5- tajriba ishi Mavzu: Sig’imdagi suyuqlik sathini o’lchash va rostlash asbobini o’rnatish va sozlash suyuqlik va sochiluvchan moddalarning sathini o’lchash


Radiotulqinli, termokonduktomerli, ultratovushli, sochiluvchan moddalarning sathini o’lchash



Yüklə 177,98 Kb.
səhifə5/6
tarix01.04.2023
ölçüsü177,98 Kb.
#92272
1   2   3   4   5   6
5- tajriba ishi Mavzu Sig’imdagi suyuqlik sathini o’lchash va r

Radiotulqinli, termokonduktomerli, ultratovushli, sochiluvchan moddalarning sathini o’lchash.

Suyuq metallar sathini o’lchashda eng samarali usul-bu radiotulqinli usuldir. Elektromagnit tulkinlari tebranish parametrlarining suyuqlik sathi balandligiga bog’liqligiga asoslangan sath o’lchagichlar radiotulqinli sath o’lchagichlar deb ataladi.

Radiotulqinli usullarga radiolakatsion, radiointerferentsion, endovibratorli va rezonansli usullar kiradi.

Radiotulqinli sath o’lchagichlarning ishlashi elektromagnit tulkinlarning elektr va magnit xossalari bilan fark qiladigan muhitlarning chegarasidan kaytishi hodisasiga asoslangan.

Elektromagnit tulkinlarning tarkalish tezligi  muhitda uning dielektrik  ва magnit o’tkazuvchanligi  qiymatlari bilan topiladi:


, (15.1)

bunda С-vakuumdagi yoruglik tezligi.

Sath o’lchagich sxemasi nur tarkatgich, elektromagnit energiyasi qabul kilgichi va vakt oraligini o’lchash qo’rilmalaridan iborat. Sath  qiymati nur tarkatgich signalni junatish payti bilan kaytgan signal qabul kilgich 2 ga kelgan payt orasidagi vaktni aniqlash yordamida topiladi. Shu kattaliklar ushbu


(15.2)

munosabat bilan bog’langan.

Odatda, lokatsiya gaz muhiti orqali suyuqlik ustida olib boriladi. Lokatsiyaning gaz orqali olib borilishi makulrok, chunki nur tarkatgichlar suyuqlik ta‘siriga berilmaydi, bundan tashkari, gazlarning magnit va dielektrik o’tkazuvchanligi katta emas va amalda gazning parametrlari o’zgarishiga va xossalariga bog’liq emas. Bunday sath o’lchagichlarning kamchiligi kichik vakt oraligini aniq o’lchash kiyinchiligidir, ular nurlanish zonasida turgan boshka predmetlarga goyat sezgir. Suyuq metallarning sath o’lchagichlari 200 mm gacha o’lchash diapazoniga ega, o’lchashning asosiy xatoligi  2%.

15.2.Termokonduktomerli sath o’lchagichlar

Termokonduktomerli sath o’lchagichlar deb shunday sath o’lchagichlarga aytiladiki, ularda elektr zanjirining elementi elektr qarshiligi suyuqlik sathiga bog’liq bo’lgan elektr qarshiligining katta harorat koeffitsentiga ega bo’lgan, tok bilan qizdiriladigan rezistordan iborat. Bunday sath o’lchagichlarning ishlashi suyuqlik va gazlarda Issiqlik almashish sharoitlarining turlichaligiga asoslangan.

Bunday sath o’lchagichlarning sezgir elementi elektr qarshiligi uning harorati bilan aniqlanadigan uzun termorezistordan iborat. Odatda, ular platina yoki volframdan tayyorlanadi, unda o’zgartkich sezgirligi material elektr qarshiligining harorat koeffitsenti ortishi bilan usadi. Termokonduktormetrik o’zgartkich idishga shunday joylashtiriladiki, uning bir qismi suyuqlikda, qolgan qismi – gazli bushliqda bo’ladi. Sath o’zgarishi bilan shu uchastkalar uzunligi ham o’zgaradi.

Termokonduktometrik o’zgartkichning ishlash prinsipi qizdirilgan termorezistordan suyuqlik va gazga Issiqlik o’tkazishining turlichaligidan foydalanishga asoslangan, bunda suyuqlik va gazda joylashgan uchastkalari turli haroratga ega bo’ladi va, demak, turli qarshilikka ega bo’ladi.

Termokonduktometrik o’zgartkichlar, odatda, maxsus himoya qoplamali ingichka simdan tayyorlanadi. Ikkilamchi asbob sifatida termorezistorda kuchlanish tushishini o’lchaydigan asboblar yoki ko’priklardan foydalanish mumkin.


Yüklə 177,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin