90
qum bilan qiðiq tugilgan ro‘molcha tayyorlanadi. Tugilgan
ro‘molchaning bir uchi ushlashga qulay bo‘lishi kerak.
Maydonning bir chekkasiga 1,5 metr chamasi doira chiziladi.
O‘yin hakam qo‘lidagi
tugunchani maydonga qarab,
kamida 20—25 metrga otishi va bir yo‘la hushtak chalini-
shidan boshlanadi. O‘yin boshlangach, har bir o‘yinchi
tugunchani birinchi bo‘lib qo‘lga kiritishga harakat qiladi.
Shundan so‘ng, ular tugunchani
bir-birlariga uzatishib,
maydon burchagida chizilgan doiraga olib kelib tashlashga
intilishadi. Qaysi guruh o‘yinchilari birinchi bo‘lib tugun-
chani marraga keltirib tashlasa, o‘sha guruh g‘olib deb
e’lon qilinadi. O‘yin qoidasi quyidagicha:
Bu o‘yin AQSH milliy sport turi „Regbi“ga o‘xshab
ketganligi uchun o‘yinchilar tugunchani bir-birlaridan kuch
ishlatib tortib olishlari mumkin.
O‘yin paytida
bir-birini turtish, siltash, chalish, kiyimdan
ushlab qolish man etiladi.
O‘yinda har bir guruh 6 kishidan iborat bo‘lishi shart.
O‘yin 10
daqiqa davom etadi, har 4—5 daqiqada 3
daqiqa tanaffus qilib olinadi.
Dostları ilə paylaş: