5 – ma’ruza mavzusi. Mikroorganizmlarning hujayra tuzilishi va kimyoviy tarkibi (4 s.)



Yüklə 108,14 Kb.
səhifə2/6
tarix29.11.2022
ölçüsü108,14 Kb.
#71235
1   2   3   4   5   6
5 MARUZA

Lisak V.V. Mikrobiologiya. Minsk: BGU, 2007.

Eukariotlarga zamburug’lar, suvo’tlari, sodda hayvonlar - protistlar kirsa, prokariotlarga bakteriyalar va ko’k-yashil suvo’tlari (tsianobakteriyalar) kiradi. Eukariotlar hujayrasida yadro va unda 1 - 2 yadrocha, xromasomalar, mitoxondriy, ribosomalar, fotosintez




Prokariot va eukariot organizmlar belgilarini o’zaro taqqoslash
2-jadval

Belgilar

Prokariotlar

Eukariotlar

Yadro


Mitoz yo’li bilan bo’linadi, yadro membranasi yo’q

Mitoz yo’li bilan bo’linadi yadrosi membrana bilan o’ralgan

DNK ning holati



Gistonlar bilan bog’lanmagan alohida molekulalar

Gistonlar bilan bog’langan holda xromosomalarda joylashagan

Nafas olish sistemasi

Membranalar yoki mezosomalar nafas olish sistemalari. Mitoxondriyalar uchramaydi.

Mitoxondriyalar mavjud, nafas olish sistemalari membranalar bilan o’ralgan organellalar

Ribosomalarning kattaligi

70 S

80 S

Hujayra po’sti



Ximiyaviy tarkibida peptidoglikanlar kompleksi bor

Hujayra po’sti organik va anorganik moddalardan tuzilgan.

Xivchinlar



Bir yoki bir necha fibrillalardan tashkil topgan juda nozik va mayda

20 ta fibrilladan tashqil topgan: ular 2x9x2 holatidagi guruhlarda to’plangan

Vakuolasi

Kamdan-kam uchraydi

Doim uchraydi

Hujayralarning quruq moddasi

10-15-10-11g

10-11-10-7g

Antibiotiklarning ta’siri

Pentsillinga sezgir yoki ta’sirchan

Pentsillinga sezgir emas, ta’sirchan emas

Yuqori temperaturaga chidamliligi (vegetativ hujayrasi)

75-900S

40-600S

Gamma nurlariga chidamliligi

Chidamliligi yuqori

Chidamliligi past

Anaerobioz

Fakultativ va obligat

Fakultativ

Fotosintez jarayoni

Bakterioxlorofill pigmenti, qaytaruvchilar: N2S va S boshqa birikmalari, organik moddalar

Xlorofill a, v, s, d yoki ye, kislorod ajraladi, qaytaruvchi – H2O

Jinsiy jarayoni

Meyyoz uchramaydi, ba’zi fragmentlari uchraydi va irsiy informatsiyaning ma’lum bir qismi o’tadi

Jinsiy protsess sistematik holda uchraydi, meyyoz mavjud va xromosomalar hamma irsiy xususiyatlarni o’tkazadi

Xromosomalar soni

Bitta xromosoma

Birdan ortiq xromosomalar

Xromosomalar tarkibi

DNK

DNK va oqsil

Xromosomalar soni

Gaploid

Gaploid yoki diploid

Sitoplazmatik DNK

Plazmidalar va episomalar (membrana bilan o’ralmagan)

Mitoxondriyalar, xloroplastlar, sentriolalar, Golji apparati, kinetosomalar (bazal tanachalari)

Gametalar



Organizmning o’zi



Organizmning o’zi yoki meyyozning maxsus mahsulotlari

DNK kontsentratsiyasi grammlarda gaploid yadroga nisbatan

4,3 . 10-15

1,5 . 10-12

jarayonini olib boruvchi organizmlarda esa xloroplastlar, Goldji apparatlari, DNK, RNK va oqsillar mavjud. Ribosomalari esa 80 S ni (Svedberg koeffitsenti) tashkil qiladi.


Yadro apparati sodda (diffuz holda) bo’lgan mikroorganizmlar prokariotlar deyiladi. Prokariot hujayralarda yadro bilan Sitoplazma orasida aniq chegara yo’q, yadro membranasi bo’lmaydi. Ularda DNK maxsus strukturaga ega emas. Shuning uchun prokariotlarda mitoz va meyoz jarayonlari amalga oshmaydi. Ribosomalari esa 70 S ni tashkil qiladi. Mitoxondriya va xloroplastlarga ega emas. Mitoxondriy vazifasini mezosomalar (tsitoplazmatik membranadan hosil bo’lgan struktura) bajaradi.
Bakteriyalar tayoqchasimon (tsilindrsimon) yoki egilgan vergulsimon shakllarda ham bo’ladi. Tayoqchasimon bakteriyalar uzunligi, katta - kichikligi, ko’ndalang kesimi, hujayra uchining ko’rinishi, hujayralarining o’zaro joylanishlari bilan farqlanadi. Hujayra uchlari to’g’ri kesilgan, oval yoki o’tkirlashgan bo’lishi mumkin. Bakteriyalar ayrim yoki yakka-yakka tayoqchalar, ikkitadan joylashgan diplobakteriyalar, spora xosil qiluvchilari bo’lsa diplobatsillalar, zanjir hosil qiluvchilarini esa streptobakteriyalar (streptobatsilla ) deyiladi (19- rasm ).
Ba’zan buralgan yoki spiralsimon yoki parmasimon buralgan (spiroxeta) ko’rinishga egalari ham uchraydi, ular spirillalar (spira - lotincha buralgan). Spirillalarni burilishga ega bo’ladigan kalta egilganlari vibrionlar (vibrio - lotincha qayrilaman) deb ataladi (19 va 20- rasmlar).
Bakteriyalarning ipsimon shakllari, ko’p hujayralilari ham bo’lib, hujayraning tashqi tomoni har xil o’simtalar hosil qiladi. Ularning uchburchak, yulduzsimon, ochiq yoki yopiq xalqa, chuvalchangsimon va boshqa shakllari ham uchraydi (13-rasmdagi 4 va 5 rasmlar).
Agar bakteriya hujayrasi (sof kulturasi bir turdagi bakteriya indvidlarining (osoblarining) yig’indisi) qattiq oziqa muhitiga ekilsa bir necha soatdan so’ng ular ko’payib oddiy ko’z bilan ko’rish mumkin bo’lgan koloniya (bakteriya hujayralari to’plami) hosil qiladi. Koloniyalar ko’rinishi, ranggi va boshqa hususiyatlari bilan bakteriya turiga bog’liq bo’lib, har bir bakteriya turi uchun o’ziga xos - spetsifiklikka ega bo’ladi.
Bakteriya hujayrasidagi organellalar alohida membranalar bilan o’ralmagan. Bakteriyalarning sitoplazmatik membranasi hujayrani ichiga tomon botib kirgan (mezosoma) bo’lib ularda fermentlar joylashgan. Fotosintezni amalga oshiruvchi sianobakteriyalarda pigmentlari ichki membranalarda, ba’zilarida esa xromotoforlar shaklida, ya’ni alohida tanachalar holida bo’ladi. Ko’pchilik bakteriyalarning hujayra po’stida peptidoglikan (murein) uchraydi.
Bakteriyalarda polimorfizm hodisasi, ya’ni ko’p shaklli holat mavjud, tashqi muhitning o’zgarishi natijasida vibrionlar ipsimon yoki sharsimon shaklga, tayoqchasimonlar shar shakliga o’tishi mumkin.



19- rasm. Prokariotlarning turli shaklli vakillari:

Yüklə 108,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin