5 — 6- sinf o‘quvchilari uchun



Yüklə 9,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/86
tarix07.07.2023
ölçüsü9,49 Mb.
#136103
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   86
jismoniy tarbiya 5 6 uzb

77- 
a, b 
rasmlar.
b
78- 
a, b 
rasmlar.
b
a


80
79- 
a, b 
rasmlar.
a
b
ganda, bir oyog‘i orqada turgan holda orqaga qarab egil-
ganda va shunga o‘xshash hollarda bajarish samarali bo‘ladi.
Old tomondan supurib tashlashlarni raqib bir oyog‘ini
orqada qoldirganda, oyoqlarini keng ochganda (yozganda),
oyoq uchida ko‘tarilganda va boshqa hollarda bajariladi.
Ichki tomondan supurishni raqib bir oyog‘ini oldinga,
boshqasini orqaga qo‘yganda, ularning orasini katta och-
ganda bajarish foyda beradi.
Pastdan supurish, asosan, raqibni muvozanatdan chi-
qarish uchun ishlatiladi. Raqibning yiqilish tezligini oshi-
rish uchun unga tayangan holda qo‘l bilan undan itarilish
lozim. Raqibning qaysi oyog‘i gilamga tayanib turgan bo‘lsa,
o‘sha oyog‘ini ichki tomondan supurish (qoqish) lozim.
Kurashchi olishuv (bellashuv) davomida turli hujumkor
harakatlar, chalishlar, supurishlarni ishlata bilishi kerak.
Undan tashqari, vaziyatga to‘g‘ri baho berishni, kutilma-
ganda tezkorlikni namoyish qilishi, qulay vaziyatlardan
foydalana olishni o‘rganib olishi zarur. Kurashda supurishni
bajarayotganda hujum qiluvchining o‘zi gilamga yiqilmasligi
kerak. Bu kurashchining tajribasi va qo‘llayotgan usulining
sifatiga bog‘liq. Ushbu usulni mashg‘ulotda qo‘llash uchun
qo‘g‘irchoq (yasama kurashchi)dan foydalanish mumkin.


81
6 — T. S. Usmonxo‘jayev va boshq.
BELBOG‘LI KURASH QOIDALARINING
XUSUSIYATLARI
Belbog‘li kurashda raqibni ushlab olganda, ko‘targan-
da oldinga, orqaga yoki yonga harakatlanish mumkin. Uni
yerdan ko‘targan zahoti tezkor aylantirish, orqa-oldi, yon
tomonlarga tashlash kerak. Yerdan ko‘tarishda chapga yoki
o‘ngga tez o‘girilish shart va bunda raqibni yon tomonga
yoki kurakka tashlanadi. Belbog‘li kurashda raqibga nisba-
tan oyoqlar bilan harakatlanish man etiladi: chalish, oyoqni
bosish, ilib olish, tizzaga bukish, oyoqlarni ushlab olish
va hokazo. Undan tashqari, raqib belbog‘idan qo‘lni uzish,
raqibni ko‘tarmasdan yiqitish, beldan yiqitish va gilamdan
tashqariga yiqitishlar ham mumkin emas.
Qoidaga ko‘ra raqibni belbog‘idan ushlash an’anaviy
usulda bo‘ladi. Kurashchilar gilamning markaziga turishadi,
har biri o‘ziga qulay bo‘lgan vaziyatda turadi, keyin har
ikkalasi ham raqibining chap tomoni orqasiga o‘ng qo‘lla-
rini olib borib belbog‘dan ushlashadi. So‘ngra xuddi shunday
qilib, chap qo‘lda belbog‘ni ushlab olishadi. Hakam ikkala
kurashchini ham bellashuvga tayyor-tayyormasligini so‘raydi
va bellashuvni hushtak chalgan holda boshlaydi. Belbog‘dan
ushlash shart hisoblanib, uni olishuv vaqtida qo‘yib yubo-
rish, raqib oyog‘ini gilamdan ko‘tarmaguncha oyoqlar bilan
harakatlanish mumkin emas. Belbog‘li kurash qoidalariga
ko‘ra, kurash texnikasining bir qancha usullari mavjud.
Eng ko‘p foydalanadiganlari — ko‘tarib oldinga tashlash,
aylantirish, o‘ng va chap tomonga tashlash, ilma, raqibni
tezkor harakat bilan gilamdan ko‘tarib yon tomonga tash-
lash, yarim egilma va egilma holatda yonga tashlash. Mana
shu tashlashlar va boshqa elementlarni faqat yaxshi jismo-
niy va texnik tayyorgarlikdan so‘ng bajarish mumkin.
E’tiboringizga kurashda qo‘llaniladigan usullarni o‘zlash-
tirish uchun mashqlar tizimini havola etamiz. Mashqlar
yakka tartibda bajariladigan, juftlikda, qo‘g‘irchoqda,
trenajorda chorak kuch bilan, yarim kuch bilan, to‘la kuch
bilan bajariladigan, raqib usullaridan himoyalanish mashqla-
ridan iborat. Òashlashlar va usullardan himoyalanishni


82
mashqlarda o‘rganib olishdan avval „soya bilan kurashish“
ko‘rinishidagi usullarni mashq qilib olish lozim. Masalan:
1. „Soya bilan kurashish“ usullarini aloqasiz ifodalash
kerak: oldinga, orqaga, chapga, o‘ngga qadam tashlashlar
bilan. Qadamlarni turli kenglikda, tezligi va maromini
o‘lchab tashlash lozim (1 daqiqa).
2. Holatni (baland, o‘rta, past) o‘zgartirib, aldamchi
harakatlar va ushlab olishlarni ko‘rsatgan holda turli tomon-
larga harakatlanish (2 daqiqa).
3. Ushlab olish, aldash, muvozanatdan chiqarish,
oyoqlar bilan harakatlanish, tashlash, usullardan himoya-
lanish kabilarni ifodalagan holda harakatlanishlar.
4. Kiyimdan ushlagan holda muvozanatdan chiqarish,
chalish yoki tashlashni (raqibga jarohat yetkazmagan hol-
da) ifodalab harakatlanish. „Soya bilan kurashish“da xohla-
gan usulni qo‘llash mumkin.
Orqa oyoqdan chalish usulini yaxshilab o‘rganib olish
uchun quyidagi mashqlarni taklif etamiz:
Qatnashchilar o‘ng oyoq holatida turishadi. Sherigining
kiyimidan ushlagan holda tana og‘irligini o‘ng oyoqqa o‘tka-
zib, ikki qo‘lning tezkor harakati bilan uni chapga-orqaga
tortish lozim. Chapga o‘girilgan holda o‘ng oyoqni sherigining
ikkala oyog‘i oldiga bir qadam qo‘yiladi. Qo‘llarning faol
harakati, o‘ng oyoqning itarilishi va gavdaning chapga-
oldinga harakati orqali raqib gilamga yiqitiladi. Keyin oyoq-
lar bilan oldinga, orqaga, yonga qadam tashlab, qo‘llar
harakati bilan raqibni qulay holatda ushlab olib, uni chalish
mashqini bajarish mumkin. Raqib yarim kuch yoki to‘la
kuch bilan qarshilik ko‘rsatadi. Keyin sherik bilan 3 daqiqali
olishuvda orqadan chalib yiqitishni mashq qilish mumkin.
Quyida sizlarga tezlik, abjirlik, harakatlaringizning uy-
g‘unligini yaxshilash uchun yakkakurash elementlari bo‘lgan
maxsus mashqlarni havola etamiz:
1. Ikki oyoqda, bir oyoqda va tizzada turgan holda yoki
gimnastik skameykada turgan holda kaftlarni raqib kaftla-
riga qo‘yib, uni muvozanatdan chiqarish.
2. Bir yoki ikki oyoqda turib, raqibni chiziq tashqarisiga
tortish (chiqarib yuborish).


83
3. Chap oyoqni oldinga qo‘ygan holda turib, raqibning
yelkasidan ushlab olishga urinib ko‘rish. Chap tizzada turgan
holda o‘ng qo‘l barmoqlarini birlashtirib (bosh barmoq
tepaga qarashi kerak), raqibni ushlab olishga harakat qilish.
4. Chalg‘itishni ifodalab, tezkor qo‘l harakati bilan
raqib chap kaftini, sonini, tirsagini, boshini, kuragini,
tizzasini urib qo‘yish.
5. Raqib qo‘lini yonga itarish yoki pastga tushirish.
6. Qo‘lning chalg‘itma harakatlari orqali raqibni orqaga
o‘girib, gavdasidan ushlash (siqish) yoki oldidan bir qo‘lda
gavdasini ushlash.
7. Raqibdan 1 qadam masofada orqasi bilan turgan
holda qo‘llarni yonga qo‘yish. Raqib beldan ushlab olishga
harakat qilganda qo‘llarni tezda pastga tushirish.
8. Raqibni gavda va qo‘l bilan aylanadan siqib chiqarish.
Bir yoki ikki oyoqda sakrab turgan holda raqibni (kaftni
kaftga qo‘yib) itarib chiqarish.
9. Ishora berilgandan keyin raqibning qo‘lidan to‘pni
bir yoki ikki qo‘lda olib qo‘yish. Bu mashqni gimnastik
tayoqcha bilan ham bajarish mumkin. Yerdagi to‘pdan 1—2
metr masofada turgan yoki o‘tirgan holda ishora berilishi
bilan birinchi bo‘lib uni olib qo‘yish.
10. Diametri 1,5 metrli aylanada chalg‘ituvchi harakat-
larni bajarish. Asosiy vazifa — qulay vaziyatni tanlab,
raqibning qo‘lidan, belbog‘idan ushlab olib o‘ziga tortish.
11. Yon tomon bilan o‘tirgan holda qo‘llar tizzada tu-
radi. Ishora berilishi bilan raqibning bel tomonidan ushlash
(raqib yonga chap berib qolishi kerak).
12. Bir-biriga orqasi bilan o‘tirgan holda qo‘llarni tiz-
zaga qo‘yib, ishoraga binoan o‘girilib, raqibni o‘ng qo‘l
bilan bo‘ynidan (boshning orqasidan) ushlab olish. Chap
qo‘lda himoyalanish lozim.
13. Bir-biriga yaqin yotgan holda (boshni bir tomonga
qaratib) ishora berilishi bilan bir kishi turadi, ikkinchisi
esa uni ushlab qolishga urinadi.
14. Yotgan holda ishora berilishi bilan tezda turib,
raqibning belidan orqadan yoki oldindan ushlab olish.


84

Yüklə 9,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin