yuriladi. To‘p olib yurishdan
yana raqib tomondan o‘z maydoniga qaytishda foydalani-
ladi. To‘pni yerga urganda uning sakrash balandligi beldan
oshmasligi lozim (50- rasm).
To‘pni yerga urib yurish mashqiga har bir mashg‘ulotda
doimo 2—3 daqiqa vaqt ajratilishi kerak.
To‘pni otish.
To‘pni otish uni sherikka uzatishdan uncha-
lik farqlanmaydi. Farqi shundaki, to‘p keskin kuch tezligi
bilan otiladi. To‘p turli holatlardan: yuqoridan, pastdan,
yondan, boshdan, orqadan otiladi (51-rasm).
Joydan turib to‘p otish yetti metrli jarima to‘pi urish,
to‘qqiz metrdan erkin zarba berish, turli masofalardan to‘pni
o‘yinga kiritish kutilmaganda bajariladi.
Harakat paytida to‘p otish.
Joyda turib to‘p otish yax-
shi o‘zlashtirib olinsa, uni harakat paytida (1, 2, 3 qa-
damda) otishni egallash uncha qiyin emas. To‘pni katta
tezlikda tirsakdan egilgan qo‘l bilan to‘xtab, tayyorgarlik
ko‘rmay otish mumkin. To‘pni otish chog‘ida o‘yinchi
og‘irlik markazini oldingi oyog‘iga o‘tkazadi, bu esa otish
kuchini oshiradi (52- rasm).
50- rasm.
51- rasm.


57
Tirsakdan bukilgan qo‘l bilan yondan va yelka baro-
baridan to‘p otish.
Bu uzoqqa otish lozim bo‘lganda qo‘l-
laniladigan usuldir. Otish o‘tkir burchak ostida to‘p
otuvchining bel qismi balandligida ikki holatdan bajariladi
(53- rasm). Birinchi holatda u tizza barobarida, ikkinchi
holat esa yelka barobarida va undan pastroqda bajariladi.
To‘g‘ri qo‘l bilan pastdan otishni
o‘yinchi har qanday
holatda ham bajara oladi. Uni bajarish esa egilgan qo‘l bilan
pastdan otishga o‘xshab ketadi.
To‘g‘ri qo‘l bilan yuqoridan otish
yugurib va sakrab
turib bajariladi. Buning uchun uchib kelayotgan to‘p qa-
bul qilinib darhol o‘z sherigiga uloqtiriladi (54-rasm).
To‘pni darvozaga orqa qilib turib, 180° ga burilib otish
ham mumkin.
To‘g‘ri qo‘l bilan yondan otish.
Bu usul bilan otish qo‘l
egilmagan holda kaftning qat’iy siltov harakati bilan ba-
jariladi.
Quyidagi holatlarda to‘p egallanadi, yulib olib qo‘yi-
ladi, urib chiqariladi:
a) to‘p oshirilayotgan paytda uni egallab olish himoya-
chi pozitsiyani qay darajada muvaffaqiyatli egallaganiga
bog‘liq;

Yüklə 9,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin