5 – ma’ruza mavzusi. Mikroorganizmlarning hujayra tuzilishi va kimyoviy tarkibi (4 s.)



Yüklə 108,14 Kb.
səhifə3/6
tarix29.11.2022
ölçüsü108,14 Kb.
#71235
1   2   3   4   5   6
5 MARUZA

1 - kokk; 2 - diplokokk; 3 - sartsina; 4 - streptokokk; 5 - sferasimon bakteriyalarning koloniyasi; 6 – tayoqchasimon bakteriyalar (yakka hujayra, hujayralar zanjiri); 7 - spirillalar; 8 - vibrion; 9 - yopiq va ochiq xalqa shaklidagi bakteriyalar; 10 - o’simta hosil qiluvchi bakteriyalar (prostekalar); 11-chuvalchangsimon bakteriyalar; 12 - oltiburchakli yulduz ko’rinishidagi bakteriyalar; 13 - aktinomitsetlar vakillari; 14-miksobakteriyalarning meva tanalari; 15 - lateral joylashgan xivchinli Caryophanon avlodining ipsimon shaklli bakteriyasi; 16 - Spora (akinetlar) geterotsistalar hosil kiluvchi ipsimon sianobakteriyalar; 8, 15, 17, 18 - har xil tipda hivchin hosil qiluvchi bakteriyalar; 19 - kapsula hosil qiluvchi temir gidrat oksididan tuzilgan qobiqqa o’ralgan ipsimon Sphaerotilus guruxi; 21 - tikanlar hosil qiluvchi bakteriya;
22 - Gallionella sp.








20 – rasm. Spiroxeta hujayrasining uzunasiga (A) va ko’ndalang kesmasining (B) chizmasi:
A - rasmda hujayraning uchlarida joylashgan aksial fibrilla. B – aksial fibrillardan tuzilgan ikkita to’p aksial fibrilla: 1 – proplazmatik silindr, 2 – tashqi po’st, 3 – aksial fibrill; 4 – aksial fibrillarning joylanish o’rni; 5- hujayra devorining peptidoglikan qavati; 6 - SPM



Hujayra devori. Hujayra devorining o’zi ham ma’lum qattiqlikga (rigidlik) ega. Shu bilan birga u elastiklikka ham ega bo’lib, oson bukiladi. Hujayra devorini ultratovush va lizotsim fermentlari bilan parchalsa bo’ladi. Hujayra devori lizotsim bilan parchalanganda u sharsimon shaklga o’tadi. Hujayra devori hujayrani har xil mexanik ta’sirlar va osmotik bosimdan saqlaydi. U bakteriyaning ko’payishi va bo’linishi, irsiy moddalarning taqsimlanishini ham idora qiladi.
Hujayra devorining qalinligi 10 - 80 nm bo’lib, hujayra massasining 20% ni tashqil etadi. Hujayra devori orqali katta molekulali moddalar kirishi mumkin. Hujayra devori sitoplazmatik membrana bilan birlashtiruvchi iplar - "ko’prikchalar" vositasida bog’langan. Hujayra devori bakteriyalarni gram usulida bo’yalganda, uning musbat yoki manfiy bo’lishini belgilaydigan omildir. Hujayra devori asosan peptidoglikan (murein) dan tashqil topgan. Bu N-atsetil-N-glyukozamin va N-atsetilmuram kislotasining bir-biri bilan galma-gal β-1.4 bog’lar bilan bog’lanishidan hosil bo’lgan geteropolimerdir. Bu polisaxarid zanjiri bir-biri bilan peptid bog’lari orqali bog’langan. Peptidoglikan hujayra devoriga rigidlik xususiyatini beradi va bakteriya shaklini saqlab turadi. Gram musbat bakteriyalarda ko’p qavatli peptidoglikan bor (50 - 90%). U murakkab ravishda oqsil, polisaxarid, teyxoat kislota (fosforli ribit va glitserin fosfat kislotasi polimeri) bilan bog’langan.
Gram (bakteriyalarni ushbu usulda bo’yashni kashf qilgan olim) manfiy bakteriyalarda peptidoglikan 1 qavat bo’lib (1 - 10%) ularda tashqi membrana ham bor. Tashqi membrana fosfolipid, lipoproteid lipopolisaxarid, oqsillar va murakkab lipopolisaxaridlardan tuzilgan (15 - rasm).
Demak, bakteriyalarning Gram bo’yicha har xil bo’yalishi bakteriya hujayrasi devoridagi peptidoglikan miqdori va uning lokalizatsiyasiga (joylashishiga) bog’lik. Aniqlanishicha, hujayra devorida xar xil o’simtalar, do’ngliklar, tikonlar kabi strukturalar mavjud. Hujayra devori faqat mikoplazmalar va L - shakllik bakteriyalarda bo’lmaydi. Ko’pincha biror antibiotik ta’sirida yoki tabiiy sharoitlarda o’z - o’zidan L – shaklli (bu nom Buyuk Britaniyadagi Lister nomli institut nomidan olingan) bakteriyalar hosil bo’lishi mumkin.





21 – rasm. Grammusbat (A) va grammanfiy (B) prokariotlar hujayra devorining sxematik ko’rinishi: 1- Sitoplazmatik membrana; 2 - peptidoglikan; 3 – periplazmatik bo’shliq; 4 – tashqi membrana; 5 — DNK



Ularda hujayra devori qismangina bo’lib, ko’payish xususiyati to’la saqlangan. Ular katta yoki kichik shar shaklida bo’lib, ko’pgina patogen va saprofit bakteriyalarning ham L – shakllilari topilgandir.



Yüklə 108,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin