68
uning aylanib uchishiga olib keladi.
Oyoq yuzasining tash-
qi qismi bilan keskin zarba berilganda oyoq to‘pning tayanch
oyoq tomoniga yaqin bo‘lgan qismiga tegadi.
Bunda birinchi to‘pga oyoqning panjalariga yaqin qismi
tegadi. Tepuvchi oyoq tayanch oyoqqa tomon harakatlanadi.
To‘p oyoqdan uzilganidan keyin aylanma harakatga keladi.
Dumalab ketayotgan to‘pga zarba berish.
Bunday paytdagi
harakat qimirlamay turgan to‘pni tepish paytidagi harakatdan
unchalik farq qilmaydi. Muhimi, o‘z harakat tezligini
to‘pning harakati tezligiga moslay olishdadir.
Uchib kelayotgan to‘pga zarba berish.
Uchib kelayotgan
to‘pni tepishda uning uchish trayektoriyasi hisobga olinadi.
Yerga tushayotgan yoki past kelayotgan to‘pni tepish
dumalayotgan to‘pni tepishdagi kabi bajariladi. Uchib
kelayotgan to‘pning tezligi dumalayotgan to‘pnikiga nisba-
tan kuchli bo‘lganligi sababli,
bu yerdagi muhim nuqta
to‘p bilan uchrashish joyini to‘g‘ri belgilab olishdir. O‘yinchi
to‘pning balandligi, tezligi va yo‘nalishini
hisobga olishi
zarur.
To‘pga bosh bilan zarba berish.
Bu usul to‘p balanddan
kelayotganda, uni sherikka oshirishda,
darvozani himoya
qilish yoki uni darvozaga urish paytida qo‘llaniladi. Bosh
bilan to‘pni sakrab turib yoki sakramay urish mumkin.
To‘pni sakrab turib bosh bilan urish bir oyoqda yugurib
kelib yoki ikki oyoq bilan sakrab bajariladi. Bunday paytda
qo‘llar tirsakdan bukiladi va yuqoriga keskin harakatlanti-
riladi. To‘pga zarba berish sakrashning eng yuqori nuqtasi-
dan bajariladi (61- rasm). Bunda to‘pning
uchayotgan trayek-
toriyasi va tezligi aniq hisobga olinishi kerak. Zarbadan
keyin yerga oyoq uchida tushadi va to‘pning keyingi hara-
kati ham ko‘zdan qochirilmaydi.
To‘pni to‘xtatish.
Dumalayotgan yoki uchib kelayotgan
to‘pni to‘xtatish, uning harakatini o‘zgartirish uchun zarur.
Muhimi, to‘pni to‘xtatish chog‘ida u sakrab oyoqdan chi-
qib ketmasligi kerak.
To‘pni oyoq yuzining ichki tomoni bilan to‘xtatish.
Bu
usul dumalayotgan yoki uchib kelayotgan to‘pga qo‘llanila-
di. Bunda gavda og‘irligi tayanch oyoqqa tushiriladi. To‘pni
69
to‘xtatadigan oyoq oldinga cho‘ziladi
va tayanch oyoqqa
qadar orqaga tortiladi. To‘p tezligi susayadi va to‘xtaydi.
Dumalayotgan to‘pni oyoq osti bilan to‘xtatish.
To‘pni
qabul qilayotgan oyoq tizzadan bukiladi. Oyoq kafti
tovondan biroz balandroq ko‘tariladi (62- rasm). To‘pni
oyoq yuzining ichki va tashqi tomoni bilan ham to‘xtatish
mumkin.
To‘pni oyoq kaftining o‘rta qismi bilan to‘xtatish.
Bu
harakatni aniq bajarishni talab qiladi. Odatda, kaft o‘rtasi
bilan yuqoridan tushayotgan to‘p to‘xtatiladi (63-rasm).
Oyoqning orqaga siltanish harakati bilan to‘pning
tezligi
susaytiriladi.
To‘pni ko‘krak bilan to‘xtatish.
Bunda ko‘krak biroz
ichkari tortiladi, yelkalar oldinga chiqariladi (64- rasm).
To‘p ko‘krakka tegib, oyoqqa tushadi.
To‘pni olib yurish.
O‘yin
paytida shunday holatlar
bo‘ladiki, to‘pni sherikka oshirmay, uni o‘yinchining o‘zi
olib yuradi. Masalan, bu sheriklar yopiq bo‘lganda yoki
hujum qilishga noqulay holatda turganda bo‘lishi mumkin
(65-rasm).
Dostları ilə paylaş: