5- mavzu. Atrof muhitning ekologik omillari va kimyoviy jarayonlari Reja


Oziq-ovqat mahsulotlari va kosmetik vositalarga qo’shimcha moddalar



Yüklə 56,5 Kb.
səhifə3/5
tarix28.11.2023
ölçüsü56,5 Kb.
#168131
1   2   3   4   5
Ma`ruza 5

Oziq-ovqat mahsulotlari va kosmetik vositalarga qo’shimcha moddalar (konservantlar,
aromatizatorlar, antioksidantlar va b.) bevosita inson tomonidan foydalaniladi.
O’g’itlar, yuvuvchi vositalar va xlorlangan erituvchilar yirik miqdorda keng qo’llanilishga
ega.
Kimyoviy moddalarning boshqa turdagi klassifikatsiyasi – tabiiy moddalar va atrof-muhitga
xos bo’lmagan moddalar (ksenobiotiklar) ga bo’linishi mavjud.
Ksenobiotiklar (grekcha xenos – begona, bios – hayot) biosferada biologik xossalari
jihatidan yot bo’lgan va faqat kimyoviy sintez natijasidagina hosil bo’luvchi moddalardir. Bunday
kimyoviy moddalarning “xos bo’lmaganlik” darajasi turlichadir, chunki o’z tuzilishiga ko’ra bu
moddalar tabiiy moddalarga juda yaqin yoki butunlay farq qilishi mumkin. Masalan, sanoatda
ishlab chiqariluvchi, tabiiy aromatik birikmalarga o’xshash aromatik moddalar; taabiiy
insektisidlarga yaqin bo’lgan sintetik piretroidlar va h.k.
Kimyoviy mahsulotlarning alohida guruhini radioaktiv moddalar tashkil etadi. Bu kimyoviy
element yoki ularning birikmalarining yemirilishi natijasida ionlashgan nurlanish hosil bo’lib, u
kuchli biologik ta’sir etadi. Nurlanish dozasi birligi nurlanishning biologik ta’siriga mos ravishda
ber (biologicheskiy ekvivalent rentgena – rentgen biologik ekvivalenti, 1ber = 0,01J/kg) da
o’lchanadi. Kimyoviy ta’sir uchun bunday o’lchov birligi mavjud emas.
Tadqiqoqtlar natijasiga ko’ra kimyoviy moddalarning ko’pchiligi inson sog’ligi uchun zararli
bo’lib, ularning konsentratsiyasi oshganda tirik organizmlarga ziyon yetkazishi mumkin. Bunday
kimyoviy mahsulotlarga og’ir metallar birikmalari, dioksinlar, dibenzofuranlar, benzatratsenlar,
mikotoksinlar , naftilaminlar va nitrozoaminlar misol bo’ladi.
Radiokimyo – radioaktiv elementlar va izotoplarning kimyoviy xossalarini, ularni ajratib
olish, konsentrlash (toʻplash) fan va texnikaning turli sohalarida qoʻllash usullarini oʻrganadigan
soha. Radiokimyo rivojlanish davrida bir necha bosqichni bosib oʻtdi. Radiokimyoning dastlabki I
bosqichi 1898 yildan, yaʼni P. Kyuri va M. Kyuri ilk tabiiy radioaktiv elementlar – poloniy va
radiyni ajratib olishlaridan boshlandi. II bosqich (1914-1933) da tabiiy radioaktiv elementlarning
kimyoviy tabiati oʻrganildi. III bosqich I.Kyuri va F. Jolio-Kyurilarning 1934 yilda sunʼiy
19
radioaktiv izotoplarni kashf qilganlaridan keyin boshlandi. IV bosqich sunʼiy izotoplarning
texnologiyasi bosqichi boʻlib, parchalanish zanjir reaksiyasining sanoat miqyosida amalga
oshirilgan davri – 1944 yilga toʻgʻri keladi. Eng soʻnggi bosqich 1950-yilni – izotoplarni ajratib
olish davrini oʻz ichiga oladi.

Yüklə 56,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin