1. Statistik ko`rsatkichlarning mohiyati va ahamiyati.
2. Mutlaq miqdorlar va ularning turlari.
3. Nisbiy miqdorlar to`g’risida tushuncha.
4. Nisbiy miqdorlarning turlari va ularni hisoblash tartibi.
1. Statistik ko`rsatkichlarning mohiyati va ahamiyati.
1. Statistik ko`rsatkichlarning mohiyati va ahamiyati.
Statistik kuzatish, svodkalash va guruhlash amalga oshirilgandan so`ng o`rganilayotgan hodisa va jarayonlarning hajmini, miqdorini, darajasini ta`riflovchi qator ko`rsatkichlarga ega bo`lamiz. Bunday ko`rsatkichlar boshlang’ich hisob ma`lumotlari asosida umumlashtirilgan va qayta ishlangan miqdorlar bo`lib, ular:
mutlaq;
nisbiy;
o`rtacha ko`rinishda bo`lishi mumkin.
Statistik ko’rsatkich
Darajasiga qarab
Aniqlash usuliga ko’ra
Hodisa birliklarini qamrab olishiga ko’ra
Makroiqtisodiy kursatkichlar
Jamlama ko’rsatkichlar
Hosilaviy ko’rsatkichlar
Mutloq son
Mutloq qiymat
Mutloq
Nisbiy
Mikroiqtisodiy ko’rsatkichlar
Individual
Guruhli
Umumiy
O’rtacha
2. Mutlaq miqdorlar va ularning turlari.
2. Mutlaq miqdorlar va ularning turlari.
Statistik kuzatish natijasida dastlab mutlaq sonlar olinadi, so`ngra shu sonlar asosida nisbiy va o`rtacha miqdorlar hisoblab chiqiladi. O’rganilayotgan voqea va hodisalarning sonini, hajmini, miqdorini ifodalovchi ma’lumotlar statistikada mutlaq miqdorlar deyiladi
Mutlaq miqdorlar kuzatilayotgan miqdor birliklarini qo`shish yoki ayirish yo`li bilan aniqlanadi. Birinchi holda mutlaq miqdorlar «bir», «ikki», «uch», «to`rt» va hokazo tartibda sanaladi va aniqlanadi. Masalan, guruhda talabalar, jamoa xo`jaligida jamoa a`zolari; zavodda ishlab chiqarilgan mashina, stanoklar soni bevosita sanash yo`li bilan aniqlanadi. Bunday miqdorlar son ko`rsatkichlari deb yuritiladi. Ular butun sonlar ko`rinishida bo`ladi.