5 — 6- sinf o‘quvchilari uchun



Yüklə 9,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/86
tarix07.07.2023
ölçüsü9,49 Mb.
#136103
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   86
jismoniy tarbiya 5 6 uzb

„Uchar nishon“ o‘yini.
O‘yinchilar qur’a tashlash yo‘li
bilan 5—6 kishidan iborat bir necha guruhga bo‘linadilar.
Har bir guruh uchun o‘yinboshi saylanadi. O‘yinchilardan
har birining qo‘lida uzunligi 80—100 santimetr, yo‘g‘onligi
2—3 santimetr bo‘lgan tayoq bo‘ladi.
O‘yinboshi kim birinchi bo‘lib o‘yin boshlash kerakli-
gini qur’a tashlab aniqlaydi. Boshlovchilar guruh o‘yin-
boshisini o‘z guruhidan o‘ynovchilari bilan 8—10 metr
nariga olib boradi. Shundan so‘ng u o‘zidagi tayoqni oldinga-
yuqoriga irg‘itadi. Bir-biridan 4—5 metr oraliqda yoyilib
joylashgan shu guruh o‘yinchilari o‘z o‘yinboshisini havodagi
tayog‘iga o‘z tayoqlarini otib tekkizishlari kerak. Agar
o‘yinchilar mo‘ljalga tekkiza olmasalar, o‘yinboshi tayog‘ini
yana yuqoriga irg‘itadi. Shu tariqa har bir guruh navbat
bilan o‘ynaydi. Guruhlardan mo‘ljalga aniq tekkizganlar
alohida ko‘rsatilib rag‘batlantiriladi. G‘oliblar aniqlangun-
cha o‘yin davom ettirilaveradi.
O‘yin boshlangach, birinchi guruhdagi o‘yinchilar o‘yin-
boshining tayog‘ini barobariga mo‘ljalga oladilar. Kim
o‘yinboshining tayog‘iga tekkizsa, u o‘z tayog‘ini yuqoriga
ko‘taradi. O‘yinda xavfsizlikni ta’minlash maqsadida o‘y-


92
novchilar belgilangan masofada turishga rioya qilishlari ke-
rak. Boshqalar o‘ynayotgan guruhlardan 8—10 metr uzoq-
likda turishlari darkor.
„Qal’a himoyasi“ o‘yini.
O‘yinchilar ikki guruhga bo‘linib
ikkita bo‘lib joylashadilar. Ikki doira o‘rtasida 90 sm yoki
1 metrli qal’a o‘rnatilgan bo‘ladi. Har bir o‘ynovchining
harakat o‘rni chegaralab qo‘yiladi. Òashqi doira bilan qal’a
oralig‘i 1 metr bo‘ladi. Òashqi doiraning kattaligi 6 metr
bo‘ladi. Doiralar maydonga oldindan chizib qo‘yiladi. Doira
hosil qilib turgan o‘ynovchilar oralig‘i 1 m bo‘ladi. Ularning
ham joyi chegaralab qo‘yiladi. Òashqi doiradagi guruh
o‘ynovchilari hujumchilar, doira ichidagi o‘ynovchilar esa
himoyachilar bo‘ladi.
Hujumchilar himoyachilar yonidan chap berib yoki
sakrab o‘tib ketishlari mumkin. Himoyachilar esa ularni
qal’aga o‘tkazmaslikka harakat qiladilar. Òutqich bermay,
qal’adan to‘g‘ri sakrab o‘tgan hujumchi chaqqon o‘ynovchi
hisoblanadi. Òutilganlar esa yengilgan hisoblanadi. Ular
o‘yindan chiqariladi. Hujumchini o‘ng tomondan o‘tkazib
yuborgan himoyachi ham o‘yindan chiqariladi. Hujum-
chilarning bir qismi yoki hammasi tutilib bo‘lgach, o‘yin
yakunlanadi, o‘ynovchilar o‘zaro o‘rin almashadilar.
O‘yinda birinchi himoyachi o‘ng yonidan, bittadan
yugurib o‘tish mumkin. Himoyachilar hujumchilarga
qo‘llarini salgina tekkizib qo‘ysalar yetarli. Agar hujumchi
qal’ani qulatib yuborsa, o‘yindan chiqariladi, qal’a qaytib
tiklanib, o‘yin yana davom ettirilaveradi.

Yüklə 9,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin