92
novchilar belgilangan masofada turishga rioya qilishlari ke-
rak. Boshqalar o‘ynayotgan guruhlardan 8—10 metr uzoq-
likda turishlari darkor.
„Qal’a himoyasi“ o‘yini.
O‘yinchilar ikki guruhga bo‘linib
ikkita bo‘lib joylashadilar. Ikki doira o‘rtasida 90 sm yoki
1 metrli qal’a o‘rnatilgan bo‘ladi. Har bir o‘ynovchining
harakat o‘rni chegaralab qo‘yiladi. Òashqi doira bilan qal’a
oralig‘i 1 metr bo‘ladi. Òashqi doiraning kattaligi 6 metr
bo‘ladi. Doiralar maydonga oldindan chizib qo‘yiladi. Doira
hosil qilib turgan o‘ynovchilar oralig‘i 1 m bo‘ladi. Ularning
ham joyi chegaralab qo‘yiladi. Òashqi doiradagi guruh
o‘ynovchilari hujumchilar, doira ichidagi o‘ynovchilar esa
himoyachilar bo‘ladi.
Hujumchilar himoyachilar yonidan chap berib yoki
sakrab o‘tib ketishlari mumkin. Himoyachilar esa ularni
qal’aga o‘tkazmaslikka harakat qiladilar. Òutqich bermay,
qal’adan to‘g‘ri sakrab o‘tgan hujumchi chaqqon o‘ynovchi
hisoblanadi. Òutilganlar esa yengilgan hisoblanadi. Ular
o‘yindan chiqariladi. Hujumchini o‘ng tomondan o‘tkazib
yuborgan himoyachi ham o‘yindan chiqariladi. Hujum-
chilarning bir qismi yoki hammasi tutilib bo‘lgach, o‘yin
yakunlanadi, o‘ynovchilar o‘zaro o‘rin almashadilar.
O‘yinda birinchi himoyachi o‘ng yonidan, bittadan
yugurib o‘tish mumkin. Himoyachilar hujumchilarga
qo‘llarini salgina tekkizib qo‘ysalar yetarli. Agar hujumchi
qal’ani qulatib yuborsa, o‘yindan chiqariladi, qal’a qaytib
tiklanib, o‘yin yana davom ettirilaveradi.
Dostları ilə paylaş: