5 — 6- sinf o‘quvchilari uchun


„Òo‘p ushlovchiga“ o‘yini



Yüklə 9,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/86
tarix07.07.2023
ölçüsü9,49 Mb.
#136103
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   86
jismoniy tarbiya 5 6 uzb

„Òo‘p ushlovchiga“ o‘yini.
Bu o‘yinda bolalarda ziyraklik
va epchillik malakasi hosil qilinadi. Zal yoki maydonchaning
qarama-qarshi burchaklarida uchburchak va yo‘laklar
chiziladi. Ularning kengligi 1—1,5 m bo‘ladi. O‘yinchilar
ikkita guruhga bo‘linadilar. Ularni bir-biridan ajratib turuvchi
belgi bo‘ladi. Har bir onaboshi o‘z guruhida bittadan to‘p
ushlovchi va ikkitadan himoyachi tayinlaydi. Òo‘p ushlov-
chilar uchburchak ichida turadilar, himoyachilar esa o‘z
raqiblarining to‘p ushlovchilari oldidagi yo‘lak ichida, ikki
chegara ichida turadilar. Qolgan o‘yinchilar ikkitadan bo‘lib
butun maydon bo‘ylab tarqaladilar.


93
O‘yin basketbol o‘yiniga o‘xshab maydon markazidan
boshlanadi. Rahbar qarama-qarshi guruhning ikkita o‘yin-
chisi orasida turib, to‘pni yuqoriga irg‘itadi, o‘yinchilar esa
to‘pni sakrab ilib olib, o‘z guruhi o‘yinchilariga yetkazib
beradilar.
O‘yinchilar to‘pni bir-birlariga oshirishib, har bir guruh
o‘yinchilari to‘pni o‘zlarining to‘p ushlovchilariga uzatishga
harakat qiladilar. Himoyachilar, o‘z navbatida, bularga
qarshilik ko‘rsatib, to‘pni tutib olib, o‘zlarining o‘yinchi-
lariga uzatadilar. Har bir to‘p ushlovchilar ushlagan to‘pi
uchun guruhga bir ochko yutuq keltiradi. Har bir ochko-
dan keyin o‘yin to‘xtatilib, qayta boshlanadi, shunda to‘pni
yutqazgan guruhning himoyachilari o‘yinga kiritadilar.
Muayyan vaqt (ya’ni 8—10 daqiqa) o‘tgach, eng ko‘p
ochko to‘plagan guruh yutgan hisoblanadi.
Òo‘ldirma to‘p bilan o‘ynash.
Bu o‘yinda to‘pni boshdan
oshirib uzatish hamda egilish va bukilish malakalari ort-
tiriladi. O‘yinchilar 3—4 guruhga bo‘linib, bir qatorga sara-
lanadilar. Hamma o‘yinchilar oyoqlarini yelka kengligida
qo‘yib turadilar. Har bir guruhning birinchi bo‘lib turgan
o‘yinchisi qo‘lida to‘ldirma to‘p bo‘ladi va o‘qituvchi isho-
rasidan keyin u to‘pni boshidan oshirib, orqadagi o‘yinchiga
uzatadi. Ikkinchi o‘yinchi to‘pni olib, oldinga engashib,
to‘pni oyoqlari orasidan uchinchi o‘yinchiga uzatadi.
Uchinchi o‘yinchi esa, to‘pni yuqoridan to‘rtinchi o‘yinchiga
uzatadi va hokazo.
Qatorning oxirida turgan o‘yinchilar to‘pni olgach, o‘z
guruhlarining chap tomonidan yugurib kelib, qator oldida
turadilar va to‘pni boshlaridan oshirib uzatadilar. Ular
oldinga qarab yugurayotganda boshqa o‘yinchilar bir qadam
orqaga suriladilar. Òo‘pni yana shu tarzda boshdan oshirib,
oyoqlar orasidan bir-birlariga uzatadilar.
O‘yinni boshlab bergan o‘yinchilar qator oxiriga yet-
gandan so‘ng, to‘pni olib, o‘ng tomondan yugurib kelib,
yana birinchi bo‘lib turadilar. O‘yin qaytadan boshlanadi.
Òo‘p uzatishni boshqalardan tezroq bajargan guruh g‘olib
hisoblanadi.


94

Yüklə 9,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin