5 — 6- sinf o‘quvchilari uchun



Yüklə 9,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/86
tarix07.07.2023
ölçüsü9,49 Mb.
#136103
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   86
jismoniy tarbiya 5 6 uzb

„Mindi“ o‘yini.
Bu o‘yin milliy o‘yin sifatida azal-
azaldan el orasida keng tarqalgan.
O‘yin qatnashchilari 5 kishidan kam bo‘lmasligi hamda
sog‘lom, baquvvat bo‘lishi lozim. „Mindi“ o‘yinida 2 yoki
undan ortiq guruh ishtirok etishi mumkin. Qur’a tashlash
yo‘li bilan qaysi jamoa „minuvchi“, qaysi biri „mindiruvchi“
bo‘lishi aniqlanadi. Shundan so‘ng o‘yin maydonchada yoki
sport zalining bir chekkasida boshlanadi. O‘yinga birinchi
bo‘lib „mindiruvchi“ guruh tushadi. Bunda o‘yinga birinchi
bo‘lib tushgan o‘yinchining bo‘yi boshqalarga qaraganda
balandroq, o‘zi baquvvat bo‘lishi kerak. U birinchi bo‘lib,
biroz engashib, qo‘llarini tizzalariga qo‘yib turadi. Qolganlar
esa birinchi bolaning ketidan, bir-birlarining belidan mah-
kam ushlab turadilar. Hakam ularning tayyor bo‘lganligiga
ishonch hosil qilgach, „mindi“ guruhiga sakrash uchun
ruxsat beradi. Ular 5—6 qadam naridan birin-ketin sak-
rashib, „mindiruvchi“larga mingashib olishlari kerak. Agar


91
sakrash paytida „minuvchi“lardan birontasi ag‘darilib yoki
oyog‘i tegib ketsa, u guruh yutqazgan, deb hisoblanadi.
Ular „mindiruvchi“lar guruhi bilan almashadilar. Bordi-
yu, „mindi“ guruhi xatoga yo‘l qo‘ymasa, unda „mindi-
ruvchi“ guruh minganlar bilan hakamning nazorati va
sanog‘i ostida 7 qadam oldinga siljiydilar. Shunda ham „min-
di“ guruhidan birontasi ag‘darilmasa yoki yiqilib ketmasa,
shu guruh g‘olib deb hisoblanadi. Bordi-yu, „mindiruv-
chi“ guruh chidash berolmasdan orada uzilish bo‘lsa yoki
yiqilsa, yutqazgan hisoblanadi.
O‘yin qoidasi quyidagilardan iborat:
„Mindiruvchi“ guruh bir-birlarining belini ushlab tur-
ganda boshlarini biroz egib turishlari kerak.
„Minuvchi“ guruh qatnashchilari sakraganning ustiga
sakrashi man etiladi.
Sakraganlarning oyoq uchlari yerga tegsa, yutqazgan
hisoblanadilar.

Yüklə 9,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin