89
uchga uch bo‘linishib, o‘yinni boshlaydilar. Tortishmachoq
o‘yinida qo‘lni qo‘lga berib, arqonchadan,
gimnastik
tayoqchadan foydalaniladi.
Tortishmachoq o‘yinini o‘yinchilar guruh-guruhli, yak-
kama-yakka bo‘lib o‘tkazadilarmi, baribir, o‘rtadan umu-
miy bitta chiziq o‘tkaziladi. Guruhlarning vazifasi signal
berilgach, bir-birini tortib chiziqdan o‘tkazishdir. O‘yin
1—2 daqiqa davom etadi. O‘yin tugagach, g‘ayrat ko‘rsat-
gan o‘yinchilar rag‘batlantiriladi.
To‘pni raketkada olib yurish.
O‘yinchilar ikki guruhga
bo‘linib, o‘zaro parallel ikkita qatorga saflanadilar. Qatorlar
oldidan start chizig‘i o‘tkaziladi. Bu chiziqdan 12 — 15
metr nariga to‘p qo‘yiladi. Birinchi turgan o‘yinchilarning
qo‘llarida raketka va bittadan stol tennisining to‘pi bo‘ladi.
Rahbarning
ishorasidan keyin, birinchi turgan o‘yinchilar
raketka bilan to‘pni urib-urib marragacha boradilar. Shun-
dan so‘ng orqaga qaytib, raketka va to‘pni keyingi o‘yin-
chiga beradilar. Ikkinchi o‘yinchilar esa uchinchilariga va
hokazo. Bu ishni xatosiz, tez va aniq bajargan guruh yut-
gan hisoblanadi. Agar o‘yinchi raketka ustidan to‘pni tushi-
rib yuborsa, uni qayta olib, o‘yinni to‘pni tushirib yubor-
gan joydan davom ettiradi.
Dostları ilə paylaş: