5- ma`ruza Nisbiylik nazariyasi prinsiplari. Ma`ruza rejasi



Yüklə 175,59 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix15.12.2022
ölçüsü175,59 Kb.
#74918
1   2   3   4   5
wXc1sNnsMWpRnFjLVTSzoO5YyMd7dyNWEDZKm81s

1.Gers elektrodinamikasi.
2. Lorens elektrodinamikasi. 
Bu qarama-qarshiliklarni yo'qotish uchun Albert Eynshteyn 
1905 yili mutlaqo yangi g'oyani ilgari surdi. U ikkita oddiygina 
postulat yordamida barcha faktlarni to'g'ri tushuntirdi va 
"EFIR" nazariyasining payini kesdi. 
Eynshteynning nisbiy nazariyasi klassik fizikaning ikkita buyuk 
nazariyalari - mexanika va elektrodinamika nazariyalarini 
o'zaro bog'ladi. Nisbiylik nazariyasi fazo va vaqt bir-biriga 
bog'liq bo'lmagan holda mavjud va mutlaqo o'zgarmasdir, degan 


dunyoqarashdan voz kechishni talab qiladi. Eynshteynning 
fikricha biz uch o'lchovli fazoda (chunki vaqt fazoviy 
koordinatlarga bog'liq emas deb hisoblangan) yashayotganimiz 
yo'q balki bir-biri bilan uzviy ravishda bog'langan fazo va vaqt 
koordinatlaridan iborat to'rt o'lchovli fazoda yashayapmiz. 
Nisbiylik nazariyasi bilan birinchi bor tanishayotganimizda 
bu g'oyalar bir oz g'alati va sun'iy tuyulishi mumkin. 
Vaholanki, bu nazariyadan kelib chiqadigan hodisalar yorug'lik 
tezligiga yaqin tezlikdagi harakatlarga sezilarli bo'ladi, bizning 
sezgilarimiz esa kichik tezliklardagi harakatlarga asoslangan. 
Agar biz yorug'lik tezligiga yaqin tezliklarda harakat qilayotgan 
jismlarni ко'rib turganimizda edi, nisbiylik nazariyasi tabiiy 
tuyular va biz osongina qabul qilgan bo'lar edik. 
Eynshteyn postulatlari. Lorens 
almashtirishlari. Nisbiylik nazariyasining 
asosiy xulosalari. 
A.Eynshteyn ko'rsatdiki, quyidagi ikki postulatga asoslanib 
mexanik va elektrodinamik hodisalar orasidagi ziddiyatlarni 
osongina tushuntirib berish mumkin. 

Yüklə 175,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin