67
gib qolmasligi uchun tayanch oyoqning uchini ko‘tarish
lozim. Bunday zarba o‘rta va uzoq masofaga to‘p uzatishda,
darvozaga to‘p tepishda, jarima
zarbalarini bajarishda
qo‘llaniladi.
Oyoq kaftining tashqi tomoni bilan tepish.
Bunday zarba
to‘pni o‘rta va uzoq masofaga oshirishda, darvozaga to‘p
tepishda, burchak to‘pini tepishda qo‘llaniladi. U ro‘para-
dan yoki yon tomondan yugurib kelib bajariladi. Oyoqni
siltashda uning yuqori qismi buralgandek bo‘ladi (59- rasm).
Oyoq yuzining ichki tomoni bilan burchakdan to‘p tepish.
To‘pni
chetga oshirish, erkin to‘p tepish, to‘pni uzoq va
o‘rta masofaga oshirishda qo‘llaniladi. Tepish uchun yugur-
ganda yoysimon harakat qilinadi.
Oyoq uchi bilan to‘p tepish ho‘l maydonlarda va o‘yinchi
raqib bilan to‘p talashayotib to‘pga zo‘rg‘a cho‘zilib yeta-
yotganda qo‘llaniladi. Ayrim hollarda bu zarbadan darvozaga
tayyorgarliksiz to‘p yo‘naltirishda ham foydalaniladi. Oyoq
uchi bilan zarba berish yugurib
kelib yoki turgan joydan
bajariladi.
Tovon bilan to‘p tepish.
Bu usul to‘pni orqaga yashirin,
kutilmaganda uzatib yuborish uchun qo‘llaniladi. Bunda to‘p
o‘yinchi ketayotgan yo‘nalishga teskari tomonga ketadi. To-
von bilan tepish uchun tayanch oyoq oldinga qo‘yiladi,
shunda to‘p oyoq yonida bo‘ladi. So‘ng boshqa oyoq bilan
to‘pdan hatlab o‘tib, uning o‘rtasiga tovonni qo‘yib, to‘pni
bo‘ylama va o‘zidan oshirib tashlash mumkin (60- rasm).
Keskin zarbalar.
Bu oyoq yuzasining ichki va tashqi
tomonlari bilan bajariladi. Keskin zarba bilan tepish uchun
oyoq yuzi bilan tayanch oyoqning qarama-qarshi tomoniga
zarba beriladi. Tepish chog‘ida oyoq to‘pning yoniga tegib,
Dostları ilə paylaş: