5 — 6- sinf o‘quvchilari uchun


Gandbol mavzusiga doir savollar



Yüklə 9,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/86
tarix07.07.2023
ölçüsü9,49 Mb.
#136103
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   86
jismoniy tarbiya 5 6 uzb

Gandbol mavzusiga doir savollar
1. Gandbol o‘yini qachon va qayerda paydo bo‘lgan?
2. Qo‘l to‘pi bilan shug‘ullanganda qanday jismoniy sifatlar
rivojlanadi?
3. Gandbol o‘yinining mohiyati nimadan iborat?
4. Gandbol mashg‘ulotlarida xavfsizlikni saqlash qoidalari haqida
nimalarni bilasiz?
5. Gandbol o‘yinida qanday qoidalar mavjud?
6. Gandbolda to‘p uloqtirishning asosiy turlari qanday?
7. To‘pni o‘yinga kiritish qanday hollarda qo‘llaniladi?
8. To‘pni tutib olish va olib qo‘yishning asosiy usullarini ayting.
9. To‘p qo‘l, oyoq bilan qanday to‘siladi?
10. Gandboldagi darvozabonning o‘yini haqida nimalarni bilasiz?
11. To‘p bilan yugurish nimani anglatadi?
12. „Ikki“ qayta to‘p olib borish nima degani?
13. 3 soniya qoidasi haqida nimalar deya olasiz?


64
14. Qanday paytda bahsli to‘p belgilanadi?
15. 7 metrli jarima to‘pi qachon belgilanadi?
16. 9 metrli jarima to‘pi nima uchun belgilanadi?
17. Erkin to‘p qanday ma’noni anglatadi?
18. Sportchilar kiyimiga qo‘yiladigan talablar haqida so‘zlang.
19. O‘yinchi qanday hollarda o‘yindan chetlatiladi?
FUTBOL
Futbol tarixi uzoq o‘tmishga borib taqaladi. Futbolga
o‘xshab ketadigan o‘yinlar eramizdan avvalgi qadimgi Antik
dunyo davlatlarida mavjud bo‘lgan edi. O‘yin nomi inglizcha
„foot“—„oyoq“ va „bol“—„to‘p“ so‘zidan kelib chiqqan.
Hozirgi futbol va unga tegishli qonun-qoidalar keyingi 100
yil ichida o‘zgarishsiz qolib kelmoqda.
Futbol yer yuzida eng sevimli va ommabop o‘yin
turlaridan hisoblanadi. O‘yindagi soddalik va qulayliklar,
o‘yinchilar mahorati shu paytgacha barcha ishqibozlarni
o‘ziga jalb qilmoqda. Xo‘sh, bu sport turining o‘quvchilar
salomatligiga va rivojlanishiga ta’siri bormi? Ma’lum
bo‘lishicha, ta’siri juda katta. Agar futbol bilan doimiy
shug‘ullanilsa, kishida tezlik, chaqqonlik, chidamlilik,
mo‘ljal olish sifatlari yaxshi rivojlanar ekan. O‘yin paytida
futbolchiga katta yuklama tushadi, bu unda iroda kuchining
tarbiyalanishiga xizmat qiladi. Futbol, asosan, ochiq havoda
o‘ynalgani sababli, o‘yinchilar tana a’zolarining atrof-mu-
hit ta’siriga chidamliligini oshiradilar.
Futbolda ikki jamoa o‘zaro bahslashadi. G‘alabaga inti-
lish futbolchilarni yakdil bo‘lib harakat qilishga undaydi va
ulardagi o‘rtoqlik, o‘zaro yordam hissini tarbiyalaydi. Maktab
o‘quvchilarining bu o‘yinga ommaviy qiziqishi, uni maktab
dasturiga alohida bo‘lim sifatida kiritish imkonini yaratdi.
Futbolda ikki jamoada 11 kishidan o‘yinchi o‘ynaydi
(mini futbolda esa 5—8 kishi, darvozabon umumiy hisobda).
O‘yin chim yotqizilgan, uzunligi 90—120 m, eni 45—90
m (mini futbolda maydonning uzunligi 28—40 m, eni
16—20 m) keladigan maydonlarda o‘tkaziladi. Zarurat
tug‘ilganda, gandbol maydoni va jismoniy tarbiya zallarini


65
ham futbol maydoniga moslashtirilsa bo‘ladi. Darvozalardan
bir xil masofada, maydonning o‘rtasidan chiziq tortiladi
va unda markaz belgilanadi.
O‘yin chog‘ida darvozabondan tashqari boshqa birorta
o‘yinchi to‘pga qo‘l tekkizishi mumkin emas. O‘yin 45
daqiqadan ikki taym davom etadi (12—13 yoshlilar uchun
mini futbolda 20—25 daqiqa), taymlar oralig‘ida 15 daqiqa
tanaffus beriladi.
Raqib darvozasiga to‘p urish har bir jamoaning vazi-
fasidir. Ikki taym davomida qaysi jamoa raqibi darvozasiga
ko‘proq to‘p kiritsa, o‘sha jamoa g‘olib hisoblanadi. O‘yinda
dastlab voleybol to‘plaridan, so‘ngra futbol to‘plaridan
foydalanilgan. O‘yinchilarning kiyimi futbolka, trusik va
yengil poyabzallardan iborat bo‘ladi. Bir jamoa qattiq,
boshqasi yumshoq poyabzalda o‘ynashiga ruxsat beril-
maydi. Har ikki jamoada ham darvozabonning kiyimi o‘z
rangi bilan boshqa o‘yinchilarnikidan ajralib turishi kerak.
Sovuq paytda mashg‘ulotga kiyiladigan kiyimlar bilan
o‘ynashga ruxsat etiladi. Futbolkada o‘yin bayonnomasida
qayd etilgan raqam yozilgan bo‘lishi shart.
Mashg‘ulotlar chog‘ida turli noxushliklarning oldini
olish maqsadida quyidagi qoidalarga amal qilinishi zarur:
1. Avvalo, o‘yinchi o‘zini bo‘lajak yuklamaga tayyor-
laydi va mashg‘ulotni asta yugurishdan boshlaydi, umumiy
chiniqtiruvchi mashqlarni bajaradi, turli usullarda sakraydi,
10—30 m ga tez, yonga va orqaga yuguradi. To‘siqlar chetlab
o‘tiladi. To‘pni aniq tepish mashq qilinadi. U oyoqdan
bunisiga sakraladi. So‘ngra osoyishta yurishga o‘tiladi.
2. Maydonda baqir-chaqir qilinmay, tartib-intizomga
rioya qilinadi.
3. Mashg‘ulot chog‘ida o‘yinchilarning maydondagi
harakatlari kuzatiladi, bir-biri bilan to‘qnashib ketmaslik
(ayniqsa, maydon ho‘l paytida) choralari ko‘riladi.
4. Hakam bilan tortishib, o‘yinchilarni qo‘rqitish man
qilinadi. Qoidaga bo‘ysunmaganlar maydondan chetlatiladi.
5. Mashg‘ulotlar tugagach, to‘plar yig‘iladi va tegishli
joyga olib borib qo‘yiladi.
5 — T. S. Usmonxo‘jayev va boshq.


66

Yüklə 9,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin