5 — 6- sinf o‘quvchilari uchun


Kurash mavzusiga doir savollar



Yüklə 9,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/86
tarix07.07.2023
ölçüsü9,49 Mb.
#136103
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   86
jismoniy tarbiya 5 6 uzb

Kurash mavzusiga doir savollar
1. Kurash tarixi haqida nimalarni bilasiz?
2. Kurashda qanday jismoniy sifatlar rivojlanadi?
3. Kurash atamalarini aytib bering.
4. Belbog‘li kurashning o‘ziga xos jihatlari nimada?
5. Kurash qoidalari haqida so‘zlab bering.
6. Yiqitishda ishlatiladigan usullar qanday?
7. Kurashchilarimizdan kimlarni bilasiz?
HARAKATLI O‘YINLAR
Bolalar dunyosi — o‘yinlar dunyosi deyilishi bejiz emas.
Ularning faol dam olishlari, asosan, o‘yin bilan bog‘liq
kechadi. Ko‘p yillik kuzatishlarimizdan shu narsa ma’lum
bo‘ldiki, bo‘sh vaqtlarni qiziqarli o‘tkazishda harakatli
o‘yinlar, estafetalar, sport-hordiq chiqarish o‘yinlari, vik-
torina attraksionlarining ahamiyati sezilarlidir.
Agar siz harakatli o‘yinlarda amalda doimiy qatnashib
yurgan bo‘lsangiz, turli kasalliklardan xoli bo‘lasiz, bundan
tashqari, sizda o‘qish va boshqa yumushlarga jiddiy va
mas’uliyatli munosabatda bo‘lish sifati tarkib topadi. Chunki
harakatli o‘yinlarning sog‘lomlashtiruvchi hamda gigiyenik
ahamiyati boshqa barcha vositalardan kuchlidir. Ular orga-
nizm barcha a’zolariga: yurak-qon aylanish, nafas olish va
boshqa tizimlariga, modda almashinuviga, ichki sekretsiya
bezlarining faoliyatiga samarali ta’sir ko‘rsatadi.
Harakatli o‘yinlarning yana bir muhim xususiyati shun-
daki, ular jo‘shqin va kishiga ko‘tarinki ruh bag‘ishlashi
bilan birga, charchoq va horg‘inlik hissini bartaraf etadi.
Harakatli o‘yinlar siz o‘quvchilarning harakatga bo‘lgan
barcha ehtiyojlaringizni qondiradi, sababi — turli-tuman
harakatlar faqat shu o‘yinlardagina mavjud. Harakatli
o‘yinlarning jismoniy sifatlarni rivojlantirish xususiyati bi-
lan birga, uning tarbiyalovchilik xususiyati ham mavjuddir.
Ba’zida shunday bo‘ladiki, hech kimga qo‘shilmaydigan,
odamovi, bo‘sh, tortinchoq, uyatchan bolalar ko‘pchilikka
qo‘shilib, o‘yinlarga kirishib ketadilar. Harakatli o‘yindagi
zavq-shavq, ko‘tarinki ruh tortinchoq bolalarni ham ko‘z


85
ilg‘amas yaxshi tomonlarini ko‘rsatib, faollar safiga qo‘-
shadi. Ular endi har jihatdan o‘rtoqlaridan orqada qol-
maslikka tirishadilar. Ko‘p o‘tmay natija ko‘zga yaqqol tash-
lanadi, ular o‘zlarini faollar qatorida hisoblay boshlaydilar.
Ma’lumki, har qaysi harakatli o‘yin o‘ziga xos bir
yangilikni namoyon etadi. Binobarin, har bir o‘yinda ishti-
rok etish, o‘yin natijasidan qat’i nazar, kishiga ijobiy his-
tuyg‘u bag‘ishlaydi. Bolalarning o‘yinlarini kuzatgan bir
alloma shunday degan ekan: „Bolalar o‘yini — bu o‘zi
yashayotgan dunyoni bilish va o‘rganish yo‘li bilan uni
kelajakda o‘zgartirishga mo‘ljallangan“. Bir qarashda kattalar
ham turli o‘yinlar bilan band bo‘ladilar, ammo ular ko‘p-
roq maqsadga va natijaga intilib harakat qiladilar (masalan,
sport o‘yinlarida). Bu narsa bolalarda butunlay o‘zgacha ma’no
kasb etadi. Ular harakatli o‘yinlarda tinim bilmay yugu-
radilar, sakraydilar, uloqtiradilar, ketma-ket to‘siqlardan
o‘tadilar. Bu ular uchun bir dunyo qiziqish, cheksiz qu-
vonchdan boshqa narsa emas.
Siz o‘yinlarda ishtirok etib, o‘zingizning nimalarga qo-
dir ekanligingizni, chidam-bardoshingiz, chaqqonlig-u
merganligingiz qay darajaga yetganligini bilib olasiz.
Nihoyat, harakatli o‘yinlar do‘stlar bir-birlarini yaxshi
bilib olishlari, sabr-qanoatli bo‘lishni o‘rganishlari, bir-
birlarini qo‘llab-quvvatlashlari, og‘ir damlarda o‘zaro yordam
berishga odatlanishlari, g‘alaba va mag‘lubiyatlarga to‘g‘ri
munosabatda bo‘lishlari, odob-axloqli bo‘lib tarbiyalanish-
lari uchun muhim bir vosita hisoblanadi.

Yüklə 9,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin