5 — 6- sinf o‘quvchilari uchun



Yüklə 9,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/86
tarix07.07.2023
ölçüsü9,49 Mb.
#136103
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   86
jismoniy tarbiya 5 6 uzb

„Merganlar“ o‘yini.
Bu o‘yinni voleybol maydonida
o‘tkazsa bo‘ladi. O‘yinchilar ikki guruhga bo‘linadilar.
Har bir guruhga sardor tayinlanadi. Guruhlardan biri
maydonni, boshqasi to‘pni tanlaydi.
O‘yinchilar bir-birlarining qarshisiga turadilar. O‘rtadan
chiziq tortiladi. Guruh sardorlari chiziqdan tashqarida o‘z
jamoasining qarshisida turadilar. Guruh a’zolari raqib guruh
o‘yinchilarini to‘p bilan urishga harakat qiladi. To‘p tekkan
o‘yinchi jarima chizig‘iga borib turadi. Mabodo, o‘yinchi
jarima chizig‘i orqasida turganida uning qo‘liga to‘p kelib
tushsa, uning ham raqib guruh o‘yinchilarini urishiga ruxsat
beriladi. Agar u to‘pni otganda raqib o‘yinchisiga tegsa,
o‘yinchi yana o‘yinga kiritiladi. O‘yin to raqib jamoada birorta
o‘yinchi qolmaguncha davom etadi. O‘yin 3—5 martagacha
o‘ynaladi. O‘yinchini to‘p bilan urish faqat bir qo‘lda
bajariladi. Yerdan sakrab chiqib o‘yinchiga tekkan yoki
boshga kelib tekkan to‘p hisoblanmaydi.
„ Soddagina voleybol“ o‘yini.
O‘yinni voleybol maydo-
nida yoki shunga o‘xshash maydonda o‘tkazsa bo‘ladi.


88
O‘yinchilar ikki guruhga bo‘linadilar va o‘rtadan voleybol
to‘ri yoki bayroqchalar ilingan arqoncha tortiladi. O‘yin-
ning sharti voleybol o‘yiniga o‘xshash, ammo to‘pni ikki
qo‘llab ushlab bo‘lmaydi, to‘pni o‘zaro 1—2 uzatib, 3-
uzatishni raqib guruhi o‘yinchilariga oshiriladi.
Agar to‘pni raqib guruhidagilar qaytara olmay, to‘p
maydonga tushsa, to‘p uzatgan guruhga 1 ochko yoziladi.
O‘yin voleyboldagi singari to‘pni bir qo‘l bilan otib be-
rishdan boshlanadi.
O‘yin bir guruh to 25 ochko to‘plaguncha davom etadi.
„To‘p sardorga“ o‘yini.
 
Bu o‘yin basketbol o‘yinini
eslatadi. O‘yinchilar ikkita guruhga bo‘linadilar. O‘yin to‘g‘ri
to‘rtburchak maydonda o‘tkaziladi. Maydon burchaklariga
uchburchak chiziqlar chiziladi. Ularga sardorlar joylasha-
dilar. U yerga obruch yoki tumbochka qo‘yilsa ham bo‘ladi.
O‘yin maydon markazidan boshlanadi. To‘p basketbol-
dagidek savatga tashlanmaydi, balki sardorga uzatiladi. To‘pni
egallagan guruh uni yerga tushirmay, sardor qo‘liga yetka-
zib bersa, guruh bir ochkoga ega bo‘ladi.
10 daqiqa ichida ko‘p ochko to‘plagan guruh a’zolari
g‘olib hisoblanadilar. O‘yinda qoidadan tashqari holatda,
sherigini turtib yuborgan, raqib guruh o‘yinchisining qo‘-
lidan to‘pni ataylab urib, tushirib yuborgan, to‘p bilan 2
qadamdan ortiq yurgan, qo‘pollik qilganlar uchun jarima
to‘p beriladi. U to‘pni tashlaydigan o‘yinchi o‘z sardoridan
6 metr narida bo‘lishi kerak. O‘yin shu tarzda davom etaveradi.

Yüklə 9,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin