1. Yorug'lik tezligi vakuumda (muhitsiz fazoda) barcha уо'nalishlarda yorug'lik manbai yoki kuzatuvchining harakatidan qat'iy nazar о 'zgarmasdir; уa'ni yorug'lik tezligining doimiylik prinsipi. 2. Fizik qonunlar bir-biriga nisbatan to'g'ri chiziqli tekis harakatda bo'lgan sanoq sistemalariga nisbatan bir xil bajariladi.Bu nisbiylik prinsipi deyiladi. Ana shu postulatlarga asoslangan nazariya maxsus nisbiylik nazariyasi deb ataladi. Yuqoridagi postulatlarni tasdiqlovchi juda ko'p eksperimentlar mavjud, ammo birortasiga zid keluvchi hech qanday tajriba yo'q. Yorug'lik tezligining barcha yo'nalishlarda o'zgarmas ekanligini, yorug'lik tezligi uni o'tkazuvchi muhitning tezligi bog'liq emasligini yoki yorug'lik manbai va yorug'lik qabul qiluvchi ob`ektning tezliklariga bog'liq emasligini Fizo, Maykelson-Morli tajribalari, juda uzoqdan katta tezlik (30 km/s) bilan harakatlanuvchi qo'shaloq yulduzlarni kuzatish va boshqa ko'pgina tajribalar tasdiqladi. Fizo tajribasida yorug'lik tinch yoki harakatdagi suv orqali o'tganda juda katta aniqlik bilan
uning tezligi o'zgarmasligi isbotlangan. Maykelson - Morli tajribalarida esa yorug'lik tezligi Yerning Quyosh atrofidagi orbitada harakatiga nisbatan turli yo'nalishlarda o'lchangan va tezlik o'zgarmas bo'lgan. Agar yorug'lik tezligi manbaining harakatiga bog'liq bo'lganda edi, unda yorug'likning vakuumdagi tezligidan kattaroq tezlik bilan signal uzatish mumkin bo'lar va oldingi hodisani aks ettiruvchi yorug'lik signalidan keyingi hodisani aks ettiruvchi yorug'lik signali o'tib ketgan, buning natijasida sababni oqibatdan keyinroq kuzatgan va hodisalarning ketma-ketligi teskari yo'nalishda kuzatgan bo`lar edik. Bunday bo'lishi mumkin emas va hech qanday signal yorug`likning vakuumdagi tezligidan katta tezlik bilan uzatilishi mumkin emas ekan. Eynshteynning ikkita postulatidan fazoviy koordinata va vaqtning bir-biriga nisbatan to'g'ri chiziqli tekis harakat qilayotgan ikkita sistemadagi qiymatlarini o'zaro bog'lovchi tenglamalar kelib chiqadi. Bu tenglamalar Galiley almashtirishlariga o'xshaydi, ammo ulardan butunlay boshqa xulosalar kelib chiqadi. Bu tenglamalarni birinchi marta G.A.Lorens keltirib chiqarganligi uchun Lorens almashtirishlari deb ataladi. Agar inersial sistemalarining harakatlari faqat x o'qi bo'ylab yo'nalgan bo'lsa, Lorens almashtirishlari quyidagicha bo'ladi: X – v 0 t t -
x/c X` = ------------------- t` = -------------------
1 -
2
1 -
2 y` = y ; z` = z Bu yerda
= v/c , v 0 - inersial sanoq sistemalarining bir-biriga nisbatan tezligi, c- yorug'likning vakuumdagi tezligi. Agar v <
= 0 bo'ladi va Lorens almashtirishlari Galiley almashtirishlariga aylandi. Shuni aytish kerakki, Eynshteyngacha Larmor, Loreps va Puankare "Efir" nazariyasiga asoslanib va ko'pgina taxminiy farazlarga tayanib yuqoridagi tenglamalarga o'xshash
tenglamalarni keltirib chiqarishgan edi. Lorens almashtirishlaridan tezliklarni qo'shish qoidasi quyidagi ko'rinishga ega bo'ladi: v – v 0 v` = ------------- (1) v
v 0 1 - ------------ c 2 Bu yerda v -jismning К koordinata sistemasiga nisbatan tezligi v 0 К sistemaning К sistemaga nisbatan tezligi. Bu formula vvav 0 bir tomonga yo'nalgan hoi uchun to'g'ri. Agar v va v 0 qarama - qarshi tomonga yo'nalgan bo'lsa, tezliklar qo'shiladi: v + v 0 v` = --------------------- (2) v
v 0
1 + ------------ c 2 Agar tezliklardan birortasi, masalan, v yorug'lik tezligiga teng bo'lganda ham yig'indi tezlik с dan katta bo'lmaydi: c + v 0 c + v 0 v` = --------------------- = ---------------------c = c (3) c v 0 c + v 0 1 + ----------- c 2 Demak, yuqoridagi formuladan shunday xulosa kelib chiqadi: yorug'lik tezligi barcha kuzatuvchilar uchun bir hil bo'lib , с dan katta bo'lishi mumkin emas. Agar v - v 0 = c bo'lganda ham , (3) ga asosan v ' = с bo'ladi. Nisbiylik nazariyasidan yana uzunlikning qisqarishi, vaqtning sekin o'tishi kabi xulosalar kelib chiqadi. Uzunlikning qisqarishi. Agar qo'zg'almas К sistemada nisbatan uzunligi l bo'lgan sterjenni K' sistemadagi kuzatuvchi kuzatsa, sterjenning uzunligi
l` = l
1 -
2 l` = l 0
1 -
2 (4) bo'lib, sterjenga nisbatan harakatda bo'lgan kuzatuvchiga sterjen uzunligi qisqarib ko'rinadi. Vaqtning sekin o'tishi. Qo'zg'almas va harakatdagi kuzatuvchilar bitta jism uzunligini o'lchashda ikki xil natija olishdan tashqari ikki hodisa orasidagi vaqtni o'lchashda ham turli natijalar olishadi. Agar K' sistemada soatning ko'rsatishi t', К sistemada soat ko'rsatishi t bo'lsa, t' bilan t o'rtasida t t` = ---------------- (5)
1 -
2 bog'liqlik mavjudligini uncha murakkab bo'lmagan muloxazalardan keltirib chiqarish mumkin. Bu formuladan ko'rinib turibdiki, harakatdagi k' sistemada tinch turgan К sistemaga nisbatan vaqt sekinroq o'tadi, ya'ni undagi soat sekin yuradi (soatlar sinxron).Bu hodisa uzunlikning qisqarishi bilan uzviy bog'liq bo'lib, vaqtning sekinlashuvi-relyativistik effektning ikkinchi tomonidir.