91
sakrash paytida „minuvchi“lardan birontasi ag‘darilib yoki
oyog‘i tegib ketsa,
u guruh yutqazgan, deb hisoblanadi.
Ular „mindiruvchi“lar guruhi bilan almashadilar. Bordi-
yu, „mindi“ guruhi xatoga yo‘l qo‘ymasa, unda „mindi-
ruvchi“ guruh minganlar
bilan hakamning nazorati va
sanog‘i ostida 7 qadam oldinga siljiydilar. Shunda ham „min-
di“ guruhidan birontasi ag‘darilmasa yoki yiqilib ketmasa,
shu guruh g‘olib deb hisoblanadi. Bordi-yu, „mindiruv-
chi“ guruh chidash berolmasdan orada uzilish bo‘lsa yoki
yiqilsa, yutqazgan hisoblanadi.
O‘yin qoidasi quyidagilardan iborat:
„Mindiruvchi“ guruh bir-birlarining
belini ushlab tur-
ganda boshlarini biroz egib turishlari kerak.
„Minuvchi“ guruh qatnashchilari sakraganning ustiga
sakrashi man etiladi.
Sakraganlarning
oyoq uchlari yerga tegsa, yutqazgan
hisoblanadilar.
Dostları ilə paylaş: