5 — 6- sinf o‘quvchilari uchun



Yüklə 9,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/86
tarix07.07.2023
ölçüsü9,49 Mb.
#136103
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   86
jismoniy tarbiya 5 6 uzb

O‘rindiqdan oshib yurish.
O‘yinchilar ikki guruhga
bo‘linadilar. Guruhlar bir kishilik qatorga saflanib, start
chizig‘ida turadilar. Guruhlar orasidagi masofa 3 — 4 qadam
bo‘ladi. O‘qituvchining ishorasidan keyin birinchi bo‘lib
turgan o‘yinchilar o‘rindiqdan emaklab o‘tib, belgilangan
chiziqqacha yurib boradilar va orqaga qaytib kelib, qo‘lini
keyingi o‘yinchining qo‘liga urib, o‘zlari safning orqasiga
borib turadilar. Hamma o‘yinchilari o‘rindiq ustidan emak-
lab o‘tib yurishni birinchi bo‘lib tugatgan guruh g‘olib
hisoblanadi.
„Tortishmachoq“ o‘yini.
O‘yin quyidagicha o‘tkaziladi.
O‘g‘il bolalar va qizlar aralashiga birga bir, ikkiga ikki,


89
uchga uch bo‘linishib, o‘yinni boshlaydilar. Tortishmachoq
o‘yinida qo‘lni qo‘lga berib, arqonchadan, gimnastik
tayoqchadan foydalaniladi.
Tortishmachoq o‘yinini o‘yinchilar guruh-guruhli, yak-
kama-yakka bo‘lib o‘tkazadilarmi, baribir, o‘rtadan umu-
miy bitta chiziq o‘tkaziladi. Guruhlarning vazifasi signal
berilgach, bir-birini tortib chiziqdan o‘tkazishdir. O‘yin
1—2 daqiqa davom etadi. O‘yin tugagach, g‘ayrat ko‘rsat-
gan o‘yinchilar rag‘batlantiriladi.
To‘pni raketkada olib yurish.
O‘yinchilar ikki guruhga
bo‘linib, o‘zaro parallel ikkita qatorga saflanadilar. Qatorlar
oldidan start chizig‘i o‘tkaziladi. Bu chiziqdan 12 — 15
metr nariga to‘p qo‘yiladi. Birinchi turgan o‘yinchilarning
qo‘llarida raketka va bittadan stol tennisining to‘pi bo‘ladi.
Rahbarning ishorasidan keyin, birinchi turgan o‘yinchilar
raketka bilan to‘pni urib-urib marragacha boradilar. Shun-
dan so‘ng orqaga qaytib, raketka va to‘pni keyingi o‘yin-
chiga beradilar. Ikkinchi o‘yinchilar esa uchinchilariga va
hokazo. Bu ishni xatosiz, tez va aniq bajargan guruh yut-
gan hisoblanadi. Agar o‘yinchi raketka ustidan to‘pni tushi-
rib yuborsa, uni qayta olib, o‘yinni to‘pni tushirib yubor-
gan joydan davom ettiradi.

Yüklə 9,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin