93
O‘yin basketbol o‘yiniga o‘xshab maydon markazidan
boshlanadi. Rahbar qarama-qarshi guruhning ikkita o‘yin-
chisi orasida turib, to‘pni yuqoriga irg‘itadi, o‘yinchilar esa
to‘pni
sakrab ilib olib, o‘z guruhi o‘yinchilariga yetkazib
beradilar.
O‘yinchilar to‘pni bir-birlariga oshirishib, har bir guruh
o‘yinchilari to‘pni o‘zlarining to‘p ushlovchilariga uzatishga
harakat qiladilar.
Himoyachilar, o‘z navbatida,
bularga
qarshilik ko‘rsatib, to‘pni tutib olib, o‘zlarining o‘yinchi-
lariga uzatadilar. Har bir to‘p ushlovchilar ushlagan to‘pi
uchun guruhga bir ochko yutuq keltiradi. Har bir ochko-
dan keyin o‘yin to‘xtatilib, qayta boshlanadi, shunda to‘pni
yutqazgan guruhning himoyachilari o‘yinga kiritadilar.
Muayyan vaqt (ya’ni 8—10 daqiqa) o‘tgach, eng ko‘p
ochko to‘plagan guruh yutgan hisoblanadi.
Òo‘ldirma to‘p bilan o‘ynash.
Bu o‘yinda to‘pni
boshdan
oshirib uzatish hamda egilish va bukilish malakalari ort-
tiriladi. O‘yinchilar 3—4 guruhga bo‘linib, bir qatorga sara-
lanadilar. Hamma o‘yinchilar
oyoqlarini yelka kengligida
qo‘yib turadilar. Har bir guruhning birinchi bo‘lib turgan
o‘yinchisi qo‘lida to‘ldirma to‘p bo‘ladi va o‘qituvchi isho-
rasidan keyin u to‘pni boshidan oshirib, orqadagi o‘yinchiga
uzatadi. Ikkinchi o‘yinchi to‘pni olib,
oldinga engashib,
to‘pni oyoqlari orasidan uchinchi o‘yinchiga uzatadi.
Uchinchi o‘yinchi esa, to‘pni yuqoridan to‘rtinchi o‘yinchiga
uzatadi va hokazo.
Qatorning oxirida turgan o‘yinchilar to‘pni olgach, o‘z
guruhlarining chap tomonidan yugurib kelib, qator oldida
turadilar va to‘pni boshlaridan oshirib uzatadilar. Ular
oldinga qarab yugurayotganda boshqa o‘yinchilar bir qadam
orqaga suriladilar. Òo‘pni yana shu tarzda boshdan oshirib,
oyoqlar orasidan bir-birlariga uzatadilar.
O‘yinni boshlab bergan o‘yinchilar
qator oxiriga yet-
gandan so‘ng, to‘pni olib, o‘ng tomondan yugurib kelib,
yana birinchi bo‘lib turadilar. O‘yin qaytadan boshlanadi.
Òo‘p uzatishni boshqalardan tezroq bajargan guruh g‘olib
hisoblanadi.