55- rasm.
56- rasm.
a
b
a
b
60
Darvozaning pastki burchagiga yo‘naltirilgan to‘pni
darvozabon oyog‘i bilan to‘sadi, shu bilan birga, qo‘lini
ham o‘sha tomonga cho‘zadi (56-
a, b
rasmlar).
Yuqoridagi usullardan tashqari, to‘pni yiqilib turib
to‘sish ham mumkin. Futboldagi bu usul darvozaning bir
tomonidan ikkinchi tomoniga uchib kelayotgan to‘pni
tutishda qo‘llaniladi. Bu to‘pdan uzoqda turgan oyoq bilan
siltanish orqali bajariladi. Yiqilib turib to‘p tutish tavsiya
etilmaydi, uni albatta qaytarish kerak.
Darvozabonning hujum qilayotgan raqibga qarshi chiqishi.
Bu usul texnik jihatdan tayyor bo‘lishdan tashqari, dov-
yuraklikni ham talab qiladi. Darvozabon turgan joyidan
to‘p bilan kelayotgan o‘yinchi tomon bir necha qadam
tashlaydi, gavdasini oldinga egib, qo‘llarini to‘liq ochadi.
Bir oyoq ikkinchisidan 30—40 sm ga olinadi, bunday
chiqish darvozaga to‘p kiritish ehtimolini kamaytiradi.
Darvozabon to‘pni tutish yoki yorib kiruvchini to‘xtatish
uchun o‘z maydonidan tashqariga chiqadi, shunda darvo-
zabon o‘yinchiga aylanadi. Shu bois ham u o‘yinchining
malakasini egallagan bo‘lishi kerak.
O‘yin davomida darvozabon to‘pni bir necha marta o‘yinga
kiritadi. Bunda to‘p oshirish turlicha bo‘lishi mumkin, ya’-
ni qisqa masofada turganda sherikka oshirish yoki 20—25 m
ga uloqtirish. Buning uchun darvozabon to‘pni turgan joyi-
dan yoki yugurib kelib o‘yinga kiritishni bilishi kerak.
GANDBOL MUSOBAQASI QOIDALARI
Hakam o‘yin oldidan jamoa sardorlarini chaqirib, o‘rtaga
qur’a tashlaydi. Qur’ada yutgan o‘yinni boshlaydi va
maydonning xohlagan tomonini egallaydi.
Hakam hushtak chalgach, maydon markazidan to‘pni
xohlagan tomonga tashlash orqali o‘yin boshlanadi. Dar-
vozaga to‘p kiritilgach, o‘yin yana maydon markazidan
to‘p qo‘yib yuborgan jamoa tomonidan boshlanadi.
To‘p sheriklarga bir yoki ikki qo‘llab oshiriladi. To‘pni
qo‘lning barcha qismi bilan oshirish yoki tutish mumkin.
O‘yinchi to‘p bilan uch qadamdan ortiq yurmaydi, u
61
to‘pni ikki qo‘lda yo sherigiga oshirishi, yoki zarb berishi
lozim. To‘pni ikkinchi marta olib yurish man etiladi. To‘pni
qo‘lda 3 soniyadan ortiq ushlab turilmaydi. To‘p agar
raqibda bo‘lsa, ehtiyotroq bo‘lish lozim. Raqib to‘pni bir
qo‘lda tutib turgan bo‘lsa, urib chiqarib yuborish mumkin,
ikki qo‘lida bo‘lsa, urib yuborish mumkin emas.
O‘yin qoidasi buzilsa, to‘p boshqa jamoaga beriladi va
o‘yin erkin to‘p tashlash bilan boshlanadi. Erkin to‘p
erkin zonadan tashqarida, hakamning hushtak chalishisiz
tashlanadi. Bunda hujum qilayotgan jamoa o‘yinchilari
zonadan tashqarida bo‘lishlari kerak. Agar o‘yin paytida
to‘pni ikki o‘yinchi ushlab qolsa, tortishuv to‘pi belgilanadi.
Har ikkala jamoa o‘yinchisi to‘pdan 3 metr uzoqlashishi
zarur, shunda u to‘p yerga urib o‘yinga kiritiladi.
Agar to‘p maydon chizig‘idan chiqib ketgan bo‘lsa,
o‘yinchi oyoqni yerdan uzmay (chiziq ortida) bir yoki
ikki qo‘li bilan to‘pni o‘yinga kiritishi mumkin.
To‘pni o‘yinga kiritayotgan o‘yinchiga 3 metrgacha ya-
qinlashish mumkin emas. Darvozaga zarba berilayotganda
chiziqni bosish, darvoza maydoniga kirish man qilinadi.
To‘p uloqtirilgach, chiziqdan o‘tilsa xato bo‘lmaydi.
Darvoza maydonida faqat darvozabon harakatlanadi. U
to‘pni har qanday usul bilan (qo‘l, oyoq, tizzalar va bosh
bilan ham) to‘xtatish huquqiga ega. To‘pni darvoza maydo-
nida uzatish mumkin emas. Agar himoyachi to‘pni o‘z
darvozaboniga uzatsa-yu, to‘p darvoza tomon o‘tib ketsa va
uni yana to‘xtatib qolsa, 7 metrli jarima to‘pi belgilanadi.
Aytib o‘tganimizdek, qo‘l to‘pi faqat qo‘llar bilan
o‘ynaladi. Agar o‘yinchi uni oyog‘i bilan tepsa, hakam
unga erkin to‘p tashlash bilan jarima belgilaydi. Vaqtni
cho‘zish uchun atay oyoq bilan o‘ynagan o‘yinchi may-
dondan chetlashtiriladi. Darvoza maydonida turgan yoki
dumalayotgan to‘pni olish mumkin emas.
O‘yinchini to‘p bilan qo‘rqitish mumkin emas, buning
uchun u maydondan chiqariladi. Raqib to‘pni darvozaga
tashlayotganda, uning qo‘lini ushlashga harakat qilgan
o‘yinchining jamoasi yetti metrlik jarima to‘pi bilan jazo-
62
lanadi. Hujumchini turtish, kiyimidan tortib qolish, o‘z
darvoza maydoniga himoya uchun kirish taqiqlanadi.
Maydondagi to‘pni o‘z darvoza maydoniga olib kirish
mumkin emas (buning uchun 7 metrli jarima beriladi).
Agar to‘p himoyachi sababli maydon tashqarisiga chiqib
ketsa, burchak to‘pi belgilanadi. U yon va darvoza chiziq-
lari kesishgan joydan beriladi. To‘p hakam hushtak chalga-
nidan keyin otiladi.
Darvozabon ham gol urishi, o‘z darvoza maydonidan
to‘pni raqib darvozasiga yo‘naltirishi mumkin. Darvozabon
maydonga chiqib, qo‘shimcha o‘yinchi bo‘la oladi, ammo
u markaziy chiziqdan o‘tsa, to‘p jamoadan olib qo‘yiladi.
Darvozabon o‘z maydonidan to‘p bilan chiqsa, maydon
chizig‘i tashqarisidagi to‘pni tutib olsa, xatoga yo‘l qo‘ygan
hisoblanadi va 9 metrli jarima beriladi. To‘pni urishga
tayyorlanayotgan o‘yinchi turtilsa yoki unga xalal berilsa, 7
metrli jarima to‘pi belgilanadi yoki o‘yinchi maydondan
chiqariladi. Maydondan chiqarilgan darvozabonning o‘r-
nini zaxiradagi o‘yinchi egallaydi, lekin maydondagi bir
o‘yinchi chiqarib yuboriladi.
Gandbolda erkin to‘p, yetti metrli jarima va qoidani
buzgan o‘yinchini vaqtincha maydondan chiqarib yuborish
kabi uch xil jazo turi bor. Kichikroq qoida buzish yuz
berganda shu joyning o‘zida erkin to‘p belgilanadi. Qo‘pol
xato uchun o‘yinchi 3 dan 5 daqiqagacha yoki o‘yin oxi-
rigacha almashtirishsiz o‘yindan chetlatiladi va jamoa
kamchilik bo‘lib o‘ynayveradi. Agar hujumchi gol urishi
mumkin bo‘lgan holatda himoyachi qoidani buzsa, darvoza
tomon 7 metrli jarima belgilanadi.
To‘qqiz metrdan jarima to‘pi.
Bunday vaqtda raqibning
jamoa a’zolari 9 metrli chiziqdan ortda turadilar. Himo-
yalanayotgan jamoa a’zolari o‘z darvozaboniga orqa o‘girib
turadilar. Zarba hakamning hushtak chalishisiz beriladi (to‘p
darvozaga to‘g‘ridan to‘g‘ri urilmay, uni o‘zaro oshirish
bilan ham urish mumkin).
Gandbolda yetti metrli jarima to‘pi eng yuqori jazo
hisoblanadi. Uni darvozabondan tashqari har qanday o‘yin-
chi amalga oshirishi mumkin. Zarba chog‘ida barcha o‘yin-
63
chilar 9 metrli chiziqdan tashqarida turadilar. Zarba bera-
yotganda 7 metrli chiziqni bosish, tayanch oyoqni yerdan
uzish mumkin emas. 7 metrli jarima to‘pi berilish paytida
darvozabon darvozadan 3 metrdan ortiq chiqishi taqiq-
lanadi.
Har bir jamoa hujum paytida to‘pni 45 soniyadan ortiq
ushlamasligi kerak. Agar bu qoida buzilsa, hakam to‘pni
raqib jamoaga olib beradi.
Jamoaning kiyimi — mayka, trusik bir xil rangda bo‘li-
shi lozim. Maykaga raqam tikib qo‘yiladi. Oyoqqa paypoq
va rezinali yumshoq poyabzal kiyiladi. Darvozabon kiyimi
boshqa o‘yinchilar kiyimidan ajralib turadi. O‘yinda jarohat
yetkazish mumkin bo‘lgan narsalar: soat, zanjir, taqin-
choqlar bilan chiqish taqiqlanadi.
Gandbol maydoni 20
´
40 m (mini gandbolda 9
´
18 m
dan 12
´
24 m gacha) bo‘ladi. Darvozaning o‘lchami (mini
gandbolda 180
´
270 sm) 2
´
3 metrli bo‘ladi. Darvoza ikki
xil rang, oq va qora (yoki qizil va havorang)ga bo‘yaladi.
Darvoza maydoni 6 metrli (yaxlit chiziq bilan belgi-
lanadi), erkin to‘p urish chizig‘i 9 metr qilib belgilanadi
(jarima to‘pi 7 metrdan uriladi). U darvoza to‘g‘risida 6 m
li chiziqdan 1 metr narida joylashadi. Qizlarning to‘pi
yengilroq — 250—280 g, bolalarniki 424—475 g bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |