52
O‘yinchi uchib kelayotgan to‘pni ko‘rib qo‘llarini ol-
dinga, yuqoriga ko‘taradi. Uruvchi qo‘l
zarb uchun tay-
yorlanadi. Tana biroz orqaga egiladi. Zarb chog‘ida ura-
yotgan qo‘l bilan gavda ham oldinga egiladi. Panjalar
musht qilib tugiladi, yerga qarab bukiladi va zarb beriladi.
Shundan so‘ng oyoq pastga tushgan qo‘l bilan birga tushiri-
ladi. To‘pni qancha kuchli urish zarur bo‘lsa, kaft shuncha
bo‘shroq
qilinadi, zarb qancha aniq bo‘lishi lozim bo‘lsa,
kaft shuncha tarang qilinadi (46- rasm).
VOLEYBOL MUSOBAQASI QOIDALARI
O‘yin bir jamoaning boshqasiga to‘p uzatishidan bosh-
lanadi. O‘yin boshlanmasidan oldin jamoa sardorlari o‘rta-
sida qur’a tashlanadi. To‘pni uzatishga 5 soniya ajratiladi.
To‘pni uzatish oldidan uni albatta yuqoriga otish zarur.
Agar to‘p urayotgan o‘yinchi to‘pni
yuqoriga otgach, u
gavdaning biror yeriga tegib ketsa yoki ushlab qolinsa,
to‘p uzatilgan hisoblanadi va u raqib jamoaga beriladi.
To‘p urish huquqini qo‘lga kiritgan jamoa o‘yinchilari soat
millari bo‘ylab o‘rin almashadilar. To‘p o‘yinchilararo
oshirilganda yoki hujumkor zarbda to‘rga tegsa, xato
hisoblanmaydi.
Har bir jamoa o‘z maydonida to‘pni bir-birlariga faqat
uch marta oshirishlari mumkin. So‘ngra
u raqib tomonga
yo‘naltiriladi. To‘pni gavdaning beldan yuqori har qanday
a’zosi bilan urish mumkin. To‘siq qo‘yilgandan keyin ja-
moa uch zarb huquqiga ega bo‘ladi. Raqib maydoniga o‘tib
ketish yoki to‘rga gavdaning
biror yeri bilan tegish xato
hisoblanadi.
46- rasm.
53
Voleybol mavzusiga doir savollar
1. Voleybol mashg‘ulotida qanday sifatlar rivojlanadi?
2. Voleybol o‘yinining mazmunini gapirib bering.
3. Maydonning o‘lchami va to‘r o‘rnatiladigan
balandligi qanday
bo‘ladi?
4. Voleybol mashg‘ulotida qanday yurish-turish va xavfsizlik
qoidalariga rioya qilinadi?
5. To‘p uzatishning qanday usullari mavjud?
6. Voleybolda to‘p qabul qilishning qanday usullari bor?
7. Pastdan va to‘g‘ridan to‘p uzatish qanday bajariladi?
8. Hujumkor zarb deganda nimani tushunasiz?
9. Voleybol musobaqalariga oid asosiy qoidalarni so‘zlab bering.
Dostları ilə paylaş: