5 — 6- sinf o‘quvchilari uchun


„Sakrab-sakrab marraga“ o‘yini



Yüklə 9,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/86
tarix07.07.2023
ölçüsü9,49 Mb.
#136103
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   86
jismoniy tarbiya 5 6 uzb

„Sakrab-sakrab marraga“ o‘yini.
Bu o‘yin ikkita chiziq
orasida, bo‘yi 15 metr, eni 6—8 metr bo‘lgan joyda o‘y-
naladi. Barcha o‘yinchilar 3—5 kishidan iborat guruhlarga
bo‘linadilar. Hushtak chalinishi bilan, birinchi guruh ishti-
rokchilari start chizig‘idan finishgacha bo‘lgan masofaga bir
oyoqda sakraydilar, shunda kim finishga oxiri kelsa, o‘yin-
dan chiqadi. Qolgan o‘yinchilar qaytib yana finishga kela-
dilar va boshqatdan sakrashni boshlaydilar, finishga yana
kim oxiri kelsa, u o‘yindan chiqadi.
Shunday qilib, o‘yin ikkala guruhdan bittadan bola
qolguncha davom etadi. Shundan so‘ng ular o‘rtasida final
o‘tkaziladi, g‘olib guruh aniqlanadi. Ushbu o‘yinni qisqa
masofa — 30 m ga yugurish bilan o‘tkazilsa ham bo‘ladi.
Tayoq bilan yugurish va sakrash estafetasi.
Bu estafetada
2—3 guruh bolalar ishtirok etsa bo‘ladi. Ular bir qatordan


87
ketma-ket turadilar. Guruhlar start chizig‘iga kelib, oralarida
3—4 qadamdan qoldirib, bir safdan tizilishib turadilar.
Birinchi bo‘lib turganlarga bittadan gimnastik tayoqcha
beriladi. Har bir guruh oldiga, 10—15 metr nariga ustuncha,
to‘ldirma to‘p yoki boshqa biron narsa qo‘yiladi.
Hushtak chalindi deguncha, birinchilar tayoqchani olib
yuguradilar, to‘siqni aylanib o‘tib, yana o‘z guruhiga
qaytadilar, tayoqning bir uchini navbatdagi o‘yinchiga berib,
u bilan birga tayoqchani barcha guruhning oyog‘i ostidan
o‘tkazadilar. Tayoqchani bolalar oyog‘i ostidan olib o‘ta-
yotganlarida guruhning har bir a’zosi uning ustidan sak-
raydi. Tayoqchadan sakrash tugagach, safda ikkinchi bo‘lib
turgan bola tayoqchani olib yuguradi, u ham ustunni aylanib
kelib, tayoqchani navbatdagi bolaga uzatadi. Ular ham
tayoqchani safdagilarning oyoqlari ostidan o‘tkazadilar. O‘yin
oxirgi o‘yinchiga kelganda tugaydi. Oxirgi o‘yinchi tayoqni
ikki qo‘li bilan baland ko‘taradi. G‘olib guruh aniqlana-
yotganda guruh a’zolari qo‘lidan tayoqcha tushmagani,
sakrashda xatoga yo‘l qo‘yilmagani hisobga olinadi.

Yüklə 9,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin