Mavzu: Azot, uning birikmalari, olinishi, ularni sanoat miqyosida ishlab chiqarishdagi ekologok muammolar.
REJA: Azotning tabiatda uchrashi.
Azotning vodorodli birikmalari. Ammiak.
Azotning kislorodli birikmalari.
Azot kislotalari va ularning tuzlari.
Azotli o'g'itlar. Azotning tabiatda uchrashi
Erkin holatlardagi azot havoda bo’ladi. Azotning tabiiy holda uchraydigan anorganik birikmalaridan chili selitrasi, boshqacha aytganda NaNO3 ma’lum. Sanoatda azot havodan olinadi.azot rangsiz, hidsiz va mazasiz gazdir, suvda oz eriydi. Azot odatdagi temperaturada inert gaz. Qizdirilganda u metallarga nisbatan aktivlashadi. Ba’zi metallar bilan birikib nitridlar hosil qiladi.
3Ca + N2= Ca3N2
Azot yuqori darajada vodorod, kislorod bilan birikadi. Azot ammiak ishlab chiqarish uchun elektr sanoatida elektr lampalarini to’ldirish, benzin omborlarida benzinni boshqa idishga haydash, laboratoriyalarda inert muhit, ya’ni oson oksidlanuvchi moddalarni havo kislorodi ta’siridan himoya qiluvchi muhit yaratish uchun ishlatiladi. Azotning vodorodli birikmalari. Ammiak.
Laboratoriyada ammiak NH4Cl va suyultirilgan ohak Ca(OH)2 ning quruq kukunlari aralashmasini qizdirish yo’li bilan olinishi mumkin.