5 — 6- sinf o‘quvchilari uchun



Yüklə 9,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/86
tarix07.07.2023
ölçüsü9,49 Mb.
#136103
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   86
jismoniy tarbiya 5 6 uzb

53- rasm.
52- rasm.
54- rasm.


58
b) hujumchilar uzatgan to‘pni egallab olish, u to‘p
uchib kelayotgan paytida unga sakrash mahoratiga bog‘liq;
d) hujumchilar otgan burchak to‘pini va uzoqdan o‘z
sherigiga otgan to‘pni yuqoriga sakrab tutib olish, bu esa
himoyachining egallagan pozitsiyasiga bog‘liq;
e) hujumchidan to‘pni olib qo‘yish himoyachiga bog‘liq;
f) raqib to‘pni olib yurganda, uzatganda yoki darvozaga
urmoqchi bo‘lganda olib qo‘yish, bu himoyachi to‘pning
yo‘nalishini to‘g‘ri belgilashiga va qo‘li bilan uning yo‘na-
lishini qay darajada muvaffaqiyatli to‘sishiga bog‘liq;
g) raqibni ta’qib qilib, qo‘lidan to‘pini olib qo‘yishi
himoyachining uni oldiga yoki yon tomoniga mohirlik bilan
o‘tishiga bog‘liq (raqibning qo‘liga tegish mumkin emas);
h) chalg‘itmoqchi bo‘lgan raqib hujumchidan to‘pni olib
qo‘yishi, himoyachi raqib o‘yinchining aldamoqchi bo‘la-
yotganini sezib qolishi bilan bog‘liq. Raqib to‘pni yerga
urish chog‘ida yoki uzatganda egallab olishi mumkin;
i) hujumchi to‘pni darvozaga otish paytida himoyachi
to‘pni hujumchi qo‘lidan urib chiqarib yuborishga harakat
qiladi. Tez harakat chog‘ida to‘pni urib chiqarib yuborish
qiyinroq. Buning uchun himoyachi biroz orqaroqda va yon
tomonda turishi zarur, himoyachi bilan bir paytda oldinga-
yuqoriga sakraydi. Darvozaga to‘p kirishi himoyachining
panjalari bilan to‘pni qay daraja to‘sib qolishiga bog‘liq.
Demak, darvozaga otilgan to‘plarni to‘sib qolish, darvo-
zani to‘pdan qo‘riqlash faqat darvozabonning emas, balki
himoyachining ham ishidir. Himoyachi panjalari yoyilgan
qo‘lini to‘p uchib kelishi mumkin bo‘lgan yo‘nalishga tutadi.
To‘sish ikki qo‘llab bajariladi. Faqat yondan kelayotgan
to‘p bir qo‘l bilan to‘siladi. Darvozaga urilayotgan to‘pni
to‘sishning asosiy usullari quyidagicha: yuqoriga ko‘tarilgan
qo‘llar bilan sakrash, uchib kelayotgan to‘plarni to‘sish
uchun turli tomonlarga egilish, to‘pni oyoq bilan to‘sish.
Yuqoridan uchib kelayotgan to‘pni to‘sish
joyda turib
qo‘llarni yuqoriga ko‘targan holda yoki yondan bajariladi.
Agar to‘p balandroqdan uchib kelayotgan bo‘lsa, uning
yo‘lini kaft bilan to‘sish uchun balandga sakrash lozim.
To‘pni yumshoqroq qabul qilish uchun panjalar yoyiladi.


59
Yerdan 70—170 sm balandlikda kelayotgan to‘pni to‘sish.
Agar to‘p yon tomonga yo‘nalgan bo‘lsa, unga yaqin qo‘l
kafti ochiladi, ikkala qo‘lni to‘pning yo‘nalishiga qo‘yiladi.
Yerdan 40—50 sm balandlikda uchib kelayotgan to‘pni
to‘sish.
Buning uchun himoyachi to‘pning yo‘nalishi tomon
odimlaydi va uni qo‘llarni oldinga cho‘zgan holda to‘sadi.
Agar to‘p himoyachining o‘ng yoki chap tomonidan o‘tib
ketayotgan bo‘lsa, oldinga engashish zarur.
To‘pni oyoq bilan to‘sish.
Himoyachi bu usuldan to‘p
juda pastdan uchib kelayotganda uni to‘sishga ulgurmaganda
foydalanadi. Himoyachi oyog‘ini oldinga cho‘zib pastga egi-
ladi. To‘pni oyoq bilan to‘sish qoidada man etilgan, lekin
sharoit taqozo qilsa, qo‘llash mumkin. Bunda to‘sishga
yo‘naltirilgan oyoq bilan bir vaqtda qo‘l ham o‘sha tomonga
uzatiladi. Yer yoqalab uchib kelayotgan yoki yerga urilgan
to‘pni yarim o‘tirib to‘sish mumkin.
Darvozabonning o‘yinlari.
O‘yin paytida darvozabon raqib
bilan ko‘p marta ro‘baro‘ keladi. Unga juda katta jismoniy
va ruhiy yuklama (nagruzka) tushadi. U to‘pni doimiy nazorat
qila turib, maydondagi holatni tahlil qiladi va ba’zida
o‘yinchilarga tegishli ko‘rsatmalar beradi. O‘yin davomida
40—50 marta kuchli zarbalarni qaytarishiga to‘g‘ri keladi.
Darvozabon idrokli, chaqqon, harakatchan, kuzatuv-
chan, qo‘rqmas, vaziyatni to‘g‘ri baholay oladigan va shu
kabi xislatlarga ega bo‘lishi zarur. Darvozabon kuchli
urilmagan to‘plarni ikki qo‘llab tutadi. U yondan kelayotgan
to‘pga ham ikkala qo‘lini cho‘zadi. Asosiy holatda turgan
darvozabon qo‘lini to‘p uchib kelayotgan tomonga uzatadi
va o‘sha tomonga egiladi (55-
a, b
rasmlar).

Yüklə 9,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin