85
ilg‘amas yaxshi tomonlarini ko‘rsatib, faollar safiga qo‘-
shadi. Ular endi har jihatdan o‘rtoqlaridan
orqada qol-
maslikka tirishadilar. Ko‘p o‘tmay natija ko‘zga yaqqol tash-
lanadi, ular o‘zlarini faollar qatorida hisoblay boshlaydilar.
Ma’lumki, har qaysi harakatli o‘yin o‘ziga xos bir
yangilikni namoyon etadi. Binobarin, har bir o‘yinda ishti-
rok etish, o‘yin natijasidan qat’i nazar, kishiga ijobiy his-
tuyg‘u bag‘ishlaydi. Bolalarning o‘yinlarini kuzatgan bir
alloma shunday degan ekan: „Bolalar o‘yini — bu o‘zi
yashayotgan dunyoni bilish va o‘rganish yo‘li
bilan uni
kelajakda o‘zgartirishga mo‘ljallangan“. Bir qarashda kattalar
ham turli o‘yinlar bilan band bo‘ladilar, ammo ular ko‘p-
roq maqsadga va natijaga intilib harakat qiladilar (masalan,
sport o‘yinlarida). Bu narsa bolalarda butunlay o‘zgacha ma’no
kasb etadi. Ular harakatli o‘yinlarda tinim bilmay yugu-
radilar, sakraydilar, uloqtiradilar, ketma-ket to‘siqlardan
o‘tadilar. Bu
ular uchun bir dunyo qiziqish, cheksiz qu-
vonchdan boshqa narsa emas.
Siz o‘yinlarda ishtirok etib, o‘zingizning nimalarga qo-
dir ekanligingizni,
chidam-bardoshingiz, chaqqonlig-u
merganligingiz qay darajaga yetganligini bilib olasiz.
Nihoyat, harakatli o‘yinlar do‘stlar bir-birlarini yaxshi
bilib olishlari, sabr-qanoatli bo‘lishni o‘rganishlari, bir-
birlarini qo‘llab-quvvatlashlari, og‘ir damlarda o‘zaro yordam
berishga odatlanishlari, g‘alaba va mag‘lubiyatlarga to‘g‘ri
munosabatda bo‘lishlari, odob-axloqli bo‘lib tarbiyalanish-
lari uchun muhim bir vosita hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: