5- Ma`ruza
Nisbiylik nazariyasi
prinsiplari.
Ma`ruza rejasi:
Nisbiylik nazariyasining
prinsiplari. Efir
tushunchasi.
Maykelson Morli tajribasi.
Yorug`lik tezligi, nisbiylik nazariyasining asosiy
prinsiplari.
Nisbiylik nazariyasining matematik asoslari.
NISBIYLIK NAZARIYASI ELEMENTLARI.
XIX asr oxirlariga kelib fizika fani juda katta
qiyinchiliklarga duch keldi. Shu davrgacha klassik mexanika
(Nyuton mexanikasi) qonunlari barcha inersdal sanoq
sistemalari uchun bajarilar va mexanik hodisalarni tushuntira
olar edi. Shuningdek Maksvellning elektromagnit nazariyasi
ishonchli tarzda asoslangan bo`lib, yorug'lik va uning ayrim
fizik xossalari shu tenglama yordamida tushuntirilar edi.
Elektromagnit to`lqinning tarqalish nazariyasida « EFIRi »ning
bo`lishi shart deb qaralar edi. Maksvell tenglamalari efirga
nisbatan tinch turgan sanoq sistemasi uchun bajariladi, deb
qaraladi. Bu tenglamalar Nyuton qonunlariga nisbatan alohida
afzallikka ega bo'lgan sanoq sistemasini talab qilardi.
Elektromagnit
hodisalarni
mexanik
tushuntirish
katta
qiyinchiliklarni yuzaga keltirdi. Eksperimental faktlarni
asoslash uchun ba'zi olimlar elektromagnit to'lqinni uzatuvchi
«EFIR»; moddiy jism «masalan Yer »bilan birgalikda ilashinib
harakatlanadi, deb hisoblasa, boshqalar moddiy jism efirga
nisbatan harakat qiladi-yu, dunyo « EFIRi » esa mutlaqo tinch
turadi, deb hisoblashdi. Uchinchi guruhdagi olimlar esa
«EFIR» moddiy jismga bir oz ilashib , ya'ni uning tezligidan
kamroq tezlik bilan harakat qiladi, deb qarashdi.
1887 yilda Klivlenddagi Keys universiteti laboratoriyasi
podvalida ximiya o`qituvchisi Edvard Vilyam Morli bilan
birgalikda Maykelson tutib bo`lmayotgan efir shamolini
aniqlash uchun ikkinchi, kattaroq aniqlikka ega bo'lgan
tajribasini o'tkazdi. Boshqa fiziklar ham shu kabi tajribalar
o
`
tkazishdi. Eng katta aniqlikka ega bo'lgan tajribalarni 1960 yili
Chalz Tauns Kolumbiya universitetida o'tkazdi. Uning asbobi
o'ta sezgir (molekulalar tebranishiga asoslangan "atom
soatlari" mazerdan foydalangan). Xattoki, Yer agarda hozirgi
harakat tezligining 10
3
dan bir qismicha tezlik bilan. Lekin
Maykelson va Morli tajribasida ham, Tauns tajribasida ham efir
shamolining izi ham sezilmagan.
Maykelson-Morli
tajribasi
kutilmaganda
Maksvell
nazariyasini og'ir ahvoldan, nisbiylik prinsipiga bo'ysunmaslik
aybidan
qutqazib
qoladi.
Yorug'lik
tezligi
faqatgina
manbagagina emas, xattoki kuzatuvchiga ham bog'liq emas
ekan. Shunday qilib, elektromagnit maydon tenglamalari
koeffitsientlari doimiy bo'lib qoldi. Lekin bundan fizikada holat
yaxshilanmadi. Chunki endi Galileyning nisbiylik prinsipini o'zi
zarba ostida qolayotgan edi. Haqiqatdan ham, Galileyning
nisbiylik prinsipi har qanday tezlik nisbiy deb da'vo qiladi.
Fiziklar avvaliga Maykel-Morli tajribasining salbiy natijasidan
taajublanib turli yo'llar bilan Galileyning klassik nisbiylik
prinsipi doirasida bu tajriba natijalarini tushuntirib, efir
shamoli nazariyasini qutqarishga harakat qilishdi. Efirning
turli-tuman modellari taklif qilindi. Efir nazariyachilarining
turlicha nuqtai nazarlari bir-biridan keskin farqlanib turadigan
quyidagi ikki nazariyada o'z aksini topadi.
Dostları ilə paylaş: |